Umum ped na amal-O`um 13-14


-submodul.  DIDAKTIKA (TA‘LIM NAZARIYASI)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

 
1.2-submodul. 
DIDAKTIKA (TA‘LIM NAZARIYASI) 
5-mavzu: 
DIDAKTIKA. DIDAKTIKA - TA‘LIM NAZARIYASI SIFATIDA. 
TA`LIM TAMOYILLARI (PRINSIPLARI). 
REJA: 
1.
Didaktika haqida tushuncha. Ta‘lim jarayoni mohiyati va vazifalari. 
2.
O‘qitish jarayonining ta‘limiy - tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari va ta‘limni amalga oshish bosqichlari 
3.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari 
4.
Ta‘lim tamoyillari, ularning mohiyati va o`zaro bog`liqligi 
Tayanch so`z va iboralar
Didaktika, ta‘lim, ta‘lim jarayoni, talim tamoyili (prinsipi), ta‘lim qoidasi, ta‘limning ilmiyligi, tizimlilik va 
izchillik, tabiiy va ijtimoiy fanlarning tarbiyaviy mohiyati, nazariy bilim, amaliyot, onglilik, faollik, ta‘limda 
ko‘rsatmalilik, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilimning puxta va mustahkamligi. 
 
Didaktika haqida tushuncha. Ta‘lim jarayoni mohiyati va vazifalari 
 
Didaktika nima? U pedagogikaning qanday sohasi bilan shug‘ullanadi? 
Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya‘ni ta‘lim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan 
pedagogikaning mustaqil bo‘limi didaktika- ta‘lim nazariyasi shug‘ullanadi. 
Didaktika
- grekcha so‘z bo‘lib, "didasko", ya‘ni o‘qitish, o‘rgatish ma‘nolarini bildiradi. Ta‘lim qonuniyatlarini 
o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta‘lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o‘qitish prinsiplari, shakllari 
haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday 
o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi. 
Ta‘lim - insoniyat tajribasining ma‘lum tomonlarini, ya‘ni o‘quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga 
muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydigan faoliyatdir. O‘qituvchi ta‘lim jarayonida faqat 
bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘quvchi, talabaga ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim 
olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta‘limdagi 
yutuqlar avvalo o‘qituvchiga bog‘liq. Mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lish 
psixologik - pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, xar xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rganish 
va baholash, pedagogik ta‘sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə