U. G‘afUrov, Q. SharIpov


MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaT



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaT
Siz nomidan keyin MCHJ degan qisqartma yoziladigan korxonalar 
to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi» no
-
midan keyin MCHJ (inglizcha LTD – limited) qisqartmasi mavjud bo‘lib, 
bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni anglatadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)
– a’zolari jamiyat majbu-
riyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘la-


35
di gan jamiyat. U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning 
kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi 
(ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulush
-
larga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb 
hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning 
majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bi
-
lan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida 
javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli 
«Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar 
to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulush
-
larini qo‘shish orqali shakllantiriladi. U eng kam ish haqining 40 ba
-
robaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni 
50 nafardan oshmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni belgilangan che
-
garadan oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak 
bo‘ladi. 
Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan 
o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgi
-
na kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos. 
Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondida
-
gi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan dividend summalariga 
nisbatan soliq hisoblanadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə