Tushuntirish xati


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə8/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
11-sinf Sinf soati (6)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.


Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Kuchli va muvaffaqiyatli inson bo‘lishni istaysizmi?



Tabiatan kuchli inson bo‘lish uchun har bir kishi o‘z umri davomida ko‘plab bosqich hamda to‘siqlardan o‘tishi zarur. Kuchli iroda va yengib bo‘lmas matonat sifatlari insonning o‘z ustida tinmay ishlashi sabab olmos kabi sayqallanib boradi. Mana bu hayotiy qoidalar esa kuchli insonlar kabi rivojlanishingiz uchun yordam beradi.


1.Qo‘rquvdan qochmang


Qo‘rquvni tahlil qiling va unga oddiygina jismoniy tuyg‘u sifatida nazar tashlang. O‘zingizdagi qo‘rquvni kuzatib boring, ammo unga yengilmang. Ushbu hodisalarni xuddi biror film yoki asar syujeti kabi qabul qila olsangiz barchasi asta-sekin o‘zgara boshlaydi.

2. O‘tmish bilan yashamang.


Unutmangki, barchasini qaytadan boshlash uchun hech qachon kech bo‘lmaydi. O‘tmishingizdan qolgan og‘ir yuk va omadsizliklar azobi bilan yashamang. Hayotingizning eng muhim oni - bugundir, uni baxt, quvonch va omad tushunchalari bilan to‘ldirish uchun imkon ham aynan bugun beriladi!

3.O‘zingizga achinmang.


O‘zingizga achinish odatidan butunlay voz keching. Bu quvvatingizning behuda sarf etilishi bilan barobar. O‘zingizga achinib qaramang, alam va gina hislari ulkan cho‘qqilar tomon borishingiz uchun to‘sqinlik qiladi. Bu esa insonga ruhiy ta’sir qilibgina qolmay, salomatligingizga ham jiddiy zarar yetkazib qo‘yishi mumkin.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə