Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan



Yüklə 90,57 Kb.
səhifə6/10
tarix12.06.2023
ölçüsü90,57 Kb.
#116811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan

I. Izofa birikmasining har ikki qismi belgisiz bo'ladi: turk bodun, ozarb. yer may "kerosin”, qum. tuz kiap "tuzning qopi”, qivg‘. suu kir “kirning suvi”. Bunday birikuvlar turkiy tillardadagi izofalarning eng qadimgi ko'rinishidir. Bu tipdagi izofali birikmalar qumiq tilida ko'p kuzatiladi.
II. Izofa birikmasining biror qismi belgisiz bo'ladi: turk bodum, xak. con cargizi "xalq so'zi", qirg' rvgust ortusu “avgust o'rtasi", chuv. arcanepisatel "yozuvchi rafiqasi”, tat. kayci; utmam "qayin o'rm oni”. Bu tipdagi izofali birikmalar chuvash tilida ko'p kuzatiladi.
III. Izofa birikmasining har ikki qismida qo'shimchalar mavjud bo'ladi: kulteginitj altum, qumiq. ulkeni yuregi "o'lkaning yuragi”, q.- balq. suum ayagi “suvning oxiri”. olt. ulustin ortozi "xalqning o'rtasi” chuv. kaskarsen purnece “bo'rilar hayoti”, xalaxsen tuslaxc "xalqarning do'stligi”, tuv.karaktiy karazi "ko'zning qorasi”, qoz. tort jigitifj bireui “to 'rt yigitning biri”, xak. pistil gorodtit] kizileri “shahrimiz qizlari”. Ill tipdagi izofalar nisbatan keyingi davrlarda yuzaga kelgan bo'lib, II tip izofalardagi m a’noning aniqlashuvi natijasida shakllangan.98 Qadimgi turkiy tilda va undan keyingi davrga oid yodgorliklarda ham izofa birikmasi uch ko'rinishga ega bo'lib, bu shakllar birgalikdan Серебренников Б.А., Гаджиева Н.З. Сравнительно-историческая граммати qo'llangan. Shuning uchun ham izofa birikmasining belgisiz shakllaridan belgili shakllari kelib chiqadi, deb hukm chiqarish qiyin (at bas> at basi> atnin basi). Ayrim belgisiz birikmalar belgiliga aylangan bo'Isa. ba'zi belgili izofa birikmalar belgisiz birikmalarga o‘tgan."Hozirgi turkiy tillarda izofa birikmalarning ayrimlari qo‘shma so'zga aylangan: uyg‘. adabiyat darsi, qum. giavaflotu “havo floti”, qirg1. Omiir bayan “avtobiografiya”, olt. orus poet “rus shoiri”.
1.3 turkiy tillarda gap turlari
GAP Sintaksisning eng asosiy va markaziy muammosi gapni oʻrganishdir. Maʼlumki, gap har bir sistemasida kommunikativ ahamiyat kasb etishi bilan birga, oʻziga xos strukturaga ham egadir. Til oʻziiing kommunikativ funktsiyasini faqat gap vositasida bajaradi. Gapning tabiati, mohiyati, uning konstruktiv ■—grammatik belgilari, gapning soʻz va soʻz birikmalaridan farqi, gap-. ni boʻlaklarga ajratish masalasi, gapda grammatik va semantik aspektlarning oʻzaro munosabati, gap muammosi bilan bogʻliq boʻlgan predikativlik va modallik kategoriyalarini oʻrganish faqat sintaksis uchun emas, balki umumiy tilshunoslik nazariyasi uchun ham gʻoyat ahamiyatli boʻlgan masalalardandir. Tilshunoslik tarixida koʻrsatilgan masalalar turlicha talqin qilingan. Gapning sintaktik strukturasiga bagʻishlangan ilmiy ishlar ichida koʻpchilik olimlarning fikrini oʻziga jalb qilayotgan zamonaviy masalalaridan biri gapning bosh boʻlaklari — ega va kesimning gapda ifodalanayotgan fikrning boʻlaklari — subʼekt va predikat bilan har doim mos kelmasligidir. Mazkur masalaning ilmiy asosda hal qilinishi sintaksis uchun nihoyatda ahamiyatlidir, chunki juda koʻp hodisalar (gap va hukm, logika va grammatika, til va tafakkur) bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur hodisalar tilshunoslik fani tarixida turlicha va koʻpincha bir-biriga qarama-qarshi fikrlar asosida tahlil etilgan. Logika va psixologiya oqimiga mansub boʻlgan tilshunoslar bu hodisani logika va psixologiya nuqtayi nazaridan hal etishga harakat qilgan boʻlsalar, keyinchalik tilga hos hodisalarni boshqa fanlar printsiplari asosida tahlil egish tilning oʻziga hos xususiyatlarini kengroq oʻrganilishiga oʻrin ochdi. Shuni qayd qilib oʻtish kerakki, hanuzgacha tilshunoslik fanda yuqorida koʻrsatilgan hodisani tahlil etish borasida olimlar oʻrtasida yagona fikr yoʻq. Gapda sintaktik va kommunikativ boʻlaklarning mu- nosabatlari toʻgʻrisida soʻz yuritilar ekan, bu masalaga bagʻishlangai ilmiy ishlarning deyarli hammasida sintaktik boʻlaklar kommunikativ boʻlaklarga qarama- qarshi qoʻyiladi. Garchi hozirgi zamon sintaktik nazariyalarida gapni aktual boʻlaklarga ajratish nazariyasi mustahkam oʻrin egallagan boʻlsa-da, bu nazariyaga 'aloqador baʼzi masa- lalar hozigacha hal qilingan emas. Ular quyidagilar- dir:

  • gapni aktual boʻlaklarga ajratishning til sistemasida tutgan oʻrni;

  • aktual boʻlaklarga ajratishning asosiy birliklari masalasi;

  • gapni aktual boʻlaklarga va sintaktik boʻlaklarga ajratishning oʻzaro, munosabati;

  • aktual boʻlaklarni ifodalovchi asosiy til vositalari masalasi.

Gapni aktual boʻlaklarga ajratish nazariyasi haqida fikr ifodalash dinamikasini lingvistik nuqtai nazardan oʻrganishda yangicha yondashishdir. Gap qurilishini qiyosiy — tarixiy6 taxlil etish gapning qadimgi tiplari va uning tarixiy taraqqiyotini retrospektiv asnoda kuzatish zarurligini ham taqozzo etadi. Shu oʻrinda sodda gap qurilishi, kesim tarkibining oʻzgarishga ancha moyil boʻlganligi namoyon boʻladi, ammo ega turkiy tilda tarixan barqarordir.Tarixiy taraqqiyot jarayonida koʻpgina atributiv birikmalar grammatik jihatdan yangidan idrok etilishi oqibatida predikativ munosabatni ifodalashga koʻchganligi turkiy tillarda kuzatilgan. Kesimning grammatik tabiatiga koʻra gaplar ot va feʼl gaplarga ajratiladi.Shaxsli gaplarning kesimi koʻpincha kishilik olmoshlari, shaxs —son koʻrsatgichlari bilan ifodalanadi. Ammo chuvash tilida bu xususiyat yoʻq. Buni oltoy, boshqird tillarida ham kuzatish mumkin (lshn altay kiji, hin kabi). Shuningdek, kesimning barcha holatlarida III— shaxs birlik koʻrsatgichi turkiy tillarning barchasida qoʻllanmaydi. Shaxssiz gaplar feʼl kesimining turkiy tillarda qadimdan hozirgi — kelasi (-ar), oʻtgan (-doʻ, -a r yedi), soʻngra aniq oʻtgan (~gʻan) zamonlarida ifodalanganini koʻrsatadi. Turkiy tillarda ega va kesim shaxs va sonda moslashuvi shartligi ham muhim xususiyatdir. Gap boʻlaklarining tartibi ham turkiy tillarda nisbatan turgʻun ekanligi bilan ajralib turadi. Keyingi taraqqiyot bosqichida avval teng bogʻlanishli, soʻng to’be bogʻlanishli qoʻshma gaplar paydo boʻldi va ularning tizimi bogʻlovchi elementlar yordamida yanada kengaymoqda Grammatik asoslarning miqdoriga ko‘ra gaplar sodda (bir grammatikasosli) va qo'shm a (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo'linadi. Sodda gap tarkibida bitta kesim bo'ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo'laklar shu kesim atrofida birlashadi. Q o'shm a gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo'ladi. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko'ra ikki xil bo'ladi: egasi mavjud gaplar (Biz yangifilmni tomosha qildik) va egasiz gaplar (Yangi filmni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo'laklar ishtirokiga ko'ra: sodda yig‘iq gaplar (Shamol esdi), soda yoyiq gaplar (Erta tongdan mayin shamol esa boshladi)ga bo'linadi. Turkiy tillarning ilk taraqqiyot davrida sodda gaplar faol qoilangan. Sodda gapning asosini kesim tashkil qiladi. Gapning asosiy mazmuni kesimda ifodalanadi. Sodda gaplaming eng qisqa ko'rinishi: ega+kesim modelida bo'ladi: yoq. Kini saxa “U - yoqut’’, Og 'o kira “Bola yosh”. Kesim qaysi turkum bilan ifodalanishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: ot kesim va fe’l-kesim. F e’l-kesim fe’l, uning sifatdosh, ravishdosh shakllari orqali ifodalanib, zamon, shaxs-son, mayl shakllariga ega bo'ladi. Fe’l-kesim bilan ifodalangan sodda gaplarda predikativ asos —a,-y+ti//-di ( o'zb., no'g'., qoz., qirg1., qar., olt. tillarida: keledi')7; -ar//-ir kelasi zamon shakli: -alu); -ar//-ir +to ‘liqsiz f e ’l+shaxs-son qo'shim chalari (kelir edim); -di/Z-ti fe’lining qadimgi shakli-1 (keladi-kelet) bilan ifodalanadi. Ot-kesimli sodda gaplar qadimgi turkiy tillarda keng tarqalgan. Hozirgi turkiy tillarda murakkab ot-kesim tarkibida bog'lamalar ishtirok etadi. Bog‘lamalaming qo‘llanishi turkiy tillarda har xil. Ayrim turkiy tillarda bog'lamalaming turli ko‘rinishlari ishtirok etadi. Ba’zi turkiy tillarda bog'lama vazifasidagi vositalar uchramaydi. Turkiy tillarning ayrimlarida ot-kesimlar tarkibida shaxsni ko‘rsatuvchi shakllar mavjud bo'lmaydi: olt. sler altay ulus “siz oltoy xalqi": boshq. min yaziusi; “men yozuvchi”; qar. sorj aytirlarki, biz karaxcdar “so‘ng ayturlarki. biz qaroqchilar”; turkm. Har kimii ozdardi oztine aji“Har kimning o‘z dardi o'ziga achchiq”; uyg\Atlari uraq, yollan uzaq “Otlari ko'rimsiz, vo'llari uzoq”; chuv. Celxepe epirpil ta cu, kamal pa par ta cul “So'zimiz - asal va yog1, ichimiz — muz va tosh'’.103 Chuvash tilida kesimlik shakli va egalik affiksi farqlanmaydi: Bihigi ogolar but kelliler “Bizning bolalarimiz keldilar”. Bu jum ladagi -but -shaxs qo‘shimchasi; Bihigi qiri ogolorbut. “Biz kichik bolalarmiz”. Bu o ‘rindagi but — kesimlik shakli hisoblanadi. B a’zi turkiy tillarda ot-kesimdagi bog‘ lamalar sifatida kishilik olmoshlari qo‘llanadi. Bu xususiyat qadimgi turkey tilga xos bo‘lib, hozirgi ayrim turkiy tillarda saqlanib qolgan. K o'p hollarda III shaxs kesimlik shakli o‘rnida ul kishilik olmoshi qo‘llangan: boshq. Turgunyaziusi ul “Turg‘un yozuvchidir”; tat. Xalikzur ul “xalq zo'rdir”; dertle ul “dardlidir”. Tuva tilida kiji oti ham kesimlik ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi: olt. Men altay kiji “men oltoy kishi”, ajildaar kiji “Men ishlayapman”; eerie indig sirjim kiji “U doim shunday qat’iy odam”. Aksariyat turkiy tillarda III shaxs kesimlik affiksi sifatida -dir ishlatiladi. Turkiy tillarda sodda gap tarkibida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ham ko‘p kuzatiladi. Gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklar bir xil so'roqqa javob bo‘ladi, o ‘zaro teng bog'lanadi, bu bo'laklar birgalikda muayyan hokim bo‘lakka tobelanadi: turkm. Jamal, Meret va Durdi tomus praktikasina gitdilar (Jamol, M arat va Turdi yozgi amaliyotga ketdilar). Ol auditoriya gelip, seredip, gitdi (U auditoriyaga kelib, qarab, ketdi). Uyushiq boMaklar o'zaro sanash ohangi yoki teng bog'lovchi vositalar Абдурасулов Ё. Туркийтшларнингциёсий-тарихийграмматикаси.-Т.,2009.-Б.235 yordamida birikadi: Oraz va Durdi turkmence xem rusca bilyerler (O'roz va Turdi turkmancha va ruschani biladilar). Xem, bilen biriktiruv bog‘lovchilari. emma zidlov bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarni bog‘lashda faol qo'llanadi: turkm. A yalhm salyai; emma gizdirmayar (Oy yoritadi, ammo istimaydi); Daga cikmak kindib, emma gizikhdi (Toqqa chiqish qiyin, ammo qiziqarli edi).Turkman tilida “emas” m a’nosidagi del bog‘lovchi vositasi uyushiq bo‘laklarni biriktirishda ishtirok etadi: Bu ozbekca del, turkmence (Bu o ‘zbekcha emas, turkmancha). Ol dilleri del, tanxi ovranyerdi (U tillarni emas, tarixni oTgandi). Bu vosita deldi ko‘rinishida ham keladi: Onutj ovranyani diller deldi, tanxdi (Uning o‘rgangani tillar emas, tarix edi). Ne-de vositasi ham shu vazifani bajaradi: Ol neyazijidi, ne-de saxirdi (U na yozuvchi, na shoir edi); Ne Axmet, ne-de Esen doktor bolmadilar (Na Ahmad, na Eson doktor bo'lmadilar). Ikki va undan ortiq sodda gaplaming birikuvidan hosil bo‘lgan gap qo‘shma gap hisoblanadi. Qo'shm a gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng yoki tobe munosabatda bo‘ladi. Turkiy tillarda ergash gaplar hokim va tobe qismning grammatik vositalar hamda tobelik munosabatidagi birikuvidan iborat. Ergash gaplar sifatdosh va ravishdosh ishtirokidagi murakkab qurilmalarga shaklan o'xshaydi.Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining ilk davrlarida kommunikativ vazifani, asosan, sodda gaplar bajargan. Murakkab fikrlarni ifodalashda sintaktik aloqaning eng qadimgi turi bo'lgan bitishuv yo‘li bilan bog'langan konstruksiyalardan foydalanilgan. Turkiy tillarning keying taraqqiyot davrlarida sodda gap qo'shilmalarining ikki tipi shakllandi:
1. Turkiy tillar aglyutinativ qurilishiga xos bo'lgan sodda gaplardan birining shaxssiz fe’l shakllari bilan ifodalangan kesimi orqali: tat. Zaytuna oyine qaytqanda, qartlar kiske asap utiralar idi (Zaytuna uyiga qaytganida. qariyalar kechki ovqatga o ‘tirishgandi).
2. Bog‘lovchi va bog’lovchi vazifasidagi so'zlar orqali: q.qalp. Adasip ketpesin dep, ot jagip edik (Adashib ketmasin deb, o 't yoqqan edik). Qo'shm a gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, obang) yordamida bog'lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo'shm a gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi nazarda tutiladi. Qo'shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo'shm a gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog'lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog'lovchi vositalardir. Qo'shm a gap qismlari bog'lovchilar, bogiovchi vazifasidagi vositalar, ohang yordamida bog'lanadi. Qismlarining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishiga ko'ra qo'shma gaplar ma'lum guruhlarga bo'linadi. O 'zbek tilida:

  • Bog'langan qo‘shma gaplar.

  • Ergashgan qo'shma gaplar.

  • Bog'lovchisiz qo'shm a gaplar.

Bulg'or tilida qo'shma gaplar ikkiga ajratiladi:

  • bog'langan - k ’ralg ’an jiyimdik";

  • ergashgan qo'shm a gaplar — boysung’an jiyim dik'.

Barcha qo'shma gaplar tarkibida ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni mujassamlantirishi bilan xarakterlanadi. Bu sodda gaplar o'zaro teng munosabatda bo'lishi yoki qo'shm a gapning bir qismi ikkinchisini izohlab kelishi mumkin. Bog'langan qo'shm a gaplar grammatik manbalarda parataksis usulidagi birikuv ham deyiladi: byoryu uludu, itda anga jawab etdi (Bo'ri ulidi, it ham unga javob berdi). Bu qo'shm a gap tarkibidagi har ikki sodda gapning o 'z ega-kesimi bor. Ammo bu gaplar ham shaklan, ham mazmunan o'zaro bog'liq: tashqi jihatdan -da bog'lovchi vazifasidagi yuklama yordamida birikkan bo'Isa, mantiqan voqea-hodisaning bir vaqtda, ketma-ket bajarilgani bilan aloqadordir. Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning hokim-tobelik asosida birikuvi gipotaksis usuli bilan izohlanadi: Hasan yigildi, neyucyun desatj at cocuclu (Hasan yiqildi, nega desang, ot hurkdi). Mazkur qo'shm a gapda ikkinchi sodda gap birinchi sodda gapga ham shaklan. ham mazmunan tobelangan. Ergash gapli qo‘shma gaplarda bog‘lovchi vositalar.Turkiy tillarda ergash gapli qo‘shma gaplar m a'lum miqdordagi bog'lovchi vositalariga ega. Aijm//arjilari// an dak kim, antaginnin iiciin. Bu affikslar, asosan, eski o'zbek tili davrida ishlatilgan, hozirgi gagauz tilida uchraydi, aniqlovchi, sabab va natija ergash gaplarni bosh gapga bog'laydi: cecak yapraqlari yerga tiisuptur aniydag kim, aqiqlar qan icinda. Ani bog'lovchisi faqat gagauz tilida mavjud bo'lib, aniqlovchi, to'ldiruvchi, kesim va sabab ergash gapli qo'shm a gaplarda ergash gapni bosh gapga bog’laydi: Qiz ola gdzalmis, am onun gibi hie butun dunned yokmus (Qiz shunday go’zal ediki, uning kabi butun dunyodayoq emish). Hozirgi turkiy tillarda anin iiciin, kiiya (guyo), yeger/eger//eker//ker//agar//'gar, ki// kim, ne, neki, cunki, to, toki, ne geder bog‘lovchilari, qayda, qanda, qanday, qanca, qacan, qaydan, qayda kim, qaysi, sundiy, siil, soljer nisbiy so'zlari, bog'lovchi vazifasidagi deye//diye//teyu, dep//deyib//teb vositalari ergash gapli qo'shma gaplarni shakllantirishga xizmat qiladi. Chunki bog'lovchisi tuva tilida cuge shaklida ishlatiladi: Kelbes men, cuge deerge cayim cok (Kelmasman, chunki vaqtim yo'q). Yoqut tilida erzere yordamchisi bog’lovchi vazifasida keladi: Occo ogolor doxx erzeregin saappaktin Jagatu' (Sen shuncha bolalaring bo'la turib, hatto uvalmaysan ham!) Q o’srirra gap tarkibidagi sodda gaplarni biriktirishda ayrim fe’l shakllari ham faol ishtirok etadi. Bulardan eng ko’p uchraydigani -sashart maylidagi fe’l shakli bo'lib, ergashgan qo'shm a gap!arning. deyarli, barcha turlarini bog'lab keladi: q.-qalp. Egerde sen aqilh bolsarj, meneseniy tilegeniydi ormlayman (Agar sen aqlli bo'lsang, men sening fikringni m a’qullayman); turkm. Eger ath vagtinda gelen bolsadi, men isima gije galmazdim (Agar poyezd vaqtida kelganida edi, men ishga kech qolmagan bo'lar edim). Eger xorjumt] tapilmadik bolsa, sen neme ederdiip. (Agar xurjuning topilmaganda, nima qilar eding?). -gac ravishdosh shakli ham qo'shm a gap qismlarini bog'laydi: tat. Enise ulges botanley yetim qalgan Sultan kuz kurmegen yaqlarga kitep, bexet ezlep yorde (Onasi o'lgach, butunlay yetim qolgan Sulton ko'z ko'rm agan yerlarga baxt izlab ketdi). Kelishik qo‘shimchasini olgan sifatdosh shakllari shart va payt mazmunini ifodalashga xizmat qiladi: Sesler kesilende ise harm fikre ketmisde (Gap tugaganda, hamma xayolga cho‘mgan edi). Turkiy tillardagi bog‘lovchi vositalar o ‘z va o‘zlashgan qatlamga oid. Fors-tojik tilidan o ‘zlashgan bog‘lovchilar, ayniqsa, faol qo‘llanadi. Ayrim turkiy tillarda rus tilidan crzlashgan bog‘lovchilar ham ishlatiladi: Так что: tat. Alarmrj har qaysi unaltim uzgan inde, tak cto ustav buyenca, kizlardan minimum ties. Ergash gapli qo‘shma gap turkiy tillarning ayrimlarida hozirga qadar muammoli jihatlarini namoyon etib keladi. Ergash gapli qo‘shma gap masalasi turkologiyada birinchilardan bo‘lib A.Kazembek tomonidan o‘rtaga tashlandi. Keyinchalik, V.Gordlevskiy, A.K. Borovkov, J.Validi ishlarida davom ettirildi. Ergashgan qo'shm a gaplar quyidagi mazmunni ifodalaydi:

  • Obyekt munosabatini bildiradi: tat. Uzuy beleseij, at kebek esledem min (O ’zing bilasan, ot kabi ishladim men).

  • Aniqlovchi munosabatli ergashgan qo‘shma gap. ozarb. Arvad var, yev tikar, arvad var, yevyixar (Ayol bor, uy qurar, ayol bor, uy buzar).

  • Payt munosabati ifodalanadi: tat. Kuyas urman artnayeserenda, min avlga kildem (Quyosh o‘rmon ortiga yashiringanda. men qishloqqa keldim).

  • Sabab-natija munosabati: qoz. Qonanbay buljerene daulasqan joq, tiisendi (Q o‘nanboy bu masala bo‘yicha bahslashmadi, tushundi).

  • Shart munosabati: no‘g ‘. Aytarman — mennen keter (Aytsam, mendan ketadi).

Uch va undan ortiq sodda gaplardan tuzilgan qo‘shma gaplar murakkab qo‘shma gaplarni tashkil qiladi. Turkiy tillarda bog‘lovchisiz qo'shm a gaplar ham kuzatiladi: turkm. Az asim —gavgasiz basim (Oz oshim — g ‘avg‘osiz boshim). Suv akar, das galar (Suv oqar, tosh qolar). Gar yagdimi, tovsan cikyar (Qor yog‘dimi, quyon chiqar). Dasda yagis yagyardi, yildirim cakyardi, gok gurlemesi esidilyerdi (Dashtda yom g'ir yog‘ardi, chaqmoq chaqardi, momaqaldiroqning gurillashi eshitilardi).Turkiy tillarning boshqa tillardan farq qiladigan tomoni shundaki, bu tillarda qo‘shma gapning ergashgan qo‘shma gap tipidan tashqari funksional va struktur jihatdan boshqa til oilalaridagi ergash gapga teng keluvchi ravishdosh, sifatdosh qurilmalari keng tarqalgan Tukriy tillarda shunday gaplar borki. ular shaklan qo'shm a gaplarga o‘xshaydi. Bular uyushiq bo'lakli va sifatdosh, ravishdosh qurilmali gaplardir. Sifatdosh va ravishdosh quriimali gaplarni transforma termini bilan ifodalash hollari ham mavjud. Bu transformalar tarkibidagi birikmalar zanjiri turg‘un holda bo‘lgani uchun ham b o g ii transformalar deb yuritiladi. Turkiy tillardagi bog'li transformalarning quyidagi ko‘rinishlari borgan sifatdosh shakli orqali shakllangan konstruksiyalar:

Yüklə 90,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə