U. G‘afUrov, Q. SharIpov


ochiq aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

ochiq aksiyadorlik jamiyati 
– ishtirokchilari o‘zlariga tegishli ak
-
siyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin 
sotish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati 
– aksiyalari faqat uning ta’sischilari 
yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi 
jamiyat.


40
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi
 
yangi tahrirdagi 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi qonunida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan 
aksiyalarni ochiq va yopiq obuna yo‘li bilan joylashtirish mumkinligi 
belgilab berildi. Mazkur qonunga muvofiq, yopiq aksiyadorlik jamiyati 
mazmunan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘xshashligi bois aksiya
-
dorlik jamiyatlarining shakllari ochiq va yopiq turlarga ajratilmasdan, ular 
umumiy holda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladigan bo‘ldi.
aKSIYaDorLIK JaMIYaTINI TaShKIL ETISh
Jamiyatni yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qay
-
ta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, 
qayta tuzish) yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav 
kapitalining minimal miqdori 1 600 mln. so‘mni tashkil etadi. Jamiyat
-
ning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal 
qiymatidan tashkil topadi. 
aksiya 
– bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining 
ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida 
daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
aksiyaning nominal qiymati – 
aksiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan 
qiymati.
Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil 
bo‘lishi lozim. Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli 
qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin. 
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik 
yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs 
aksiyaning egasi – aksiyador deb yuritiladi. 
aksiyador – 
aksiyaning egasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ular egasiga dividendlar olish, 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok 
etish huquqini beradi. Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat 
tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish 


41
huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar 
o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan 
dividendlar olish huquqini beradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə