Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy


Fan xona jihozlari maxsus ajratilgan joylarda, o‘quv dasturining tegishli



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə17/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

Fan xona jihozlari maxsus ajratilgan joylarda, o‘quv dasturining tegishli 

bo‘limlariga mos ravishda, ularning og‘irliklari hamda o‘lchamlarini 

e’tiborga olgan holda joylashtiriladi va saqlanadi. 
Jihozlarni saqlash joylari tartib bilan raqamlanadi va u erda saqlanayotgan 
jihozlar nomlari yozilgan ma’lumotlar daftarida belgilanadi. Qutilarda
saqlanayotgan jihozlarning ro‘yxati yozilgan yorliqlari quti tashqarisiga 
yopishtiriladi.
Fan xonasi, laboratoriya, o‘quv ustaxonalarida mavjud o‘quv jihozlaridan 
mashg‘ulotlarga tayyorlanishda qulaylikni yaratish maqsadida kartoteka tashkil
qilinadi. 
Fan xonasi (kabinet) mudiri, fan o‘qituvchisi va to‘garak, fakulptativ
mashg‘ulotlarni o‘tkazadigan o‘qituvchi xonani, laboratoriya va o‘quv 
ustaxonalarini jihozlash bo‘yicha mas’ul hisoblanadilar. Fan xonasi (kabinet)
mudiri rahbarligida xonada mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘qituvchilar bilan xonani 
jihozlashning istiqbol, yillik rejasi va o‘z kuchlari bilan jihozlashning ish
taqsimotlari amalga oshiriladi. Xonaga biriktirilgan o‘quv guruhlari bilan 
birgalikda jihozlarning tozaligi, sozligi va saqlanishi bo‘yicha ish olib boradi va
har chorakda inventarizatsiya qiladi. Xonada texnika, yong‘in va o‘quvchilarning 
xayotiy xavfsizligining ta’minlanishiga, gigienik talablarning bajarilishiga, mavjud
jihoz va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanishga va o‘quvchilarni ham 
tejamkorlikka o‘rgatishga mas’uldir.
To‘garak va fakultativ mashg‘ulotlar fan xonasi, laboratoriya, o‘quv 
ustaxonalarida o‘tkazilganda, mashg‘ulot vaqtida jihozlarning saqlanishi
mashg‘ulotni o‘tadigann pedagog zimmasiga yuklatiladi. 



38 
Laborant laboratoriya xonasidagi o‘quv jihozlarining saqlanishi va 

foydalanish uchun javobgardir. Laborant jihozlardan foydalanish tizimini, ularni


saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini bilishi hamda barcha jihozlarni soz, 
ishlatishga shay holatda tutishga ma’sul.
Fan o‘qituvchisi va laborant elektr toki, gaz va qizdiruvchi asbob-uskunalar 
hamda kimyoviy reaksiyalar bilan ishlashning texnikaviy xavfsizlik qoidalarini,
baxtsizlik hodisalarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi hamda 
uskunalarni soz saqlanishi uchun ma’suldirlar.
Ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari fan xonalari 
(kabinet) mudirlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, kabinetlardan sinfdan
tashqari, to‘garak va fakulptativ mashg‘ulotlar uchun to‘g‘ri foydalanishni nazorat 
qilib boradi.
Barcha fan xonalari, laboratoriyalarning jihozlari va ularning ishga yaroqlilik 
holati ta’lim muassasasining Pasportida o‘rnatilgan tartibda qayd etib boriladi.


Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə