Umum ped na amal-O`um 13-14



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

Birinchi bosqich
- o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o‘quvchi talaba ta‘limning mazmuni bilan 
tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalar iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar 
faol ishtirok etadi. 
Ikkinchi bosqich
- ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va 
umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa 
chiqarishdan foydalanadilar. 
Uchinchi bosqich
- yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o‘qituvchining qo‘shimcha izohlari orqali 
mustahkamlanadi. 
To‘rtinchi bosqichda
- ular o‘zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar. 
Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta‘lim - tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv 
jarayonining hamma bosqichlarida o‘qituvchi yetakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan 
xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi. 
Jumladan: 
1.O‘quvchi va talabalarda bilim ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. 
2.Ularda dunyoqarash, ishonch va e‘tiqodlarini o‘stiradi. 
3.Yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, muayyan tarbiyali kishilar bo‘lib yetishishlariga, qobiliyat va is‘tedodlarini 
o‘stirishga erishiladi.
Bilim o`zlashtirilayotganda psixikaning 
namoyon bo`lish shakllari 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
22 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik 
pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu, avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va 
zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishda ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchiga qiziqib qarashi, uning 
ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə