Umum ped na amal-O`um 13-14



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

Tarbiyaning mazmuni 
Tarbiya mazmuni
. Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, 
uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxs 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
18 
tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma‘naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o‘rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, 
mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
Ahliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi: 
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirilishiga erishish; 
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish; 
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish; 
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish; 
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o‘rta ta‘lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini 
oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish. 
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib 
bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz 
daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda 
quroldir» deydi. 
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar. 
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, 
kamtar, insonparvar, irodali va e‘tiqodli bo‘lganligini tasvirlaydi. 
Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan 
mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas 
tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. YUqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy 
sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan 
cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini 
ko‘rsatmoqda. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
- o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirish; 
- o‘quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish; 
- ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish; 
- o‘quvchilarni harakatning yangi turlariga o‘rgatish; 
- ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish; 
- o‘quvchilarning gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish; 
- ularda ma‘naviy-axlohiy sifatlar (dadillik, qat‘iyatlik, intizomlilik, mas‘uliyatlik, jamoa bilan bo‘lish)ni 
tarbiyalash; 
- o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni 
shakllantirish; 
-
o‘quvchilarning sog‘lom va baquvvat bo‘lishlariga erishish.
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy 
tarbiya ta‘lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari 
sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg‘ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta‘minlovchi 
qo‘shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog‘langan 
hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi. 
Demak, yuqorida ta‘kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm 
olishga da‘vat etishdir. 
Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro 
munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish 
maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy 
qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy me‘yorlardan xabardor etish tashkil qiladi. 
Axloq (lot. «moralis» - xulq-atvor ma‘nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar 
hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan 
tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
Qur‘oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan 
milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlar mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan. SHarq mutafakkirlari Muhammad al-
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, 
Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa‘diy 
Sheroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda 
ham o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, 
oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan qat‘iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan 
munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi – kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me‘yori hisoblanadi. O‘zbeklar 
diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma‘rifatparvarlarga nisbatan alohida 
hurmat-ehtirom O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir». 
Amir Temur axloqi xusniya – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli 
lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki 
yetti o‘lchab, bir kesgan. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə