U. G‘afUrov, Q. SharIpov


BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!
1. Yoshlar tadbirkorligining ahamiyati va zarurligi nima bilan izohlanadi?
2. «Tadbirkor yoshlar safining kengayishi milliy iqtisodiyotni innovatsion 
rivojlanish yo‘lidan borishini ta’minlaydi» degan fikrni asoslab bering.
3. Mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha qanday cho
-
ra-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
4. Iqtisodiyotdagi klasterlarning mazmun-mohiyati qanday?
5. Nima uchun klasterda faoliyat natijalari yuqori bo‘ladi?
6. Yoshlar tadbirkorligi klasteri nimani anglatadi?
7. Yoshlar tadbirkorligi klasterlari qanday tashkil etiladi?
8. Yoshlar tadbirkorligi klasteri faoliyati nimalardan iborat?
9. Biznes-inkubator nima?
10. Yoshlar tadbirkorligi klasterlari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini 
tushuntirib bering.


53
11-MavZU
TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH
 II BOB
BIZNES-rEJa IShLaB ChIQISh
BIZNES-rEJa
Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan 
darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, tadbirkordan 
biron-bir xo‘jalik qarori qabul qilish, masalan, bankdan kredit olish, as
-
bob-uskuna, moddiy resurslarni sotib olishdan oldin uni har tomonlama, 
puxta o‘ylab ko‘rish, tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab 
etiladi. Odatda, bunday hisob-kitob qilish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga 
oshirish ketma-ketligini belgilab olish jarayoni biznesni rejalashtirish deb 
ataladi. Biznesni rejalashtirish natijasida tayyorlangan tashkiliy-iqtisodiy 
tavsifdagi hujjat biznes-reja deb nomlanadi.
Biznes-reja 
– tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsi
-
fi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda 
kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi huj-
jat.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik fa
-
oliyati uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznes-
rejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biz
-
nes-reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, 
yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati 
boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mav
-
jud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish 
qiyinlashib ketadi. 
Biznes-reja tuzish uning ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid 
ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va bozorlarni bilishni talab etadi. Biz
-
nes-reja tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga olmaslik yoki ayrim kam-


54
chiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi. Bu esa korxona 
faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu 
sababli biznes-reja tuzishda malakali mutaxassislar, masalan, huquq-
shunoslar, iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar xizmatlaridan foydala
-
nish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə