Tushuntirish xati



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə9/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
11-sinf Sinf soati (6)

4.Har narsani kechiring.


Kechira olish qobiliyati - insondagi ajoyib imkoniyatlardan biri sanaladi. O‘tmish onlari, sizga azob bergan insonlar, hayotingizdagi omadsizliklar, adolatsiz holatlar, qurbonliklar, og‘riqlar - bularning barchasini qalbingizdan faqatgina kechirish usuli orqali chiqarib tashlashingiz mumkin.

5. Barcha narsa yaxshilikka!


Hayotni hech qachon adolatsiz, azobli tushuncha sifatida ta’riflamang. Umringiz davomidagi har bir to‘siq-yanada kuchli va matonatli bo‘lishingiz uchun ko‘mak beruvchi darsdir! Hayotingizdagi har bir noxush odam ham sizga kichik bo‘lsa-da saboq berish uchun qarshingizda paydo bo‘lgan. Shunday ekan, biror narsa haqida o‘ylasangiz-uning faqatgina yaxshi tomonlarini ko‘rish uchun harakat qiling.

6. Boshqalarga yordam bering.


Hech e’tibor qilganmisiz, o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zgan paytingizda yurakda allaqanday tushunarsiz, ammo betakror his paydo bo‘ladi. Shu ondan boshlab o‘zingizni avvalgidan baxtliroq, kuchli va yengilroq his qilishni boshlaysiz. Bu siz ulashgan baxtning asl mukofotidir!

7. Zarbalarga yengilmang.


Hayotingizda qanday holat sodir bo‘lmasin,boshingizni hamisha baland tutib, g‘oz yurishga odatlaning. Zarbalarga yengilish - kuchli odamlarga xos bo‘lgan sifat emas. Unutmang, hayotdagi haqiqiy muvaffaqiyat - muvaffaqiyatga erishish yo‘lida shakllangan iroda va matonat kuchi sanaladi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi


Sana:
4- Mavzu: Ustoz otangdek ulug’ (1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir”


Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doim ustozlarni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə