Umumiy astronomiya


§ 1.2. Yoritgichlarning ko’rinma harakati



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə20/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 1.2. Yoritgichlarning ko’rinma harakati

Yerning shimoliy qutbiga yaqin bo‘lmagan o‘rta geografik kengliklardan turib yoritgichlarning sutkalik harakati kuzatilsa, janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o‘ngga, ya’ni, soat strelkasi yo‘nalishida harakatlanayotgandek ko‘rinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda har doim ma’lum bir nuqtadan ko‘tarilib, g‘arbda ham aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub yo‘nalishida) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi.


Xuddi shunday kuzatishda kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib g‘arbga botayotganini, boshqalari esa ma’lum bir qo‘zg‘almas nuqta atrofida konsentrik aylanalar chizishini ko‘rish mumkin. Bu qo‘zg‘almas nuqta – olamning shimoliy qutbi deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi Kichik Ayiq yulduz turkumining eng yorug‘ yulduzi  si yaqinida bo‘lib, bu yulduz qutb yulduzi deb ataladi.
Xuddi yulduzlar kabi Quyosh va Oyning sutkalik harakatlari ham sharqdan g‘arbga tomon kuzatilib, ulardan farqli o‘laroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari kun sayin o‘zgarib boradi. Xususan, Quyosh 21 mart kuni aniq sharq nuqtasidan ko‘tarilib, aniq g‘arb nuqtasida botgani holda, undan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi. Bu hol 22 iyungacha davom etadi, so‘ngra bu nuqtalar aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek, bu davrda Quyoshning tush paytdagi balandligi ham kamayib boradi, kunduz kunining davomiyligi qisqarishga, tunning davomiyligi esa uzayishni boshlaydi.
Yerning tabiiy yo‘ldoshi hisoblangan Oy ham sutkalik harakatda ishtirok qilib, sharqdan g‘arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq ko‘p uzoq vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda ham siljishini sezish mumkin. Bunday haqiqiy harakat tufayli Oy yulduzlarni oralab g‘arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib borib, 27.32 sutkada Yer atrofida to‘la aylanib chiqadi.
Uzoq vaqtlar davomida (bir necha oy) Quyoshni kuzatilish orqali uning yulduzlarga nisbatan g‘arbdan sharqqa siljib borishini kuzatish imkonini beradi. Quyoshning bunday ko‘rinma harakati tufayli sutkalik siljishi Oynikiga nisbatan juda kichik bo‘lib, u atigi 1 gradusga yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to‘la aylanib chiqadi.
Osmondagi ikkita yorug‘ jism, ya’ni Quyosh va Oyning osmonni bir to‘la aylanib chiqadigan yo‘llari bir-biriga yaqin bo‘lib, ular kesib o‘tadigan yulduz turkumlari zodiak yulduz turkumlari (grekcha “zoo”- hayvonlar degani) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari quyida jadvalda keltirilgan. Quyosh o‘tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga juda yaqin burchakda joylashgani uchun ular ko‘rinmaydi va faqat yarim yil o‘tgach yarim kechada aynan shu yulduzlar gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko‘rinadilar.




Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə