U. G‘afUrov, Q. SharIpov


TaDBIrKorLIKNING aSoSIY JIhaTLarI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

TaDBIrKorLIKNING aSoSIY JIhaTLarI
Agar tadbirkor bo‘lishni istasangiz, siz o‘zingizda tadbirkorlikning aso
-
siy jihatlarini shakllantirishingiz zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. Tashabbuskorlik. 
Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, 
foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi 
mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi.
2. Tavakkalchilik. 
Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta rejalashti
-
rishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi kafolatlanmagan. 
Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi juda ko‘p 
xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin. Tadbirkor – bu turli xavf-


5
xatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda 
tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi.
3. Mas’uliyat. 
Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning 
mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari 
bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi. 
4. Yangilikka intilish.
Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish, 
ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori 
natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish 
muhim o‘
rin 
tutadi.
TaDBIrKorLIKNING ahaMIYaTI
Siz o‘z oila a’zolaringiz turmush sharoitining yuqori darajada bo‘lishini 
xohlaysizmi? Bu sharoit va imkoniyatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik 
faoliyati orqali yaratilishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning 
o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon 
yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va 
oso yishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkor
-
lik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat 
yetakchi o‘rin tutadi.
Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali 
davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, 
yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada 
yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning 
har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqa
-
li namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati 
davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə