Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1.
Qora tuproqlar qanday hosil bo‘ladi? 
2.
Qora tuproqlar genezisi va profilining morfologik tuzilishi qanday 
bo‘ladi? 
3.
Qora tuproqlarni tasniflang? 
4.
Qora va kashtan tuproqlardan qishloq xo‘jaligida qanday 
foydalaniladi? 
34-bob
.
 Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlar 
Sho‘rlangan tuproqlarga uch guruh tuproq toifalari kiritilgan: 1)
 
sho‘rxok va sho‘rxoksimon; 2) ishqoriy tuproqlar, sho‘rtob, sho‘rtobsimon 
tuproqlar va taqirlar 3) solodlar. 
Sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar. 
Tuproq profilida suvda 
eriydigan tuzlar yig‘ilib, o‘simlik o‘sishiga zaharli ta’sir qiladigan sharoitni 
tug‘diradi. Agar tuproqning 0-30 sm qatlamida 0,6 % dan oshiq soda yoki 
1,0 % xlorid va 2,0 % dan oshiq sulfat birikmalari to‘plangan bo‘lsa, 
sho‘rxoklar
deyiladi. Bunday sharoitda galofitlardan tashqari boshqa 
o‘simliklar o‘smaydi va rivojlanmaydi. 
Sho‘rxok tuproqlar kesmasi 
Asa-ACsa-Csa 
yoki 
Asa-Csa 
tuzilishga 
ega. Agar tuzlar profilning yuzasida to‘plansa
sho‘rxoksimon
va pastki 
qatlamlarda yig‘ilsa
sho‘rxoklar
deyiladi. 
Bu toifadagi tuproqlar sahro, subtropik, subboreal mintaqalarda 
tarqalib, yer yuzida maydoni 69,8 mln gektarni tashkil qiladi. Sho‘rxok 
tuproqlarni 
K.D.Glinka, 
N.A.Dimo, 
Ye.Gilgard, 
V.A.Kovda, 
Ye.N.Ivanova, V.V.Yegorov, N.G. Minashina, J.Ober, I.Sobolch, 
A.N.Sokolovskiy. M.A.Pankov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov kabi olimlar 
o‘rganishgan. 
Tuproq tarkibidagi tuzlarning hosil bo‘lishining 
birlamchi
manbai 
tog‘ jinslarining yemirilishidan hosil bo‘lgan birlamchi minerallarning 
maydalanishi, parchalanib xlorid, sulfat, nitrat va silikat tuzlarini hosil 
qilishidan vujudga kelgan. Bu tuzlar havo tarkibidagi SO
2
bilan birikib, 
karbonatli moddalarni hosil qiladi. Tuzlar tarkibidagi kationlar kalsiy, 
magniy, natriy, kaliy, alyuminiy, temirdan iborat. Bu tuzlar yer usti va osti 
suvlarida erib oqib, okeanlar va dengizlarga quyiladi. V.A. Kovdanning 
hisoblashicha, okeanlarga 3 mlrd tonna, quruqlikdagi havzalarda esa 1 
mlrd tonnagacha tuz yil davomida to‘planadi. 
Tuzlarning tuproqdagi 
ikkinchi
manbai tektonik jarayonda tog‘ 
jinslari, ayniqsa, cho‘kindi shakllarining yer yuzasiga chiqib, landshaftlarni 
tuz bilan boyitishida hosil bo‘ldi. Yer osti suvlariga o‘tib tuproqlarni 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
140 
sho‘rlantiradi. Tuzlarning 
uchinchi
manbai bo‘lib, vulqonlar otilishi natija-
sida S1, 
SO
4

SO
2
gazlarini chiqaradi, termal va yer osti suvlari esa tuproq 
yuzasiga chiqib, suvda eriydigan tuzlarni hosil qiladi. 
To‘rtinchi
manba 
dengiz suvlari bo‘lib, u shamol yoki dovul yordamida suv havzalari atro-
fidagi tuproqlarni sho‘rlantiradi. 
Atmosfera yog‘inlari ham tuproqni tuzlar bilan boyitishi mumkin, 
Chunki uning konsenratsiyasi 20-30 mg/l yoki 400 mg/l ga tengdir. 
Yer osti suvlari ham tuproqni sho‘rlantirishi mumkin, chunki suv 
bo‘rlanib, tuproq qatlamida tuzlar yig‘ilishiga olib keladi. 
O‘simlik tomirlari bilan tuproq yoki ona jinsidan tuzlar yuqoriga 
ko‘tarilib, yuza qismida tuzlar to‘planishi mumkin. Tuproqlarni sug‘orish 
natijasida yer osti sizot suvlari ko‘tarilib, ularning ikkilamchi 
sho‘rlanishiga olib keladi. Tuzlar yer tuzilishiga binoan pastqam 
landshaftlarda to‘planadi. Bu joylarda faqat sho‘ralar o‘sadi. Ular 
tarkibidagi kul elementlari 20-30% ni tashkil qiladi. Tarkibida S1, S, 
Na 
miqdori ko‘p bo‘ladi. 
Sho‘rxok tuproqlarda kalsiy, magniy, natriy xlorid va sulfat tuzlari 
ko‘payib, profilning yuza yoki chuqur qatlamlarida to‘planishi mumkin. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə