Umumiy astronomiya


Olam qutblari (shimoliy va janubiy)



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə153/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Olam qutblari (shimoliy va janubiy) – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan kuzatuvchi ko'zgu orqali o'tuvchi olam o'qini osmon sferasi bilan kesishish nuqtalari. Yerning sutkalik aylanishi tufayli barcha yoritkichlar olam qutblari atrofida aylanayotgandek tuyuladi.
Chiqish va botish nuqtalari – yoritkichlar sutkalik aylanasining matematik gorizont bilan kesishgan nuqtalari
O'rtacha quyosh – osmon ekvatori bo'ylab garbdan sharqqa tekis harakat qiluvchi, tropik yil davomida bahorgi tengkunlik nuqtasidan Quyosh bilan bir vaqtda chiqib, bir vaqtda qaytib keluvchi va Quyosh gardishida olingan harakatlanuvchi faraziy nuqta. Bir jinsli vaqt shkalasini belgilash uchun kiritilgan qo'shimcha, yordamchi tushuncha, chunki Quyosh gardishining geometrik markazi ekliptika va osmon ekvatori bo'ylab yaqqol notekis harakat qiladi.
Oqshom – Quyosh botishi bilan gorizont ostiga o'tgandagi sutkaning qismi. Bunda Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida sochilgan Quyosh nurlari ko'rinadi. Quyosh gorizont ostiga 6° burchak balandligida tushganida fuqaro oqshomi tamom bo'ladi va 18° gacha bo'lgan oraliqda astronomik oqshom davom etadi. Atmosferasi bor har qanday sayyorada bunday hodisa kuzatiladi.
Sutka – vaqt birligi, 86 400 sekundga teng. O'tmishda sutka Quyoshning Yer osmonidagi ko'rinma harakati davri sifatida vujudga kelgan.
Yulduz sutkasi – bahorgi tengkunlik nuqtalarsining ikki marotaba ketma – ket bir xil kulminatsiyada bo'lishi orasidagi vaqt. Uning kattaligi 23h56m04s ga teng. Yulduz sutkasi yulduz soatiga, minutiga va sekundlariga bo'linadi. Yulduz soati vaqt o'lchovi sifatida kam qo'llaniladi. Asosan astronomik kuzatishlarni tashkil etishda ishlatiladi.
Haqiqiy Quyosh sutkasi – Quyosh diskining geometrik markazi, ikkita ketma – ket bir xil kulminatsiyalari orasidagi vaqt. Ularning davomiyligi yil davomida 86 399,7 s dan 86 400,4 s gacha o'zgaradi. Bu Quyoshning ekliptikadagi notekis harakati va osmon ekvatoriga ekliptikaning qiyaligi tufayli yuzaga keladi.

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə