Umum ped na amal-O`um 13-14


Tarbiya maqsadi va vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

Tarbiya maqsadi va vazifalari
. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va 
makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib 
chiqib asoslangan. 
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat 
dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Maqsadsiz, ma‘lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni 
asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi 
pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. 
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va 
individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi. 
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo‘naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar 
tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. 
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab ob‘ektiv sabablar yetakchi rol o‘ynaydi. 
Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, 
ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati 
bo‘lib qolaveradi. 
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, 
saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma‘naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta 
o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amxo‘rlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina 
yoshlarning Turkiya, Xitoy, YAponiya, AqSH, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun 
yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» qonunini hayotga joriy etish, ta‘lim-
tarbiya, sog‘liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borish, maktablarni 
milliylashtirish, o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o‘tkazish borasida amalga 
oshirilayotgan ijobiy ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Jamiyat ma‘naviyati va shaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma‘naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, 
diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Barchasining 
asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan 
ta‘lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi. 
O‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib shakllanishlari uchun 
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma‘naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, 
iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali 
yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə