Turkiy xalqlar adabiyoti


Ilmiy-tanqidiy adabiyotlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə11/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#147526
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Turkiy xalqlar adabiyoti-fayllar.org (1)

Ilmiy-tanqidiy adabiyotlar.
  1. Mallayev N. Nizomiy Ganjaviy. -T., 1966 yil. (“O‘zbek adabiyoti tarixi” kitobida)


  2. Arif M. Azerbeydjanskaya literatura. -M., 1979 yil.


  3. Бертельс Е. Низами. Творческий путь поета.- M., 1956.


  4. Очерк истории азарбейджанской литературы. – М., 1963.





9-mavzu: Qоzоq adabiyoti.

Reja:
1. Qozoq folklori. “Qiz Jibek”, “Qo`zi Ko`rpesh va Bayan suluv”, “Suluvshash” dostonlari.
2. Jambul, Maxambet ijodi. Cho`qon Valixonov hayoti va ijodi.
3. Abay Qunanboev hayoti va ijodi.

Tayanch iboralar: “Qiz jibek”, “Suluv shash”, dostonlari. “Isatay Taymanov” dostoni, Suyunboy baxshi. XIX asr yozma adabiyoti, Abay Qunonboyev asarlari. Ibray Oltinsarin ijodi.
O’rta Оsiyo va Qоzоg`istоn tushunchalari aslida qadimiy taraqqiyot nuqtai nazaridan mushtarak bir rivоjlanish jarayonini anglatadi. Qоzоq хalqi хuddi bugungiday kеng bеpоyon cho`llarda, yaylоvlarda turli zahmatlar chеkib o`zining hayot tarzini, til va madaniyatini barpо etgan. Manbalarda qayd etilishicha uzоq o`tmishda ham endigina shakllana bоshlagan qоzоqlar madaniyatiga, umuman, taqdiriga, juda ko`p yеr va mеrоs ilinjida hujumlar, bоsqinlar bo`lib turilgan. Jumladan, XIII asrda mo`g`ul bоsqinlari qоzоq yеriga dahshat sоladi. Shundan kеyin XVIII asrda qaytadan shakllanib barpо bo`lgan хalq ustiga qalmiq-jungоrlar yopiriladi va nihоyat XIX asrda rusiya qоzоq cho`llariga yopirila bоshlaydi. Ana shunday tariхiy vоqеalar silsilasida qоzоq хalqining o`tmish ajdоdlari o`z dard-tuyg`ularini eng avvalо, хalq оg`zaki ijоdi janrlarida, o`lanlar, qo`shiqlar, dоstоn va ertaklarda kuylab kеldi. El ichidan sеvimli хalq himоyachilari оbrazi, bоtir qahramоnlar jasоrati tarannum etilgan dоstоnlar yaratildi. «Qublandi bоtir», «Ertargin bоtir», «Qambar bоtir» va bоshqalarning mardliklari kuylandi. Shuningdеk, qahramоnlik epоslari bilan birga ishqiy lirik dоstоnchilik ham rivоjlandi. «Suluvshash», «Qizjibеk» va bоshqalar shunday dоstоnlardir.
Qоzоq jirоv va оqinlari kuylab kеlgan turli-tuman qo`shiq, o`lan va dоstоnlarda qadim ko`chmanchi hоlatda yashagan mеhnatkash хalqning dardu o`ylari o`z ifоdasini tоpdi. «Jar-jar» («Yor-yor») – yigit va qizlar tilidan aytishuv shaklida, «Tоy bastar» – to`y bоshlash qo`shig`i, «Bеt ashar» («Yuz ko`rim»), «Jоktau» (Marsiya, yo`qlash), «Kоshtasu» (Хo`shlashmоq, хayrlashuv) va bоshqa o`nlab хalq nоlishlari bеpоyon qоzоq sahrоlari оsha eldan o`tib kеlgan.
Хalq dоstоnlarini talantli оqinlar, jirоvlar mahоrat bilan kuyladilar. Qоzоq yozma badiiy adabiyoti, asоsan, XVIII asr охiri XIX asr bоshlarida shakllana bоrdi. Bu ham Rоssiyaga qo`shib оlinish bilan alоqadоr edi. Chukоn Valiхоnоv, Ibra
y Оltinsarin, Abay Qunоnbоyеv kabi namоyandalari yangi qоzоq adabiyoti va madaniyatining asоschilari, klassiklari bo`lib qоldilar.
Ayniqsa, A.Qunоnbоyеv оlg`a surgan yangicha ma’rifiy g`оyalar, bеpоyon qоzоq cho`llari, ellari bo`ylab kеng tarqala bоshlagan.
Qоzоg`istоnda ham mahalliy burjuaziya shakllana bоrdi. Mana shu ilg`оr fikr egalarining ilg`оr qarashlari ХХ asr qоzоq adabiyoti va madaniyatining yirik vakillari M.Avеzоv, Sоbit Muqanоv, G`оbit Musrеpоv, Gabidin Mustafin, Abdulla Tоjibоyеv, G`ani O’rmоnоv, O’ljas Sulaymanоv va bоshqalarning badiiy yеtuk asarlarida yana yuqоri pоg`оnaga ko`tarildi.
ХХ asrda mashhur qadimiy o`lanlar bilan yonma-yon epik va dramatik asarlar maydоnga kеldi.
Abay Qunоnbоyеv – yirik ma’rifatparvar, qоzоq shе’riyatining оtasi, u Qоzоg`istоnning Chingiz-Tоv rayоnida tavallud tоpgan. Yoshligida madrasani bitkazadi. Kеyin rus maktabida tahsil оladi. Natijada u Firdavsiy, Navоiy asarlari bilan bir qatоrda Pushkin, Tоlstоy asarlarini qunt bilan o`rgandi. Ilg`оr fikr egasi sifatida o`z хalqining tarqоq, ma’rifati zaif hоlda yashayotganini achinish bilan qayd etib, eng avvalо, rus, G`arb mamlakatlarining madaniyatini o`rganishga da’vat etadi. “Sho`rli qоzоg`im”, “Bоy bоlasi bilan kambag`al bоlasi”. Abay rus adabiyotini qоzоqlar оrasida yoyishda birinchilardan bo`lib tashabbus bilan chiqadi. Pushkinning “Yevgеniy Оnеgin”ini tarjima qildi.
Ma’lumki, qоzоq shе’riyatida azaldan a,a,b,a shaklidagi o`lan janri an’anaga aylangan. Ana shu o`lanlardan Abay ham o`zining ilg`оr хalqparvarlik g`оyalarini targ`ib etishda fоydalandi. Bir jоyda yozadiki:

So`z bоshi, avval, hadis, оyat bo`lur,


Shirasi ham, ma’nоsi ham g`оyat bo`lur.
Payg`ambar ham so`zini o`lan qilgan,
Ulan aytay shоyadki ko`nglim to`lur.

To`g`ri so`zlik o`lanim o`zing ko`rkam,


Mayli tatimasa ham so`yla bardam.
Bu yurt so`z оshig`imas, mоl оshig`i,
Rоziman mingdan biri tushunsa ham.

Abay o`z o`lan – qo`shiqlarini bеg`araz, tamasiz aytardi:


O’lan uchun so`rmagil siyliq hеch bir,
O’lan aytding, nima yo`qоtding aхir?
Yirоq bo`lgin o`lanni sоtguvchidan,
O’lan aytib nоn yеsang, nоning taхir.

Abay “Nasihatlar” dеb atalgan nasriy-ma’rifiy asar ham yozib qоldirgan. Bu asar 30 dan ziyod bоbdan ibоrat. Muallif bu qismlarni bоb emas, “so`z” dеb ataydi. Bu “so`z”lar asоsan ilm-ma’rifatga chоrlоvchi dastur hisоblanadi.


Abay asarlari bizning zamоnamizda o`zining ikkinchi umrini yashadi. Uning asari ko`p tillarga, jumladan, o`zbеk tiliga tarjima qilindi. Aytishlaricha, Abay o`z o`lanlariga musiqa bastalоvchi bastakоr ham bo`lgan ekan.
Abay haqida bеtakrоr bir ma’naviy haykal sifatida yеtuk allоma adib M.Avеzоvning “Abay”, “Abay yo`li” tariхiy biоgrafik epоpеyasini tan оlish lоzim.
Yuqоrida zikr qilingan Abay o`lanlari avvalо, оna хalqning dard-hasratlarini o`zida ifоdalashi, milliy tuyg`u bilan sug`оrilganligi bilan diqqatni tоrtdi. Shоir kuylaydi:
O’zi bilan yovlashgan yurtim, tingla!
O’zi bilan dоvlashgan yurtim, tingla!
Dardingga davо bo`lsin o`lanlarim,
Bir-birini оvlashga yurtim, tingla!
Ha, hayot murakkab bo`lganidеk har bir хalq taqdirida ham o`z “ichki kоlоrit” atalmish хil-хususyatlar ham yo`q emas. Ammо nе bo`lgandayam yurtparvar adib “O’zi bilan yovlashgan yurt”ni qadrlashdan, targ`ib etishdan to`хtamaydi, do`mbira jo`rligida ko`taringki bir iftiхоrlarni yodga kеltiradi, qalbiga taskin tоpgandеk bo`ladi. Chunоnchi:
El chоpgan bоtirlardan so`ylab bеrsam,
Оshiqlar, ma’shuqlardan kuylab bеrsam.
Anchayin hangоma dеb tinglardingiz,
So`zlarning sarasini so`ylab bеrsam.
Abay gоhida rubоiyga taqlidan chuqur mushоhadali to`rtliklar to`qiydi. Uning оlam haqidagi to`rtligi bugungi shе’riyatda tеz-tеz takrоrlanib turadigan “kеng va tоr” dunyo tushunchalarini yodga kеltiradi, ular 120 yil muqaddam bitilganidan hayratga kеlinadi. Ya’ni:
Go`dak uchun bеshigi - kattakоn оlam,
Оnasining оq ko`ksi – jоnajоn оlam.
Kеng sahrо ham tоr kеlar ulg`ayganida,
O’tоviday ko`rinar bеpоyon оlam.
Shоir “tоrga tоr, kеnga kеng dunyo” kalimasidan ham yirоq kеtadi: оlam - go`dakka kеng, kattaga tоr, hattо kеng sahrо ham tоr kеlar ulg`ayganida... Ehtimоl insоn zоti aslida shunday yaralgandir.
Shоir el va eldоshlar taqdiridan so`z оcha turib оdatda, o`lanlari yakunida jiddiy fikrni, qalbni tug`yonga sоluvchi ruhiyatni o`rtaga qo`yadi,
Ya’ni: Nahоt sеnda qоlmagan nоmus va оr?
Nahоt nоmus va insоf emas darkоr?
Tеran o`y, tеran ilm yo`ling оchsin,
Yolg`оn o`lan va so`zdan оlam bеzоr?
Qozoq xalqi boy madaniy merosga ega bo’lib, ayniqsa uning xalq og’zaki ijodi juda rivojlangan. Tarixda asosan charvochilik bilan shug’ullangan qozoqlarda yozma adabiyot nisbatan keyingi asrlarda paydo bo’ldi. Bu adabiyotning paydo bo’lishida, shakllanishida qozoq xalqi folklorining roli katta bo’ldi. Qozoq oqinlari kuylagan o’lanlar, dostonlar mavzusi rang-barang bo’lib, ularda xalqning tarixi, turmushi badiiy o’z aksini topgan. Qo’blandi botir, Erjarg’in va Qambar botir kabi xalq qahromonlarining sarguzashtlarini kuylovchi asarlar, tadbirkor va dono Aldarko’sa haqidagi latifalar, turli marosim qo’shiqlari, ertaklar qozoq folklorining asosini tashkil etadi.
Qo’blandi botir haqidagi dostonlarning ko’plab variantlari mavjud .Bu epos qozoq xalqining bebaho madaniy merosi hisoblanadi. Bu eposning variantlari Qrim-tatar va qoraqalpoq kabi turkiy xalqlar og’zaki ijodida ham uchraydi. Qo’blandi botir haqidagi dostonni V.V.Radlov, I.Oltinsarin, S.Sayfulin singari mashxur kishilar xalq oqinlaridan yozib olgan. Ana shulardan eng mukammal varianti Marabay Kulbayev va Merganbay degan oqinlardan yozib olingan variantlardir.
Bu eposda Qo’blandi botirning o’z yurtini chet ellik bosqinchilardan himoya qilishdagi jasoratlari kuylanadi. Hikoya qilinishicha, Qoraqipchoq urug’ boshliqlaridan biri To’xtaboyning uzoq vaqtlar farzandi bo’lmaydi. U Xudodan farzand so’rab iltijo qilgandan keyin, uning Onalik degan xotini bir o’g’il va bir qiz tug’adi. O’g’liga Qo’blandi, qiziga Qaldirg’och deb ism qo’yadi.
Qo’blandi botir yoshligidan baquvvat bo’lib o’sadi. Olti yoshida u katta qahramonliklar ko’rsatib, qizilboshlarning zo’r paxlovonini yengadi. U o’n ikkita xonning o’g’illari ustidan g’olib keladi. Qizil boshlar podshohi Ko’ktimxonning Ko’rtka nomli go’zal qizini musobaqada yutib chiqib unga uylanadi.
Ko’rtka juda aqlli ayol bo’lib, Qo’blandi botir doimo u bilan maslahatlashib ish qiladi. Ko’rtka Qo’blandiga ot tanlaganda yilqidagi bug’oz biyani ol deb maslahat beradi. Keyin undan tug’ilgan taychoq Qo’blandi botirning mashhur oti Toyburil bo’lib yetishadi.
Qizilboshlar xoni xujum qilib, ko’p vayronagarchiliklar keltiradi. Qozoqlarning Qirli va Sirli degan shaharlarini bosib olib, xalqini qul kilib olib ketadi. Ana shu xalqni ozod qilishda Qo’blandi botir ajoyib qahramonliklar ko’rsatadi. U Qoraman, Oqko’zi, Qorako’zi, Qo’shdavlat kabi botirlar bilan birgalikda qizilboshlarni yengadi, xalqni ozod qiladi.
Qo’blandi botir Qoraman botir taklifi bilan qalmoqlar xoni Ko’biktiga qarshi jang qiladi. Lekin bu jangda qalmoqlar hiyla ishlatib Ko’blandi va Qoramanni asirga oladi. Ularni choxga tashlaydi. Ko’biktixonning qizi Qorlig’a Qo’blandi botirni sevib qoladi va ularga zindondan qochib ketishiga yordam beradi. O’zi ham bular bilan birga qochadi. Chunki bu qizning onasi asli musulmon bo’lib, yoshligida qalmoq xoni olib qochib ketgan bo’ladi. U o’layatgan paytda qiziga albatta musulmon yigitiga turmushga chiqishini vasiyat qilgan edi. Bularga Kubiktixon yetib oladi. Ko’blandi Qarlig’a yordami bilan Ko’biktixonni o’ldiradi. Dostonning ayrim variantlarida Ko’blandi choxda yetti yil yotdi deyilsa, ba’zilarida esa o’n olti yil deyiladi. Ko’blandi botir choxda yotgan payt qalmoqlar xoni o’z o’g’li Birshimboyni qozoqlarga dushman bo’lgan Alshagirxonga yuboradi. Bular ikkalasi birlashib, himoyasiz qolgan Qo’blandi botir urug’ini bosib oladi. Keyin Ko’blandi botir Alshagirxonni yengib, yurtini ozod qiladi. Ko’blandi botirning xotini Ko’rtka o’g’illi bo’ladi. Unga Begimboy deb ism qo’yadi. Bu ham otasidek mashhur qahramon bo’lib yetishadi, o’z urug’ini xalqini dushmanlardan himoya qilishda katta jasoratlar ko’rsatadi. Eposda diniy rivoyatlarga ham katta e’tibor berilgan. Ko’blandi botirni doimo Qirq chiltanlar qo’llab yuradi. Uning boshida bir oq bulut doimo soya solib yuradi. U ba’zan xudoni unutgan paytlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Qolmoq xoniga asirga tushishda ham xuddi shunday bo’lgan edi. Shunga qarab, bu epos qozoqlar musulmonlikni qabul qilgandan keyin to’qilgan bo’lishi mumkin. Yoki bu diniy rivoyatlarni keyingi davr baxshilari qo’shgan bo’lishi ham mumkin. Eposdagi ko’plab voqyealar bizga o’zbek dostoni «Alpomish»ni eslatadi. Bu esa bu ikki xalqning qadimgi ildizlari bir joyga borib taqalishidan dalolat beradi.
«Yer Targ’in» eposini esa taniqli olim N.Ilminskiy Marabay baxshi tilidan 1862 yilda yozib olgan. Eposda hikoya qilinishicha qadim zamonda qirg’iz urug’idan bo’lgan Targ’in botir o’z qabiladoshlaridan birini o’ldirib, Qrim xoni Oqchoxonning yurtiga qochib ketadi va uning xizmatiga kiradi. Xon o’z dushmanlari Olalay va Bulalay xonlarga qarshi jang qiladi. Bu jangda Targ’in botirning ko’rsatgan katta qahramonliklari tufayli Oqchaxon g’olib keladi. Shundan keyin xon qizi Oqyunus Targ’in botirni sevib qoladi. Lekin otasi qizini xon urug’idan bo’lmagani uchun unga berishga rozi bo’lmaydi. Keyin Targ’in Oqyunus bilan qochib ketadi. Xon ularni kim quvib yetsa, qizni o’sha oladi deb aytadi. Ko’p yigitlar ularga yetib olishga harakat qiladi. Lekin yo’lda ularning barchasi qaytib ketadi, chunki Targ’inni ular hurmat qilar edi. Faqat bir keksa botir jangchi Qartixo’ja ularga yetib oladi. Qoidaga ko’ra birinchi o’qni yetib olgan odam otish kerak. Keksa jangchi ataylab Targ’in botirga o’qni tegdirmay otadi. Buni sezgan botir xon qizini tashlab, yolg’iz ketishga rozi bo’ladi. Lekin keksa jangchi bilan Oqyunus bir-biri bilan o’lan aytishadi. Bunda Oqyunus yutib chiqadi. Keyin Qartixo’ja bu ikki yoshga omad tilab, o’z yurtiga qaytib ketadi. Keyin Targ’in botir Xonzodaxonning xizmatiga kirib, ularning qalmiq bosqinchilaridan himoya qiladi. U daraxtdan yiqilib o’mirtqasi chiqib ketadi. Uzoq vaqtlar kasal bo’lib yotadi. Ana shu kasallik paytida uning do’st-dushmani bilinadi. Xalqning shunday botiridan hyech kim xabar olmay qo’yadi. U achchiqlanib joyidan keskin harakat bilan turadi, ana shunda chiqib ketgan o’mirtqa suyaklari o’z joyiga tushadi. U yana qahramonliklar ko’rsatadi. Ikki o’g’illi bo’ladi. Kichik o’g’li besh viloyatning xoni bo’ladi. U Oqyunus bilan tinch-totuv uzoq yillar yashab dunyodan o’tadi. Eposda qozoq xalqining etnografiyasiga oid ko’plab ma’lumotlar keltirilgan. Xalq qo’shiqlari, maqollarari ko’plab qo’llangan.
Er-Targ’in botir haqida Qrim xalq og’zaki ijodida ham ko’p rivoyatlar bor. Ularning birida Targ’in Mamayxonning yaqin do’sti bo’lgani. Botirak degan polvon bilan jang qilib yarador bo’lgani, keyin Mamayxon Botirakni o’ldirib uning boshini yorug’ dunyoda oxirgi nafasini olayotgan do’sti Targ’inning oyog’i ostiga tashlagani, shundan keyin Er-Targ’in bu dunyodan rozi bo’lib ko’z yumgani hikoya qilinadi.
Tarixdan ma’lumki, qozoq xalqi bilan kalmiqlar o’rtasida ko’p janglar bo’lgan. Ko’chmanchi charvodor bo’lib, tarqoq yashagan qozoq ovullariga kalmiqlar doimo bosqinchilik yurishlari qilib turgan. Qozoqlar birlashib, ularga qarshi jang qilishga o’sha paytdagi tarixiy muhit imkoniyat bermagan. Shuning uchun qozoq folklorida ana shu doimo xavf solib turgan dushmanga nisbatan afsonaviy botirlar obrazi ko’plab uchraydi. Xalq o’zini himoya qiladigan shunday botirlarni orzu qiladi. Er Targ’in eposida ham ana shu g’oya yetakchilik qiladi.
«Qambar-botir» dostoni ham qozoq folklorida keng tarqalgan asarlardan biri. 1898 yilda «To’qson uyli tobir» nomi bilan Qozonda bosilib chiqqan. Mukammal variantlaridan biri ma’rifatparvar A.Divayev tomonidan 1922 yilda Toshkentda nashr etilgan.
Dostonda hikoya qilinishicha, No’g’ayli urug’idan bo’lgan Azimboy degan kishining olti o’g’li va Nozim nomli bir qizi bo’ladi.
Azimboy ana shu qizi kimni yaxshi ko’rsa, o’shanga beraman deb no’g’ayli urug’i va o’zbeklarning o’n ikki urug’idan mashhur kishilarni mehmonga chaqiradi. Lekin chaqirilganlarning birortasi Nozimga yoqmaydi. Qiz bir vaqtlar ovda asrlonni o’ldirgan Qambar-botirni yaxshi ko’radi. Lekin Qambar-botirni Azimboy chaqirmagan edi. Bir kuni qizning ovulidan o’tayotgan Qambarni Nozim ko’rib, uni o’z o’toviga taklif qiladi. Lekin Qambar xalq ko’rsa uyat bo’ladi deb, qizning taklifini rad etadi. Buni sezib qolgan qizning akalari Kambar-botirni o’ldirmoqchi bo’ladi. Lekin qizning kichkina akasi Olchi O’roz ularni bu yo’ldan qaytaradi. Nozimning go’zalligini eshitgan Qalmoq xoni Maxtumxon Qulmambet degan kishini qizga sovchi qilib yuboradi.
Olchi O’roz bundan achchiqlanib, sovchining quloq, burnini kesib qaytaradi. Bundan Maxtumxon nihoyatda achchiqlanib butun No’g’ayli urug’ini kirib tashlamoqchi bo’ladi. Bundan xabar topgan Azimboy Qambarni yordamga chaqiradi. Qambar botir Qolmoq xoni Maxtumxon bilan yakkama – yakka jang qilib, uni o’ldiradi. Keyin qolmoqlar no’g’ayli urug’iga urush e’lon qiladi. Bu urushda Kambar botir, Olchi O’roz va qozoqlar tarafga o’tgan Qulmambet qolmoqlarga qarshi kurashda katta jasoratlar ko’rsatadi. Dushmanning ko’pi o’lib, qolganlari qochib ketadi. Kambar botir Nozimga uylanib, uni o’z yurtiga olib ketadi. Eposning qisqacha mazmuni shundan iborat.
Asarda to’qson uyli urug’ini himoya qilib, ularni tinch-osoyishta hayot kechirish uchun dushmanlarga qarshi kurashgan Kambar-botir obrazi juda yorqin aks ettirilgan. Boshqa dostonlardagi kabi bu dostonda ham xalq o’z orzu-umidlarini mard, jasur yigitlar obrazi orqali ko’rsatadi. Chunki bu asarda qaysi xalqning yigitlari mard, jasur, aqlli bo’lsa, uni hyech qanday dushman zabt etomaydi, el-yurt tinch, osoyishta va baxtli yashaydi degan g’oya hukmron. Asrlar davomida qolmoqlar zulmidan ezilib kelgan qozoq xalqi o’z og’zaki ijodida Kambar-botir singari mard, jasur yigitlarning tug’ilib, xalqni ozod qilishni orzu qilib kelgan.
Qozoq folkloridagi «Alpomish» dostonida ham xuddi ana shu mavzu yetakchilik qiladi. Alpomish ham o’z xalqini dushmandan himoya qiladi. O’tda yonmas, qilich o’tmas, suvda cho’kmas kabi botirlar haqida xalq orzu qilgan Alpomish siymosidagi qahramon ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan. Alpomish ko’ng’irot urug’idan, u Boysunda voyaga yetgan, otasi Boyburi, sevgilisi Shekti urug’idan bo’lgan Sariboyning qizi Gulbarchin. Dostonning o’zbekcha variantida esa Boybo’ri va Boysarilar aka-ukalardir. Qozoq xalqidagi urf-odatga binoan esa bir urug’ning yigiti shu urug’ning qiziga uylanmaydi. Shuning uchun Alpomishning sevgilisi boshqa urug’dan qilib berilgan bo’lishi kerak.
«Alpomish» eposining tadqiqodchilaridan biri V.Jirmunskiy bu asarning paydo bo’lish davrida hali turkiy xalqlar millatlarga ajralmagan edi deb ta’kidlaydi. Haqiqatan ham, «Alpomish» eposi eng qadimgi epos. O’zbekistonda uning ming yillik yubileyining nishonlanishi ham shundan dalolat beradi. Bizningcha bu eposning «yoshi» bundan ham uzoqroq bo’lishi kerak.
Alpomish yovuz kuchlarga qarshi kurashuvchi qahramon sifatida tasvirlangan. Negaki, u o’z urug’idan bo’lgan zolim Ultonni, Qalmoq xalqini ham ezib yotgan Toychaxonni o’ldirib, shu xalqlarga tinch-osoyishta hayot kechirishga imkoniyat yaratadi, qalmoq polvonlari bilan jang qiladi. Lekin ularning ichida mard, jasur Qorajonni o’ziga qiyomatlik do’st qilib oladi. Shuning uchun Alpomishni qalmoqlarga qarshi kurashdi, degan fikr bir yoqlamali. Alpomish yovuz kuchlarga qarshi kurashgan qahramon obrazi sifatida mashhurdir.
Qozoq xalqining «Qo’zi-ko’rpesh va Boyan suluv» nomli eposini dastlab V.V.Radlov to’liq yozib olgan va uni 1870 yilda nashr etgan. Keyinchalik ham bu asarning tanqidiy teksti M.Avezov va S.Muqanov singari adiblar tomonidan atroflicha tahlil qilinib, bir necha marta nashr etilgan. 1939 yili talantli yozuvchi G’.Musrepov ushbu doston mazmuni asosida to’rt pardalik drama yozdi. Bu asar asosida kino ham suratga olingan. Asar bir necha chet tillariga ham tarjima qilingan.
«Qo’zi ko’rpesh va Boyan suluv» dostonida Qo’zi va Boyan o’rtasidagi muhabbat kuylanadi. Qizning otasi Qoraboy yetim va kambag’al yigit Qo’ziga qizini bermaydi. U o’z qavmi bilan boshqa tomonlarga ko’chib ketadi. Qoraboy o’ta ketgan xasis, shafqatsiz bo’lib, faqat o’z qo’ylari va yilqilarining sonini ko’paytirishni o’ylaydi. Hatto o’z farzandining taqdirini ham shu mollarga bog’laydi. Uning mirzolaridan biri Qodar ham o’ta ketgan razil, sotqin kimsa.
Qoraboy Boyan suluvni Qodarga bermoqchi bo’ladi. Lekin qiz bunga turmushga chiqishga rozi emas. Shundan keyin u qizni izlab kelgan Qo’zi ko’rpeshni halol kurashda yenga olishiga ko’zi yetmagach, uxlab yotgan joyida uni otib o’ldiradi. Keyin Boyan suluv ham o’ladi. Qodarni quduqqga tashlab o’ldirtiradi. Asar oxirida bosh qahramonlar fojiali halok bo’ladi. Qo’zi ko’rpesh va Boyan suluvlarning qabridan qizil gullar o’sib chiqadi. Ularning o’rtasidan qora tikan o’sib chiqadi. Xalq buni Qodarning yovuz ruxi deb ataydi. Bu asar syujeti qandaydir tarafi bilan «Toxir va Zuxro» xaqidagi o’zbek dostonidagi voqialarga o’xshab ketadi.
Bu asar qozoq xalq og’zaki ijodida juda mashhur bo’lgan liro-epik doston bo’lib, shu asar asosida muzikali dramalar yaratilgan. Qo’zi-ko’rpesh va Boyan suluvlarning samimiy, pokiza muhabbati asrlar davomida o’quvchilarga ibrat bo’lib kelmoqda.
«Qiz Jibek» dostoni ham liro-epik dostonlardan bo’lib, xalq orasida ancha mashhurdir. Bu asarda ikki yoshning o’rtasidagi chin muhabbatga o’sha davrdagi ko’pgina yaramas urf-odatlarning to’siq bo’lganligi tasvirlangan. Go’zal va oqila qiz Jibek To’lagan degan yigitni sevadi. Lekin yigitning otasi Bozorboy bular o’rtasidagi muhabbatga to’siq bo’ladi. To’lagan otasining qarshiligiga qaramay qizni izlab, uning yurtiga ketadi. Yo’lda esa uni Bekejon boshliq o’g’rilar orqasidan otib o’ldiradilar. Bekejon ham Jibekni olmoqchi bo’lib sovchi qo’ydirgan va rad javobini olgan edi. Qolmoq xoni Qo’ren Jibekni zo’rlik bilan o’ziga xotin qilmoqchi bo’lib, uning yurtiga qo’shin tortib keladi. Lekin tadbirkor va oqila qiz Jibek aytishuvda Qo’renni yengadi. Bir hiyla bilan uning uchqur otini olib, sevgilisining yurtiga qochib ketadi, chunki To’legan agar men seni baxtli qilolmay o’lib ketsam, ukam Sonsizboyga tegasan deb vasiyat qilgan edi. Musulmon bo’lmagan qalmoq xoni, Qo’renga xotin bo’lishdan ko’ra, qiz ana shu vasiyatni bajarishni afzal ko’radi.
Ko’pgina dostonlarda sevgilisi vafotidan keyin qizlar o’zlarini o’ldiradilar. Bu asarda esa oqila qiz Jibek ana shu an’anaga qarshi borib sevgan yigiti vasiyatini bajarishga ahd qiladi. Haqiqatan ham, hayotda bu ko’p uchraydigan hodisa. Ko’pchilik turkiy xalqlardagi, jumladan, qozoqlardagi urf-odatlarga ko’ra ham akasining bevasini ukasiga qaratishlar ko’p bo’lgan. O’sha tarixiy sharoit shuni taqozo etgan. Bu asar finalining ham shunday yakunlanishi uning hayotiyligini ta’minlagan.
Qozoq xalq og’zaki ijodida tarixiy dostonlar ham anchagina uchraydi. Yozma adabiyotning nisbatan keyinroq shakllanishi ham tarixiy dostonlarning ko’plab yaratilishiga sabab bo’lgan. Qozoq xalqining chet el bosqinchilariga va o’zining zolim xonlariga qarshi olib borgan kurashi bu dostonlarning asosiy syujetini tashkil etadi. Ana shunday dostonlardan biri «Beket haqidagi afsonadir». Beket haqidagi rivoyat X1X asrga taalluqli. Beket tarixiy shaxs bo’lib 1822 yilda tug’ilgan.
Ma’lumki, Isotay va Maxambet qo’zg’olonlari bostirilgach, xalqning bosqinchi ruslarga nafrati yanada kuchayib bordi. 1852-53 yillarda Yeset va Beket boshchiligida zulmga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. 400 jangchiga ega bo’lgan Beket jangda o’zlaridan ancha ko’p bo’lgan sulton Aristinni yengadi va sultonning o’zini o’ldiradi. Keyin sulton Boymag’ambet isyonchilar bilan sulh tuzishni bahona qilib hiyla ishlatadi. Sulx tuzish uchun kelgan Beket va Ernazarni tutib olib Sibirga surgun qiladi. Yeset isyonni davom ettiradi, lekin ko’p o’tmay oq podsho tomonidan gunohi o’tilishi sharti bilan kurashni to’xtadi. Ana shu xalq qo’zg’oloni 1858 yilgacha davom etdi. Isyonchilar boshliqlari haqida qo’shiqlar, dostonlar to’qilgan. Bizgacha «Botir Beket haqida qo’shiq» degan doston yetib kelgan. Bunda Beketning jangi maydonida qanday jasoratlar, qahramonliklar ko’rsatgan, o’z qo’li bilan dushman jangchilarining boshlig’i Aristinni o’ldirgani yuqori pardalarda kuylangan.
«Isotay va Maxambet» dostonida, qozoq xalqining 1836 yilda zulmga qarshi qo’zg’oloni haqida hikoya qilingan. Doston muallifi Ig’ilman Shorekov isyonchilarning boshliqlari Isatay va Maxambetning jasoratlari bilan birga, yana ko’plab xalq qahramonlarining obrazlarini ham tasvirlagan. Masalan, Jangirxon isyonni bostirish uchun Qorovulxo’ja Bobojon o’g’li degan qo’mondoniga topshiradi. U ko’p kuch to’plab isyonchilardan Tani botir va Qoldiboy botirni asirga oladi. Qoldiboy isyonchilar boshlig’i Isatoy yashiringan joyni qancha qiynoqqa solsada, aytmaydi va dushmanni xuddi qadimgi «Shiroq» afsonasidagidek aldab, boshqa tomonga olib boradi. Bular haqiqatda bo’lib o’tgan tarixiy voqyealar bo’lib, Chor Rossiyasi arxivlari hujjatlari ham buni tasdiqlaydi.
Oqin bu qo’zg’olonning asosiy sababini xalqning mol boqadigan yaylovlarining bir tomondan ruslar bosib olganini, qolganini esa o’zlarining xonlari, sultonlari egallab olgani va xalqning boshiga ko’plab og’ir soliqlar solinganida deb ko’rsatadi. U Jangirxonning mamlakatni o’ta ayyorlik bilan boshqarayotganini misollar bilan ko’rsatadi.
Jangirxon bobosi Abulxayrxondan qolgan vasiyatga binoan davlatni boshqarishda juda ulkan kuch bo’lgan yolg’ondan foydalandi. Uning «yana xalqqa turli va’dalar berib, miyasini chalg’itib tur. Ulardan nafratlansang ham, lekin o’zingni juda mehribon qilib ko’rsatishga harakat qil. Natijada ular seni mehribon yurtboshi, otamiz deb atasin. Iloji boricha ularning orasiga dushmanlik urug’ini sep, ular bir-birini ko’rolmay urush-janjal qilib tursun. Sen esa ulardan ustalik bilan foydalan. Sen hyech vaqt xalqni birlashtirma, ularni turli tomonga tarqatib yubor, ular faqat oilasini boqishni o’ylasin. Agar ular birlashib, senga qarshi kurashsa tamom bo’ldim deyaver, uni to’xtatadigan hyech qanday kuch yo’q. Boshqa sultonlardan ham yordam olganingda buni bajarolmaysan.
Bunday paytda ko’ch-qo’raningni olib boshqa davlatga qochib ketishingga to’g’ri keladi», degan nasihatlarini eslaydi.
Tengsiz janglarning birida qo’zg’olonchilar boshlig’i Isatay vafot etadi. Shundan keyin uning safdoshlari turli tomonlarga tarqalib ketadi. Isatoyning eng yaqin do’sti Maxambet botir esa Xivaga yaqin joyga kelib yashirinadi.
Qozoq xalq og’zaki ijodida xalq oqinlari, jirovlari katta rol o’ynagan. Buxor Jirov, Nisanboy, Do’sxo’ja Maxambet O’temisov, Halilboy Mambetov singari mashhur oqinlar ko’plab asarlarini o’zlari ham ijod qilishgan. Masalan, Maxambet O’temisovning “Isatay Taymanov” dostonida xalq qo’zg’olonchilarining boshlig’i, ozodlik va mustaqillik uchun kurashda qahromanlarcha holok bo’lgan Taymanov obrazi tasvirlangan.
Qozoqlarda xalq baxshilarining bir-biri bilan aytishuvi musobaqalarga aylangan. Ana shu aytishuvlarda ularning talanti, mahorati aniqlanadi. Mashhur oqin Birjon Sol bilan oqinalardan Soraning aytishuvi yoki Suyunboy baxshi bilan Ko’nekeyning aytishuvlari xalq orasida keng tarqalgan. Bu aytishuvlar hyech qanday tayyorgarliksiz, eksproment (badiha) tarzida o’tkazilar edi. Baxshilar qancha tez va qiziqarli qilib she’r to’qisa, o’shanga qarab baxolangan.
Hasan Qayg’u haqidagi rivoyatlar qoraqalpoq, no’g’ay, qirg’iz va qozoq kabi turkiy xalqlar folklorida ham uchraydi. Ularda tasvirlanishicha, bu oqin butun umrini xalq baxt-saodati uchun, uning tinchligi uchun bag’ishlagan. U o’z el-yurtining kelajagi uchun doimo bezovta bo’lib qayg’urib yashagan. Shuning uchun ham uning nomiga «Qayg’u» laqabi ham qo’shib aytiladi. U o’zining Jelmoya tuyasi bilan yurtni kezib yuradi, qozoqlarga yaxshi yaylovlar izlab Xitoy, Kashg’ar, Qo’qon, Xiva, Buxoro, Eron kabi joylarda bo’ladi.
Rossiyaning chegarasigacha bo’lgan joylardan el yurti uchun ma’qul joylar izlagan degan rivoyatlar bor. Uning yashagan davrini XV-XVI asrlar deb taxmin qilinadi. U birinchi qozoq oqinlaridan bo’lib, Hasan Jirov nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Ma’lumki, jirovlar folklor bilan yozma adabiyot o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan. Ular qozoq yozma adabiyotining shakllanishiga juda katta hissa qo’shgan.
Hasan Qayg’u Jonibek xon davrida yashagan, u ayrim she’rlarida Jonibekka nasihat qilib, turkiy xalqlarni birlashtirib, inoq bo’lib yashasang, hyech qanday dushman senga teginolmaydi deydi. Shoirning «Nega bilmaysan», «Qayli, qayli zomonlar», «Ey xon, men senga aytsam», «Xo’sh, omon bo’l, Jonibek, endi meni ko’rmaysan» kabi ko’shiqlari juda mashhur bo’lib, hozirgacha o’zining badiiy qimmatini yo’qotgani yo’q. XU-XU1 asrlar qozoq xalqi tarixini biz Hasan Qayg’u va u bilan zamondosh bo’lgan jirovlarning asarlari orqali bilib olamiz. 
XVIII asr qozoq xalqi tarixida katta o’zgarishlar bo’lib, uning territoriyasiga bir tomondan jungarlar va xitoylar, ikkinchi tomondan ruslar bostirib keldi. Qozoq urug’larining o’zaro urushlari ham xalqning tinkasini quritib yubordi. Bu davrda xon Ablay markazlashgan davlat qurishga harakat qildi. Rossiya asta-sekin qozoqlarning kattagina territoriyasini bosib ola boshladi. Ana shu voqialar qozoq okinlarining yetakchi mavzusiga aylandi. Mashhur oqin Buxor Qalkamonov ijodida ham ana shu o’zgarishlar o’z aksini topgan. Buxor jirov Qalkamanov ((1693-1787) qozoqlarning Arg’in urug’idan bo’lib, Qalkaman botirning o’g’lidir. Buxor Jirov ham katta urug’ boshliqlaridan biri bo’lib, Ablayxonning eng ishonchli biylaridan bo’lgan.Ayrim ma’lumotlarga qaraganda xon Ablay doimo Buxor Jirovdan maslahat olib turgan. Bu oqin o’sha davrdagi davlat siyosatiga katta ta’sir ko’rsatgan. Uning «Ey Ablay», «Qayerga ketayapsiz, kareylar», «Bu dunyoda hyech narsa abadiy emas», «Istagim», «Galdek-seren bilan urush», «Qarilik haqida» kabi ko’plab she’rlari yetib kelgan.
Masalan, u «Ablay» nomli she’rida xonni ruslarga qarshi katta jangga tayorlanayotganini qoralaydi. Bu jangda ko’p begunoh qonlar to’kiladi, yaxshisi ruslar bilan kelishish kerak degan taklif kiritadi. Xon Buxor jirovning gapiga kirib ruslar bilan tinchlik shartnomasini tuzadi.
Shu bilan birga, Buxor Jirov xalqni qanday qilib bo’ysindirish kerakligi haqida xonga maslahatlar beradi. Ablay tomonidan quvg’in qilingan Karey urug’iga murojaat qilib, xonning buyrug’ini so’zsiz bajarish kerak degan fikrlarni aytadi. Buxor Jirov she’rlarida ham, siyosiy faoliyatida ham qozoq xalqi urug’larini birlashtirishga harakat qilgan. Ablayxon boshchiligida markazlashgan, kuchli qozoq davlati qurish uchun Buxor Jirov «Istagim» she’rida xalqqa murojaat qiladi. 1723-1744 yillarda jungarlarning bostirib kelishi qozoq davlatining tarqalib ketish xavfini tug’dirdi.
Ana shunday qaltis vaziyatda xon Ablay Buxor Jirov maslahati bilan juda to’g’ri siyosat olib borib, qozoq davlatchiligini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
Shoirning «Qariliq haqida» she’rida inson hayoti haqida ko’pgina falsafiy fikrlar bayon etilgan. Yoshlik va keksalik, xayot va o’lim, ezgulik va yovuzlik haqida hikmatli fikrlar yuritiladi. Buxor Jirovning ko’pgina asarlari bizgacha yetib kelmagan. Yetib kelgan ozgina she’rlaridan ma’lumki, u juda talantli, falsafiy shoir bo’lgan. Bu she’rlar badiiy tomondan ham yuksak darajada yaratilgan.
Maxambet O’timisov (1804-1846) qozoq xalqining talantli isyonkor shoirlaridan biridir. Ma’lumki, 1836-1937 yillarda qozoq xalqining juda katta qo’zg’olonlari bo’lib, xalq zulmga bosqinchilarga qarshi ko’tariladi. Ana shu qo’zg’olonga rahbarlikni Isatay Taymonov boshqargan.
Mashhur oqin Maxambet O’timisov ana shu Isatoy botirning eng yaqin yordamchisi, safdoshi bo’lgan. Maxambetning she’rlarida ona-vatanga va xalqiga muhabbat birinchi o’rinda turadi. Shoirning «Nima yaxshiroq», «Bundan menga nima foyda», «Isyonga chorlov» kabi she’rlarida bu yaqqol ko’zga tashlanadi. Uning ko’pgina she’rlari Isatoy Taymonovga bag’ishlangan bo’lib, bularda qo’zg’olonchilarning ko’rsatgan qahramonliklari va jasoratlari kuylangan. Ayniqsa Isatoy botirning el-yurt baxti uchun ko’rsatgan jonbozliklari ko’tarinki ruxda tasvirlangan. Bular shoirning «Isatay jangi», «Qahramon», «Lochinim», «Isatoy vasiyati», «Yomg’irli kun» kabi she’rlarida o’z aksini topgan. Qo’zg’olon bostirilgach, Maxambet biroz vaqt yashirinib yuradi. Lekin u xoin va sotqinlar tomonidan o’ldiriladi. Shoir hammasi bo’lib 42 yil yashadi. Ana shu davrda u qozoq xalqi tarixida o’chmas qahramon bo’lib qoldi. Shoir haqida «Isatoy va Maxambet» nomli doston ham yaratilgan.
Bu davrda Sherniyaz oqin va Almajon Azamatova kabi shoirlar ham yashab o’tgan. Sherniyaz qozoq xalqining eng sevimli shoirlaridan biridir. U ham Isatay boshchiligidagi qo’zg’olonda qatnashgan. Isyon bostirilgach esa Maxambet shoir bilan birgalikda yashirinib yurgan. Keyin o’zi Boymuhammad xonga borib gunohini kechirishni so’raydi. Xon Sherniyozni saroyiga ishga oladi. Xon uchun ana shunday, uni maqtaydigan oqin kerak edi. Sherniyaz Isatoy haqida, Boymuhammadxon haqida qo’shiqlar, dostonlar to’qigan. Uning «Qozibiy va Alen to’raga», «Termalar», «Hayot haqida» she’rlari bizgacha yetib kelgan.
Almajon Azamatova qozoq ayollari ichidan chiqqan mashhur shoira bo’lib, uning «Yetim» degan dostoni bizga meros bo’lib qolgan. Bu dostonda qozoq xalqining X1X asrning birinchi yarmidagi og’ir hayoti, o’z baxti va haq-huquqi uchun olib borgan kurashlari aks ettirilgan. Shoiraning bu dostoni avtobiografik asar bo’lib, asosan o’z boshidan o’tgan voqyealar hikoya qilinadi.
O’zining zo’r ijrochilik mahorati bilan shuxrat topgan oqinlardan biri Janbul Jaboyev edi. U mashhur Suyunboy baxshining shogirdi bo’lgan. U og’zaki ijod namunalaridan ko’plarini yoddan aytib, shu bilan birga o’zi ham ko’plab asarlar ijod qilgan. Uning “Kambag’alning sho’ri”, “Sholtaboyga”, “Mirzabek volostining boshlig’iga”, “Qodirboyning iti” nomli asarlari xalq orasida katta shuhrat topgan.
X1Xasrining ikkinchi yarmidagi qozoq adabiyotiga talantli shoirlar kirib keldi. Bu davr qozoq adabiyotida ikkita oqim ko’zga tashlanadi. Birinchisi, realistik ma’rifatparvarlik oqimi bo’lsa, ikkinchisi diniy-ma’rifiy yo’nalishdir. Diniy – ma’rifiy oqim vakillari bo’lgan Shortanbay, Abubakir, Numon kabi shoirlar ijodida o’zlari yashayatgan davrdan, siyosiy tuzimdan norozilik motivlari ko’proq ko’zga tashlanadi. Ular qadimgi qozoq xalqi urf-odatlari, an’analarining unutilib borayotganligidan bezovta bo’lib she’rlar yozdi. Zamondan norozilik, adolatsiz tuzumga nafrat, nadomat motivlari ular asarlarining yetakchi g’oyalari edi. Bu davrda Qozog’istonning barcha xududlari Rossiyaga qo’shib olindi. Qozoqlar yeriga ko’plab ruslar ko’chib keltirildi. 1868 yilda Rus imperiyasining Orenburg va G’arbiy Sibir guberniyalarining cho’l zonalarini mustahkamlash haqidagi maxsus formoni e’lon qilindi. Bu farmonga muvofiq butun qozoq yurtini boshqarish ruslar qo’liga o’tdi. Qozoqlarning xon va sultonlari davlatni boshqarish huquqidan amalda maxrum qilindi. Mamlakatda ruslashtirish siyosati olib borildi. Ana shu o’zgarishlar ko’pgina qozoq ziyolilarining tushkinlikka tushishiga sabab bo’ldi. Qadimgi feodal aristokratiyaning roli pasayishi, yangi kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bu davr qozoq adabiyotida o’z aksini topdi. Shuning uchun Abubakir shoir o’z she’rlarida mamlakatni past tabaqadan bo’lgan qullar va kofirlar boshqarmoqda. Bular yurtni vayronaga aylantiradi, chet elliklarga tolon-taroj qilish imkoniyatini ochib beradi. Chunki bularning qonida yurtni boshqarish qobiliyati yo’q, deb asarlar yozdi. Kishilarni qozoq milliy urf-odatlarini, Islom dinini qadrlashga, ularga rioya qilishga chaqirdi. Bu davr qozoq adabiyotidagi realistik ma’rifatparvarlik oqimi vakillari Ibray Oltinsarin, Abay Kunonboyev, Cho’qon Valixonovlar ijodida esa demokratik tamoyillar, yangiliklarni targ’ib qilish, Yevropa madaniyatiga xayrixoxlik seziladi.
Qozoq xalqining ana shu boy og’zaki ijodi, uning yozma adabiyotining shakllanishiga katta ta’sir qildi. Qozoq klassik adabiyotining asoschilari Cho’qon Valixanov, Ibray Oltinsarin, Abay Qo’nanboyevlar ijodi qozoq xalqi og’zaki ijodi bilan yozma adabiyotining o’rtasida ko’prik vazifasini o’tadi. Bu shoirlar bir tomondan, mashhur oqin bo’lgan, ikkinchi tomondan esa buyuk ma’rifatparvarlar edi. Ular demokratik yo’nalishdagi qozoq adabiyotining asoschilari edi. XIX asrning boshlarida qozoq cho’llarining bir qismining Rossiyaga qo’shib olinishi natijasida xalq hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Progressiv dunyoqarashdagi fikrlarga ega bo’lgan rus intelligensiyasining ta’siri natijasida mahalliy qozoq ziyolilari ham shakllana boshladi.


Cho’qon Valixanov  (Muhammad Xanafiy) (1835 – 1865) qozoq xonlaridan bo’lgan Ablayning avlodiga mansubdir, uning otasi Chingiz qozoq sultonlarining boshlig’i bo’lgan. Cho’qon Ko’kchatov viloyatining Qo’shmurin degan joyida tug’ilgan. Dastlab musulmoncha maktabda, keyin 1847 yilda Omsk shahridagi kadetlar korpusiga o’qishga kiradi. 1853 yilda kadet korpusini muddatdan oldin muvaffaqiyatli bitirib, rus armiyasida ofiser bo’lib xizmat qiladi. U tarix, georafiya, etnografiya fanlarini mustaqil ravishda chuqur o’rgandi. 1856 yilda ruslar tashkil qilgan ekspedisiyada qatnashib, qirg’iz xalqi urf-odatlarini, folklorini yozib oldi. Cho’qon «Manas» eposining mazmunini qadimgi qo’shiqlarni, afsona va rivoyatlarni birinchi bo’lib yozib oldi. Qirg’iz xalqining o’sha davrdagi iqtisodiy ahvolini, maishiy turmushini atroflicha o’rgandi. 1956 yil Cho’qon Valixonov rus davlatining Kuljadagi savdo ishlari bo’yicha vakili bo’lib tayinlanadi. U shu ulkaning etnografiyasini o’rgandi. U harbiy ishlardan voz kechib, Sharq xalqlari tarixi, adabiyoti, etnografiyasi bilan shug’ullandi. U 1957 yilda Rossiya geografik jamiyatining haqiqiy a’zosi qilib saylanadi. 1858 yilda u Qoshqarni tekshirish uchun tuzilgan ekspedisiyaga boshliq bo’ldi. Olti oy ichida uyg’ur tilini urganib, shu ulkaning tarixi, geografiyasi, etnografiyasi bo’yicha juda katta material to’pladi, ko’plab eski Sharq qo’lyozma kitoblarni Peterburgga olib keldi. 1860 yilda Cho’qon Rossiya Harbiy ministrligi topshirig’i bilan Buxoro va Issiqko’lning geografik kartasini tuzdi va «Oltisharning holati haqida» nomli kitobini nashrga tayyorladi. U Mashhur yozuvchi M.Dostayevskiy bilan do’stlashdi. 1961 yilda kasalligi tufayli Peterburgdan ketib, o’z yurtida ma’rifatni yoyishga harakat qildi. U «Qirg’izlarda shamanchilik ildizlari», «Qozoq, qirg’izlar shajarasi», «Katta qirg’iz-qaysoq o’rdasi afsona va rivoyatlari» kabi maqolalarini yozdi.
1864 yilda Cho’qon Valixonov general Chernyayevning harbiy ekspedisiyalarida ishtirok etdi. Avliyo otaning, Toshkentning ruslar tomonidan bosib olinishidagi xunrezliklardan norozi bo’lib, bu ekspedisiyani tark etadi. Cho’qon Valixanovning ilmiy faoliyatidan ruslar O’rta Osiyoni bosib olish uchun foydalanganini, uning o’zi tasavvur ham qilmas edi. U juda qisqa, bor yo’g’i 30 yilcha umr ko’rdi, xolos. Lekin ana shu qisqa umrida qilgan ishlari bilan qozoq xalqi tarixida talantli olim, iste’dodli yozuvchi, buyuk ma’rifatparvar sifatida mashhur bo’lib qoldi. 
Yana bir qozoq ma’rifatparvari Ibray Oltinsarin (1841 - 1889) Kustanay viloyatida tug’ilib voyaga yetdi. U Orenburg shahrida ochilgan rus-qozoq maktabida o’qidi. Ma’lum muddat kotiblik qildi, keyin esa o’qituvchilik kasbini tanladi. Ibray eski maktablarning talabga javob bermay qo’yganligini bilib, o’zi yangi maktablar ochdi, ularga yangi darsliklar yozdi. U butun ilmini, kuch-qobiliyatini qozoq xalqini savodli, ongli qilishga bag’ishlagan ma’rifatparvar insondir. Ibray Oltinsarin ruslarning ilg’or maorif sistemasidan foydalanib, uni qozoq maktablariga birinchi bo’lib tadbiq etdi. 1864 yili yangi qozoq maktabi ochib, unda o’zi o’qituvchilik qildi. Bu maktab juda yaxshi natijalar berganidan I.Oltinsarinning nomi tezda butun qozoq eliga tanildi. 1887 yilda Irg’izda qozoq qizlari uchun birinchi internat-maktab ochib qozoq xalqi tarixida birinchi bo’lib ayollar uchun maorif masalasini ko’tarib chiqdi.
Ibray Oltinsarin «Qozoq xrestomatiyasi» nomli kitob yozib, unda yosh bolalar dunyoqarashiga mos ko’plab yengil she’rlar, hikoyalar to’plangan edi. Bunga rus va jahon adabiyoti namunalarida ham asarlar kiritilgan edi. «O’rmakchi, chumoli va qaldirg’och» nomli hikoyada mehnat kishini baxtli qilishini, yalqovlik esa insonni tubanlikka yetaklashini obrazli qilib tushuntirib berdi. Uning «Saxiy Xotamtoy» hikoyasida esa halol mehnat qilib, non topish kishining eng yaxshi fazilati deb xulosa keltiriladi. Bu Navoiyning «Xotamtoy hikoyati»dan ta’sirlanib yozilgani bilinib turibti. Uning «Dono qiz» nomli hikoyasida otasi podshoning g’azabiga uchrab qo’li kestirilayotgan paytda, podshoga iltijo qilib, otam o’rniga mening qo’limni kesinglar, chunki u bizning oilamizning yagona boquvchisi, degan qizning taqdiri hikoya qilinadi.

Bulardan tashqari «Ona va o’g’il», «Hasan va Husan», «Og’riqdan ham, og’ir qayg’u» kabi hikoyalari ham ahloqiy-tarbiyaviy mavzuda yaratilgan edi. U bolalarga atab ko’plab asarlar yozdi va chet el adabiyotidan ham anchagina asarlarni tarjima qildi. Yozuvchining «Qipchoq Saidqul» nomli hikoyasida ham o’troqlashib borayotgan qozoqlarning hayotida mehnatning roli haqida gap boradi. Ibray Oltinsarinning yana bir xizmati, u qozoq poeziyasida she’riy yo’lda yozilgan masallar janriga asos soldi. Bunda u rus yozuvchisi I. Krilov an’analaridan foydalandi. Shoirining «Yoz», «Daryo», «Yoz kelmoqda» nomli she’rlari peyzaj lirikasining go’zal namunalari bo’lib hisoblanadi. U siyosiy va didaktik xarakterdagi she’rlar yozib, bu sohada ham birinchilardan bo’ldi. Xullas, I.Oltinsarin o’z ijodi bilan qozoq adabiyotida realistik metodning shakllanishiga katta hissa qo’shdi.



XIX asr qozoq adabiyotining, umuman, qozoq klassik adabiyotining eng yirik arbobi Abay Qo’nanboyev (1845-1904) hisoblanadi. Abay ijodi qozoq adabiyotining cho’qqisidir.
Qozoq xalqi Abay yaratgan asarlar orqali birinchi bo’lib dunyoning falsafiy fikrlari bilan tanishishga muyassar bo’ldi. Shoir ijodi Sharq va G’arb adabiyotining sintezlashgan holatidagi novator adabiyotdir. U qozoq adabiyotining asoschisi bo’lish bilan birga, qozoq adabiy tilining ham asoschisidir. O’zbek adabiyotida Navoiy, Turkman adabiyotida Mahtumquli Ozarboyjon adabiyotida Fuzuliy qanday rol o’ynagan bo’lsa, qozoq adabiyotida Abay ham xuddi shunday rol o’ynadi. Abay qozoq poeziyasini yangi realistik yo’nalishga boshlagan novator shoirdir. Shoir ijodining an’anasi sifatida keyinchalik qozoq adabiyotida tanqidiy realizm tomir otdi. Abay buyuk demokrat va ma’rifatpar shoir sifatida o’z davrining ilg’or g’oyalarini asarlarida targ’ib etdi. Abay ijodiy faoliyati haqida juda ko’plab ilmiy ishlar qilingan. M. Avezov «Abay», «Abay yo’li» nomli to’rt tomli roman epopeyasini yozdi. Qozoq adabiyotshunosligida maxsus «Abayshunoslik» bo’limi paydo bo’ldi. Bularning barchasi buyuk shoir ijodining qozoq xalqi madaniyati tarixida nechog’li rol o’ynaganidan dalolat beradi.
Abay Semipalatinsk viloyatida shu o’lkaning og’a-sultoni biy Qunonboy oilasida tug’ilib voyaga yetdi. Uni yoshligida eski musulmon maktabida va madrasada o’qitdi. Keyin uch yil rus maktabida o’qidi. Qattiqqo’l otasi uni o’z o’rniga tayyorlash maqsadida davlatni boshqarish ishlariga tortdi. Lekin Abayda bunday ishlarni bajarishga umuman havas yo’q edi. U mustaqil o’qib bilim oldi, rus tilini o’rgandi. Semipalatinskka surgun bo’lib kelgan rus progressiv ziyolilari bilan yaqin munosabatda bo’ldi.
Abay she’rlari xalqni g’aflat uyqusidan uyg’otishga, o’z haq-huquqini himoya qilishga da’vat etardi. U jamiyatdagi illatlarning ildiziga bolta urib, ularning qayerga borib taqalishini ko’rsatib berdi. Xalqning o’z huquqini tanishi esa amaldorlarga hyech ham yoqmaydi. Shuning uchun Abayni bir tomondan rus akkupantlari, ikkinchi tomondan maxalliy feodal amaldorlar siquv ostiga oldi. Uning uylarini bir necha marta tintuv qildi, turli tuhmatlar uyushtirdi.
Abay she’riyati rangba-rang va turli mavzularda yozilgan. Qozoq xalqi og’zaki ijodidagi o’lanlar, aytishuvlar bilan hamohangdir. Uning muhabbat lirikasi Sharq she’riyatining go’zal namunalaridan ta’sirlanib yozilganday tuyulsada, unda halqchillik va dardchillik kuchli ko’zga tashlanadi. Olti va sakkiz qatorlik qisqa va mazmunli go’zal she’rlarda shoir o’quvchiga ta’sir qiladigan, uning his- tuyg’usini qo’zg’atadigan fikrlarni bayon etadi. Shoirning bunday she’rlarida rus, umuman, Yevropa she’riyatining an’analarini sezamiz. «Jim-jim ko’nglim, jim ko’nglim» degan misralar bilan boshlanuvchi she’rlari esa qandaydir tomoni bilan Sharq tasavvuf she’riyati an’analarini eslatadi. Chunki bu she’rda shoir insonning ko’ngli, nafsi nimalarni tilamaydi. Uni jilovlash lozim, aks holda insonni xarob qiladi, degan fikrlarni aytadi. Abay she’riyati sinchiklab tahlil qilinsa, unda Ahmad Yassaviy she’riyatining an’analari ham anchagina ekanligiga iqror bo’lamiz. Shoir «Ey muhabbat», «Yigitlar», «Ko’zimning qorasi», «Sho’rli qozog’im», «Ilm urgan» kabi she’rlarida ishq, vatan, ma’rifat mavzularini targ’ib qildi.
Ma’lumki, Abay serqirra ijodkor bo’lib, uning adabiy merosida bir qancha dostonlar ham mavjud. U «Iskandar» «Ma’sud», «Azim afsonasi», «Vadim» kabi dostonlar ham yozgan. U «Ma’sud» nomli dostonida «Ming bir kecha» ertagidagi afsonalarga murojaat qildi. Asar voqialari Bog’dod va uning atrofida bo’lib o’tadi. Dostonda Ma’sud nomli halol va pokiza yigitning bir qariya cholni qaroqchilardan himoya qilib mardlik va jasorati ko’rsatgani, buning evaziga qariya unga pul taklif qilganda, u rad etib bu ishni savob uchun, odamgarchilik uchun qilganini aytadi. Ma’sudni qariya yaxshi tilaklar bilan duo qiladi. Xalqdagi «oltin olma, duo ol» degan maqolga rioya qilgan Ma’sud keyinchalik adolatli shoh bo’lib yetishadi. Aslida bu duo qilgan qariya Xo’jai Xidir edi.
Dostonda ana shu rivoyat asosiy mavzu qilib olinib, Abay uni o’z zamoniga moslab o’zgartirishlar kiritgan. Ma’sud qandaydir arab yigiti emas, balki o’quvchi ko’z oldida oddiy, mard, qozoq yigitiday gavdalanadi. Shoir o’z gumanistik g’oyalarini shu tarzda targ’ib qildi.
Uning «Azim afsonasi» nomli dostoni ham «Ming bir kecha» syujetidan olingan. Ertakdagi «Hasan zargar qissasi» shoir tomonidan o’zlashtirilib, Hasan ismi o’rniga Azim nomi berilgan. Bunda ezgulik bilan yovuzlik, haqiqat bilan yolg’on, ma’rifat bilan jaholat o’rtasidagi konfliktlar ko’rsatilgan. Yovuz chol yosh yigit Azimni jodu qilib, boshiga ko’p kulfatlar soladi. Azimdagi oq ko’ngillik, mardlik, to’g’rilik barcha yovuz kuchlar ustidan g’olib kelishiga yordam beradi. Asar tugallanmay qolgan. 
Ma’lumki, Iskandar Zulqarnayn haqida Sharq adabiyotida juda ko’plab asarlar yaratilgan. Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Navoiylarning Iskandar haqidagi dostonlari bunga misol bo’la oladi. Shoir Abay ham ana shu an’analarni davom ettirib, «Iskandar» nomli doston yozgan.
Lekin Abay bu dostonida Iskandarni maqtamasdan, uni tanqid qilish yo’lidan bordi. Asarda Filip o’g’li Iskandarning qo’shni mamlakatlarni bosib olgani bilan qanoatlanmay, katta qo’shin to’plab butun dunyoni bosib olish uchun harakat qilgani, biroq oqibatda bu ishning uddasidan chiqmagani hikoya qilinadi. Iskandar o’z qo’shini bilan jazirama cho’lni kesib o’tib, bir toqqa duch keladi. Tog’ning darasiga kirishda katta oltin darvoza unga to’siq bo’ladi. U qancha urinmasin bu darvozani buzib, narigi tomonga o’tolmaydi. Iskandarning jahli chiqib, darvozani och, men butun dunyo hukmdori Iskandar bo’laman, deydi. Darvoza ortidan esa, bu xudoga olib boriladigan yo’ldagi darvoza, senga esa mumkin emas, degan sado keladi va Iskandarga darvoza ortidan suyak tashlaydi. Bu suyak juda og’ir edi. Uni hyech narsa ko’tara olmaydi.
Bu sirning ma’nosini Iskandarning ustozi Aristotel yechadi. U tarozi pallasining bo’sh qismiga bir qisim tuproq tashlaganda, suyak turgan pallasi yuqoriga ko’tarilib ketadi. Abay insondagi ochko’zlikni, dunyoga to’ymaslikni tanqid qilib, uni bir qism tuproq to’ydiradi, degan naql bilan dostonni tugallaydi. Ana shu Iskandar hayotidan olingan bir lavha juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ham buyuk shoir Abayning ko’p qirrali olmos iste’dodidan xabar beradi.
Abay qozoq adabiyotida prozaning rivojlanishiga ham munosib hissa qo’shdi. U o’zining mashhur «nasihatlar»ini nasriy yo’lda yozdi. Bu asar Abay ijodida alohida o’rin tutadi. Buni shoirning o’ziga xos falsafiy traktatlari deb atash mumkin. Bunda donishmand shoirning hayot haqida, qozoq xalqi va uning turmushi to’g’risidagi qarashlari ifodalangan. Inson hayotining turli tomonlariga oid voqyealar haqida mushohada yuritiladi. Masalan, kitobni qanday mutolaa qilishdan tortib, insonning bu dunyoda yashashdan maqsadi, xalqlarning ahvoligacha ma’lumot beradi.
Abay ko’pgina asarlarni qozoq tiliga tarjima qildi. u rus adabiyotidan A.S.Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romanidan parchalar, M.Yu.Lermentovning 26 she’rini, I.A.Krilovning 20ta masalini qozoq tiliga ag’daradi. U Lermontovning “Xanjar”, “Yelkan”, “Terek tuhfasi” kabi she’rlarini “Demon” poemasidan parchalarni juda mahorat bilan sodda, tushunarli tilda tarjima qildi. “Yevgeniy Onegin”ni esa Abay erkin tarjima qilib, uning mazmunini qaytadan qozoqlarga tushunarli qilib berdi. Bu sharq adabiyotidagi nazira bog’lash usuliga yaqin turadi. Abay bu tarjimasi bilan o’z Oneginini, o’z Tatyanasini yaratdi. Qozoq oqinlari Tatyananing sevgi iztiroblariga to’la bo’lgan Oneginga maktubini xalq o’rtasida o’lan singari kuylab yurgan. Abay o’z tarjimalari bilan X1X asrdagi buyuk rus adabiyotini o’z xalqi orasida targ’ib qiladi.
Abayning o’g’illari Mag’avi va Oqilbeklar ham otasining yo’lidan borib bir qancha asarlar yaratib, qozoq adabiyotining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan. Abayning lirik she’rlari turli mavzularda yozilgan. Lekin ularning ko’pchiligini ilm-hunar o’rganishga, savodli bo’lishga chorlovchi ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlar tashkil etadi. Bu fikrlarimizni shoirning quyidagi misralari ham isbotlaydi.
Yoshlikda bilim izlab yugurmadim
Hayron bo’ldim, biroq yuz o’girmadim,
Ulg’ayganda qarasam, qo’lim quruq,
Kechikib qo’l cho’zdimu, ulgurolmadim
Izlasam, bo’larmidim shunchalik xor?
Abayning muhabbat lirikasi ham samimiy va jozibali misralarda bitilgan. U halq qo’shiqlariga yaqin, sodda va ravon misralarda yozilgan.
Berdim salom, qalamqosh
Senga qurbon mol ham bosh.
Seni o’ylab tunu kun,
Oqar ko’zdan qaynoq yosh.
Asil odam aynimas
Ishq o’tidan qayrilmas,
Ko’rsam ham, ko’rmasam ham,
Ko’ngil andan ayrilmas.
Abay qozoq she’riyatida birinchi bo’lib, realistik doston janrini olib kirdi. Uning “Iskandar” va “Mas’ud” nomli dostonlarida zamondoshlarini hayojonga solib turgan ko’pgina muammo va masalalarni ko’tarib chiqdi. U odob-ahloq ma’naviyat va ma’rifat haqida doimo qayg’urib yozdi. Ma’riftli zamonni qanday qurish yo’llarin axtardi, adolatli tuzumda yashaydigan jamiyatni orzu qildi.
Abay Qozoq prozasining rivojlanishiga ham o’zining katta hissasini qo’shdi. Uning “Nasixat” nomli asari kichik-kichik didaktik hikoyatlardan ibrorat. Ularda Abayning ilg’or ijtimoiy-siyosiy qarashlari va falsafiy mushohadalari o’z aksini topgan. Abay ijodiga rus adabiyotining ta’siri katta bo’ldi. Shoir Pushkinning “Yevgeniy Onegen” romanidan ayrim boblarni qozoq tiliga tarjima qildi. Bu esa qozoq adabiyotida chet tilidan qilingan birinchi tarjima edi. Abay rus imperiyasining bosqinchilik siyosatini qoraladi va unga qarshi o’z asarlarida fikrlar bildirdi. Lekin ikkinchi tomondan progressiv Rossiya ham bor ekanligini ta’kidlab, undan ibrat olish, qozoq xalqini jaholatdan qutqaradi deb bildi.
Abay O’rta Osiyoda yashovchi turkiy xalqlari ichida o’zbeklarni ma’naviyat va ma’rifat tomondan ilg’or xalq deb bilib, o’z yurtdoshlariga ibrat qilib ko’rsatdi. Shu bilan birga o’zbeklarning iqtisod sohasidagi yutuqlaridan ham o’rnak olish kerakligini uqtirdi.
Shunday qilib, qozoq ma’rifatparvorlari Cho’qon Valixanov, Ibrat Oltinsarin va Abay Qo’nanboyevlar ijodi qozoq yozma adabiyotining shakllanishiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Bu yozma adabiyot realistik san’at yo’nalishida vujudga keldi va XX asr qozoq adabiyotining rivojlanishiga poydevor bo’lib xizmat qildi. Savol va topshiriqlar

  1. Abay she’rlari tahlili.


  2. Muxtor Avezovning ”Abay” romanidagi qahramonlar tavsifi.


  3. ”Nasihat”-didaktik-falsafiy mazmundagi kichik hikoyalar majmuasi sifatida.




Matnlar
  1. Abay. O‘lanlar. –Toshkent, 1954.


  2. Abay. Shе’rlar va pоemalar. -Toshkent, 1970.


  3. Avezov M. Abay yo‘li. -Toshkent, 1957-1960.





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə