Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy


  ishonchli garovidir.  3.Estetik talablar



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə19/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

40 
ishonchli garovidir. 


3.Estetik talablar: 
Xonaga qo’yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy 
ko’rinishi go’zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o’quvchilarning badiiy didini
tarbiyalashi o’quvchida ham, o’qituvchida ham qoniqish xissini hosil qilishi kerak.


Xonadagi ko’rgazmali manbalar: 
Optik asboblar – biologiya darslarida ko’proq optik asboblar, ya’ni mikroskop 
va lupadan foydalaniladi. Ular ko’zimizga ko’rinmaydigan xayvonot va o’simliklar
organizmning anatomo – morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning 
tuzilishini o’rganish uchun foydalaniladi.
Biologiya darslarida foydalaniladigan ko’rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy 
qurollarga bo’linadi.
Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, gerbariy 
tablistalari va amaliy ishlar uchun quritilgan o’simlik uning organlaridan
tayyorlangan 
tarqatma
materillar 
kiradi;
zoologiyadan – xasharotlar kollekstiyalari va umurtqasiz xayvonlar tiplarining 
fiksastiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini ko’rsatuvchi xo’l
preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa vakillarining tulup 
(chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning ayrim qismlari,
baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va boshqalar; odam 
anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari
mikropreparatlar va boshqalar kiradi. 
Tasviriy ko’rgazmali qurollar: har bir kurs bo’yicha tablistalar va rasmlar;
odam anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi kursi uchun qismlarga ajratiladigan 
odam gavdasi va mulyaji va ayrim organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi
uchun maymun kalla suyaklari va miyasining mulyajlari diapozitivlar va 
mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – o’quv jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat
berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay. 
Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish kuzatishlar
o’tkazishda, jadvallar, video filmlar, diapozitlarni o’z vaqtida namoyish qilishga, 



41 
amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig`ib olishga moslashgan 

bo’lishi kerak. O’quv qurollarni muayan tizimda saqlash ularni darsda foydalanish


uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Biologiya xonasida barcha 
buyumlarni to’g`ri va chiroyli joylashganligi o’quvchilarda estetik tuyg`ularni
tarbiyalashga yordam beradi.

Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə