Umum ped na amal-O`um 13-14



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
19 
Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat 
qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, 
zarari yo‘qdir», degan edi. 
Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo‘g‘in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, 
shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta‘kidlaganidek, axloqiy tarbiya 
insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon 
xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg‘on kitobdir. 
Xuddi shu ma‘noda axloh kishining xulq-atvori, e‘tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada 
va muloqotida namoyon bo‘ladi. Axloqli inson o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi. 
Suhbatdoshning ko‘ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og‘ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi. 
Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga 
mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali 
harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. asosi, hayot manbai, 
umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, 
mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma‘naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning 
kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan qoniqsa, 
rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. 
Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor 
toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo‘rqma, minnatdan 
qo‘rq», «Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning «Dil ba 
yoru, dast ba kor» degan hikmati bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi 
hunarli bo‘lsa, u bilimini haqiqatga bag‘ishlaydi, o‘z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo‘lmasa, bilimini 
kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi». 
Ta‘kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani 
qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar 
shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson 
o‘zining va o‘zgalarning qadrini biladi. 
Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e‘tibor 
berishgan. O‘zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo‘lganlar. O‘zbekiston Respublikasi birinchi 
prezidenti I.A.Krimov ta‘kidalab o`tganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan 
yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq 
ekanligini, ya‘ni, bu narsa ularning sobitqadam, g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorliliga va cheksiz 
mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq 
topishining asosiy shartidir». 
Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z mehnatini ayamasliklari, 
ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishdagi mas‘uliyatni chuqur 
his qilishlir kerak. 
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go‘zallikni his etaman» ma‘nosini bildiradi) shaxsni 
ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri 
tushunishni o‘rgantish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni 
yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, 
axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
-
shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go‘zalliklari va ularni 
anglash to‘g‘risidagi bilimlarni berish; 
-
shaxsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go‘zalliklarini anglash 
va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash,
-
unda mavjud go‘zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, go‘zallikka muhabbat 
uyg‘otish; 
-
go‘zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik madaniyatni shakllantirish. 
Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me‘yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy 
ettirishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘lim muassasalarida musiqa va tasviriy san‘at darslari, adabiyot kabi fanlarning 
o‘qitilishi estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish vositasi hisoblanadi. 
Estetik tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. SHu sababli, u nafaqat 
maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni 
go‘zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir. 
Xalqimizda, «Oq bo‘lmasin, pok bo‘lsin», «Pokliging – sog‘lig‘ing», «Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l», 
«Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, 
ularni qadrlashga o‘rgatib kelishgan. 
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra bilishnigina emas
balki ichki go‘zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go‘zallikni qadriga yetishga undaydi. 
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va hirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go‘zallik sohibasi sifatida 
tasvirlaydi. Bilamizki, uning bu darajaga yetishishda xolasi Mehribonuning tarbiyaviy ta‘siri katta bo‘lgan. Shirin 
mamlakat obodonchiligi, kanal qizish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va usha xayrli ishlarga rahbarlik qiladi. 
Shirin eng og‘ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo‘lishi bilan birga tadbirli 
murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilatlari 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
20 
minglab qizlarga o‘rnak bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Estetik tarbiya tomonidan amalga 
oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1.o‘quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish; 
2.ularda amaliy estetik ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o‘quvchilarda quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi:
- estetik bilimlarning tarkib topganligi; 
- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; 
- estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo‘lish; 
- estetik tuyg‘uning rivojlanganligi; 
- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklarini his etishi; 
- go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; 
- estetik idealning shakllanganligi
- fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishga intilish. 
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san‘at, musiqa, xoreografiya 
to‘garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi. 
Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shaxsni estetik jihatdan shakllanishini 
ta‘minlash borasidagi mavjud talablarga javob bermayapti.
Ijtiomiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab 
olish muhim ahamiyatga ega. 
Jeff Halsteadning fikricha: ―
ota-onalar va ularning o`rnini bosuvchi mas‘ul shaxslar bilan aloqa
o`rnatish o`qitish jarayonidagi muhim va kuchli kelishuv hisoblanadi. Bu kasbning talablari va
murakkabliklari sababli ta‘lim beruvchilar ta‘lim jarayoni va dasturlarini rivojlantirish uchun boshqalar
bilan birga hamkorlikda ishlashlari zarur. Va nihoyat aloqalari orqali o`qituvchilar o`zlarining
atrofidagilarga ta‘sir o`tkaza olish uchun yetarli kuchga ega bo`ladi.
1
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə