Tushuntirish xati



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə4/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
11-sinf Sinf soati (6)

«KO`RIB CHIQDIM»
__-sonlimaktab O’quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: ____________ __ __________________
«___» ________________2020__ y




«Tasdiqlayman»
__-sonli umumiy o`rta ta’limi maktabi direktori ______________ __ ___________
«___» ________________2020__






11- “___” sinf O‘tiladigan mavzular

Soat







1

Sen qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekiston!

2










2

Psixologik madaniyat va salomatlik bilim-ko’nikmalari

1










3

Muvaffaqiyatli inson bo’lish omillari

1










4

Ustoz otangdek ulug‘.

1










5

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

1










6

Ona tili – qalb ko‘zgusi.

1










7

“ Men kecha ,bugun va ertaga” psixologik trening mashg’uloti

1










8

Jamoat joylarida o‘zini tutish odobi.

1










9

Salomatlik tuman boylik.

1










10

Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).

1










11

Befarqlik va loqaydlik.

1










12

Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissi.

1










13

Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi.

1










14

Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurash.

1










15

Kasb tanlashda muhim bo’lgan o’z qobiliyat va imkoniyatlarini adekvat baholash

1










16

Yangi yil muborak

1










17

Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul.

1










18

Din va axborot iste’moli madaniyati.

1










19

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

2










20

Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar.

1










21

Kiber makon va biz.

1










22

Axborot asri tahlikalari.

1










23

Ayolga ehtirom!

1










24

Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illatlarga qarshi kurash.

1










25

Milliy urf-odat va an’analar.

1










26

Amir Temur va jahon madaniyati.

1










27

Men va mening bo’lg’usi kasbim

1










28

Yoshlarning ota-ona,oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari

1










29

Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar

1










30

Mustahkam oila qurish bilim-ko’nikmalari

1










31

Vaqtni boshqarish psixologiyasi (time management)

1










32

Men sevib o‘qigan kitob.

1










33

Men tanlagan kasb.

1










34

“ Men kecha ,bugun va ertaga” psixologik trening mashg’uloti
















Jami:

34 soat







Sana:_________________________
1-Mavzu:―Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekistonim!
Doskada:Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekistonim !”
Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.


Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.
Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.
Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir. Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.
5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy.
Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir.
Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.
Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.
7- savol. "Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq" deganda nima nazarda tutiladi?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Yoshlarning ma'naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə