Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
11 
tuproqlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi munozaralar, birinchi xaritalar 
(Stashik, Grossul, Tolstoy, Veselovskiy), agrogeologik (Lorents) va 
geologik tuproqshunoslik, Germaniya va boshqa mamlakatlarda (Fallu, 
Berendt, Severgin), unumdorlik to‘g‘risida K.Marks va F.Engelg‘sning 
ta’limotlari (XVIII va XIX asrlar).
8. 
Nazariy 
tuproqshunoslikni 
shakllantirish, 
uning 
asosiy 
konsepsiyasi; tuproq tabiatning alohida tanasi, profil tuzilishga egaligi, 
unumdorlik – uning asosiy sifat ko‘rsatkichi, tuproq tiplari to‘g‘risidagi 
ta’limot, tuproq genezisi va tasnifi, tuproq va landshaft, mintaqaviy 
qonuniyatlar (Dokuchayev, Sibirsev, Kostichev, Vilyams, Gilgard, 
Ramani, Trentts, Murgochi va boshqalar) tuproq mikrobiologiyasining 
boshlanish davrini (Beyering, Vinogradskiy, Omelenski) o‘z ichiga oladi. 
9. Dokuchayev ta’limotining dunyo bo‘yicha keng tarqalishi, tuproq 
tasnifining turli mamlakatlarda rivojlanishi, tuproqshunoslik bo‘yicha turli 
yo‘nalishlarning bunyodga kelishi (tuproq geografiyasi, fizikasi, kimyosi 
va boshqalar), birinchi dunyo tuproq xaritalari (Glinka, Prasolov), Lotin 
Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlarida tuproqshunoslikning 
rivojlanishi, tuproq singdirishi to‘g‘risidagi ta’limot (Gedroyts, Mattson, 
Vigner, Daykuxara) agronomik tuproqshunoslikning yangi nazariy asosda 
qayta tiklanishi (Rassel, Mitcherlix, Sokolovskiy) masalalari. 
10. Hozirgi davrda zamonaviy konstruktiv tuproqshunoslikning 
shakllanishi va rivojlanishi: matematik, fizik, kimyoviy usullarni keng 
qo‘llash, tuproq jarayonlarini modellashtirish, tuproq melioratsiyasi va 
himoyasini kengaytirish, dunyo tuproqlari zahiralari, tasnifi, oziq-ovqat 
mahsulotlarini yetishtirish muammolari. Butundunyo FAO va YUNESKO 
tomonidan tuproq xaritalarining tuzilishi. 
Akademik V.N.Vernadskiyning iborasi bilan aytganda, planetamizda 
dehqonchilik bilan 600ga yaqin inson avlodi shug‘ullanib kelgan. Ibtidoiy 
jamoa davrida kishilar qurilish, ovchilikdan so‘ng dehqonchilik masalalari 
bilan shug‘ullana boshlagan. 
Dehqonchilik madaniyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida insonlar zich 
yashaydigan, yog‘in serob bo‘lgan va sel oqimlari bilan sug‘oriladigan 
tog‘oldi tekisliklarida rivojlanib, so‘ngra daryo sohillarida avj olgan. 
Bunga misol Nil, Tibr va Yevfrat daryo vodiylaridagi arxeologlarning 
qazilmalarida topilgan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid daliliy 
ashyolardir. Dehqonchilikda sug‘orish usullari, yerni belkurak, yog‘och 
omochlar bilan haydash, ariqlar va kanallar yordamida suvni dalalarga olib 
kelish, yer unumdorligini yaxshilash maqsadida tuproqqa go‘ng, devor 
kesaklari, ariq va uning yoqalaridan loylarni solish o‘sha davrlardan 
boshlanadi. Misr, Shumer, Ossuriya, Vavilon davlatlari paydo bo‘lib, 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
12 
yerlarni sug‘orish uchun kanallar, ariqlar va boshqa suv shohobchalari 
qurila boshladi. Urartu va O‘rta Osiyo mamlakatlarida sug‘orma 
dehqonchilik miloddan II ming yil avval rivojlanganligi qadimshunoslar 
V.V.Bartolg‘d (1914), S.P.Tolstov (1948), Ya.G‘.G‘ulomov (1957) 
tomonidan isbot etilgan. Tuproq to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi Kichik 
Osiyo, Bolqon va O‘rta yer dengizi atrofida joylashgan Yunonistonda 
ellinizm madaniyatining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Gretsiyada 
tuproq turlari, ularga ishlov berish masalalari, ya’ni yerni quruq haydash va 
agronomik tadbirlarni qo‘llash usullari mahlum bo‘lib, Gesiod, Ksenofan, 
Platon, Aristotel va Teofrastlarning filosofik asarlarida qayd etilgan 
o‘simlikning rivojlanishida tuproq, iqlim, yorug‘lik, namlik va issiqlikning 
ahamiyatini birinchi bo‘lib ta’riflangan. Gerodot o‘z asarlarida Misr, 
Liviya, Italiya, Efiopiya, Arabiston, Yunoniston tuproqlarining tarqalishi, 
profil tuzilishi, unumdorligi, o‘zgaruvchanligi, o‘simliklar o‘stirilishi va 
agrotexnikasi kabi bir qator ma’lumotlarni kelitirib o‘tadi. 
Tuproq unumdorligini oshirish, turli organik o‘g‘itlarni, go‘ng, 
gumus, o‘simlik qoldiqlari kompostlardan foydalanish masalasi rum 
faylasuflari va yozuvchilari M.P.Katon (eramizdan oldingi 234-149-yillar) 
va M.T.Varron (miloddan oldingi 116-27-yillar) asarlarida batafsil 
keltirilgan. Tuproq unumdorligining inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risida 
Vergiliyning (eramizdan oldingi 70-19-yillar) “Georgiki” poemasida 
kuylangan. Albatta, bu asarda tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ularga 
qarshi kurash choralariga ham e’tibor berilgan. 
Shu davrda Italiyada dehqonchilikka katta ehtibor bergan 
tabiatshunos Kollumelladir, u tuproqning turli fizik holatga ega ekanligi, 
granulometrik tarkib va unumdorlikni inson boshqarib turishi mumkinligi, 
bir necha xillardan iborat ekanligi haqida yozib, bog‘dorchilikda yerni 60 
sm chuqurlikkacha temir, og‘ir plug bilan haydashni tavsiya qiladi. 
O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlar, ya’ni Italiya, Gretsiya
Ispaniya, Misr, Liviya, Kavkaz tog‘lari hududidagi tuproqlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar Strobonning “Geografiya” nomli asarida mukammal 
keltirilgan.
Feodalizm davri Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlarda 
milodning I asrlaridan boshlanadi. Bu mamlakatlarda yer davlat ixtiyorida 
bo‘lib, asosiy e’tibor yer kadastrini tuzish va hisobini olib borish, xalqdan 
soliq yig‘ish uchun eng muhim tadbirlardan hisoblangan. Yer zahiralari 
Xitoy va Yaponiyada juda ham qattiq davlat nazorati ostida bo‘lib, 
sug‘orish, ishlov berish, o‘g‘itlash, ekinlarni joylashtirish masalasi 
mavsumiy ravishda amalga oshirilgan. Yer haydaydigan temir pluglar
boronalar va boshqa jihozlar mukammallashtirilgan bo‘lib, balandlik tog‘ 



Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə