U. G‘afUrov, Q. SharIpov


Yoshlar tadbirkorligi klasterlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Yoshlar tadbirkorligi klasterlari
– muayyan hududda yoshlarning 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda imtiyozli 
xizmatlar va qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlashga qaratilgan o‘zaro 
bog‘liq tashkilotlar guruhi.
Yoshlar tadbirkorligi klasterlari respublika tuman markazlari va sha
-
harlarida yuridik shaxs tashkil etilmasdan yaratiladi. Ularning faoliyatini 


51
boshqarish O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman va shahar Kengashlari zim
-
masiga yuklanadi.
Klasterlarda joylashgan ishlab chiqarish maydonlari faqat O‘zbekiston 
yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga, korxonasi oyoqqa turib 
olguncha bo‘lgan davrda, lekin 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijara 
to‘lovining «nol» qiymatida beriladi.
Klasterlar o‘ziga xos biznes-inkubator sifatida ishlab, yoshlarga tad
-
birkorlik bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tashda ko‘maklashadi. Tad
-
birkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, 
amaliy maslahatlar berish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Biznes-inkubator – 
yosh tadbirkorlarni biznes-g‘oya ishlab chi
-
qishdan tortib to uning amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan barcha 
bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot.
Klasterda joylashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari xodimlari shtatida 
35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ulushi 70 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
KLaSTErLar faoLIYaTINI MoLIYaLaShTIrISh 
MaNBaLarI
Klasterlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
– klaster ishtirokchilariga pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan 
daromadlar;
– klaster ishtirokchilarining foydalanish to‘lovlaridan tushadigan da
-
romadlar;
– qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
BU QIZIQ...
AQSHning Pensilvaniya shtatidan bo‘lgan 13 yoshli Neha Gupta 
ismli qiz 9 yoshidayoq «Empower Orphans» deb nomlangan o‘z lo
-
yihasini ishga tushirgan. Shundan buyon u o‘zi asos solgan notijorat 
loyihasi yordamida Hindistondagi yetim bolalar uchun 30 ming dollar 
jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Qiz asos solgan tashkilot qo‘l mehnati 
bilan tayyorlangan otkritkalarni sotish bilan shug‘ullanadi.


52
Hozirda qizning oldida yana 20 ming dollar topish vazifasi turibdi. 
Biroq u bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Neha kelajakda xayriya soha
-
sida o‘zi uchun karyera qilib, maqsadlariga erishishni reja qilib qo‘ygan.
BILaSIZMI?
Biznes-inkubatorlarning dastlabki ko‘rinishlari XX asrning o‘rta la-
rida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Hozirgi tushunchadagi birinchi 
biznes-inkubatorga 1959-yilda asos solingan. Jozef Mankuso Bataviya 
shahridagi fabrika qoshidagi omborxonani sotib olib, Amerikada «Bata
-
via Industrial Center» deb nomlangan birinchi inkubatorga asos solgan. 
Uning maqsadi iqtisodiy tushkunlikka yuz tutgan shaharda yangi ish 
o‘rinlarini tashkil etishdan iborat edi.
1985-yilga kelib dunyoda 70 ga yaqin biznes-inkubator faoliyat ko‘r-
satgan bo‘lsa, 1992-yilda ularning soni 470 taga, 1995-yilda esa 1100 
taga yetib, ular biznes-inkubatorlar Milliy assotsiatsiyasiga birlashdilar.
Biznes-inkubatorlarning eng ko‘p soni AQSHda tashkil etilgan 
bo‘lib, bunga shahar markazlari va hududlar iqtisodiyotini rivojlanti
-
rish, universitetlardagi innovatsion faoliyat va tadbirkorlik faolligini 
rag‘batlantirish, shuningdek, xususiy investorlar uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish zarurati sabab bo‘lgan.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə