Tushuntirish xati


Sana: 6-mavzu:Ona tili – qalb ko‘zgusi



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə13/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
11-sinf Sinf soati (6)

Sana:
6-mavzu:Ona tili – qalb ko‘zgusi. (O`zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “O`zbek tilim-o`z tilim”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tilga e’tiborni kuchaytirish, fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u madaniyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”

O`qituvchi:


Ma’lumki,millatni millat qilib turgan asosiy belgilardan biri til hisoblanadi. Til kishilarni birlashtiradi, millatlar o`rtasida ahillikni kuchaytiradi. “Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u madaniyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”. Shu ma’noda, o`zbek tili ham millatlararo muomala vositasi sifatida respublikamiz xalqlarini milliy istiqlol g`oyasi atrofida birlashtirish, jipslashtirish jarayonlariga xizmat qilmoqda.
Istiqlol yillarida xalqaro, davlatlararo ikkitomonlama muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzishda o`zbek tilining ahamiyati oshdi. Bu esa o`zbek tilining diplomatiya (xalqaro munosabatlar) funksiyasining shakllanishiga olib keldi. Hozirgi kunda shartnomalar uch tilda – o`zbek tili, shartnoma tuzayotgan tomon tili hamda nazorat tili sifatida ingliz yoki rus tillarida (MDH mamlakatlari bilan) rasmiylashtirilmoqda. Oqibatda oliy ta’limga xizmat qilish funksiyasi tarkibida ham o`zgarishlar ro`y berdi – O`zbekistonda ilk bor Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi, undagi ta’lim jarayoni o`zbek hamda rus tillarida olib borilmoqda.
Eng ahamiyatlisi, o`zbek tilining millatlararo hamda xalqaro miqyosda muloqot vositasiga aylanib borayotganidir. Bu esa, o`z navbatida, “Davlat tili” to`g`risidagi Qonunning, respublikada amalga oshirilayotgan til siyosatining, xususan, til taraqqiyotiga qaratilgan tadbirlarning muhimligidan dalolat beradi. Abdulla Oripovdan: “Qaysi tilni organishdan qat’i nazar, biz ona tilimizning obro`sini ta’minlashimiz kerak. Til uchun, kurashning eng birinchi bosqichini men til obro`sini ta’minlash masalasi deb bilaman. Internatsional fikrim, hamisha shunday. Ona tilimiz – o`zbek tilining obro` e’tiborini baland ko`tarishda hali ko`p ish qilishimiz kerak”.


Topshiriq: “Ona tilimizning obro`sini ko`tarish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirsa bo`ladi”, degan savol bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə