U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

aKSIYaDorLIK JaMIYaTI
faoLLaShTIrUvChI SavoL va TopShIrIQLar
1. Yuqoridagi infografikada ifodalangan aksiyadorlik jamiyatining qaysi aso
-
siy jihatlari boshqa shakllar uchun ham tegishli hisoblanadi?
aKSIYaDorLIK JaMIYaTI TUShUNChaSI
Siz uchun tadbirkorlik shakllari orasida nisbatan ko‘proq tanish bo‘l-
ganlaridan biri – aksiyadorlik jamiyatidir. Chunki u eng yirik shakllardan 
biri hisoblanib, ayrim hollarda korporatsiya deb ham yuritiladi. Bugungi 
kunda jahonda yetakchi bo‘lgan «Apple inc.», «Microsoft» kabi kompa
-
niyalar shular jumlasidandir. 
aksiyadorlik jamiyati (aJ)
– muassislar (aksiyadorlar)ning ixtiyo
-
riy hissalari asosida tashkil etilgan biznes yuritish shakli.


39
Mamlakatimizdagi «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir 
yo‘llari» kabi kompaniyalar ham aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil 
etilgan. 
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati
-
ga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga 
taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli 
yangi tahrirdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq-
larini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
aKSIYaDorLIK JaMIYaTI TUrLarI
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq ak-
siyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni 
cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch 
shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning ak
-
siyadori bo‘lishi lozim. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni 
chegaralanmaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiya
-
larga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga 
olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Aksiyalari faqat o‘z muassislari 
yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan ak
-
siyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Bunday jami
-
yat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoxud ularni 
cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda 
taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 
soni ellik nafardan oshmasligi zarur.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə