Umumiy astronomiya



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə1/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika


Oʻzbekiston respublikasi
oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi
mirzo ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti


ASTRONOMIYA VA ATMOSFERA FIZIKASI KAFEDRASI


UMUMIY ASTRONOMIYA
fanidan
oʻ q u v - u s l u b i y m a j m u a

Muallif: prof. S.N. Nuritdinov
ass. A.A. Mo’minov

Mazkur O’quv –uslubiy majmua Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Kengashining 30.08.2017 yildagi 1 – son majlisida tasdiqlangan


Toshkent – 2017
Mundarija

SO’Z BOSHI 3
FAN DASTURI 5
ISHCHI O’QUV DASTURI 17
I SEMESTR 28
Ma’ruza materiallari 28
Amaliy mashg’ulot materiallari 198
Laboratoriya mashg’ulot materiallari 211
II SEMESTR 217
Ma’ruza materiallari 218
Amaliy mashg’ulot materiallari 386
Laboratoriya mashg’ulot materiallari 395
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 408
GLOSSARIY 410
ILOVALAR 414
Tarqatma materiallar 414
Testlar 421


SO’Z BOSHI


Astronomiya va uning eng yirik bo'limi astrofizika yangi asrga sanab o'tilishi qiyin bo'lgan juda ham ko'pdan-ko'p yutuqlar bilan kirib kelib, uning ustiga yana oxirgi o'n besh yil mobaynida katta qadamlar tashlab rivojlanib borayotganini barchamiz ko'rib turibmiz hamda ilmiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali deyarli har kuni eshitmoqdamiz. Eng katta o'ta jiddiy yutuqlari ichida , misol tariqasida, bu fan ko'p to'lqinli fanga aylangani, har bir astronomik hodisa va astrofizik jarayon elektromagnit nurlanish spektrining bir necha diapozonlarida parallel ravishda kuzatilib o'rganilayotgani, undan tashqari bebaho kuzatuv ma'lumotlari rentgen, ultrabinafsha, optik, infraqizil hamda radio to'lqinlarda ishlayotgan turli kosmik observatoriyalarda qo'lga kiritilayotganini alohida ta'kidlab o'tishishimiz lozim. Shular sababli quyida barcha boblarga astronomiya sohasida erishilgan qator zamonaviy yutuqlar ma'lum miqdorda kiritilgan. Astronomiya fani haqida yana bir bor to'xtalib o'tsak, Erdagi fizik laboratoriyalarda xali erishib bo'lmaydigan holatlarni kuzatish va tadqiqot qilish, xususan, yuqori enegiyalarni ajralish jarayoni, plazmadagi turli beqarorliklar oqibatlari, atom va yadro fizikasiga oid qator muammolar nuqtai nazaridan yaqin va uzoq astronomik ob'ektlar hamda umuman fazo – ulkan bir ilmiy laboratoriya ekanini ta'kidlab o'tish bizning vazifamizdir.
O'zbek tilida astronomiya fanidan darslik va o'quv qo'llanmalar xali u darajada ko'p emas ekanini tan olishimiz kerak. Ushbu o'quv qo'llanmadan so'ng uni biz darslik darajasiga olib chiqishni rejalaganmiz. Bu qo'llanmani yozish jarayonida biz birinchi navbatda umumiy astronomiya bo'yicha xorijiy darsliklarda berilgan yangi ma'lumotlar hamda bu darsliklarning o'quv uslubiyati, metodikasini oldin batafsil o'rgandik. Umumiy astronomiya fanidan turli xorijiy darsliklar ichida biz nisbatan ko'proq tayangan darslik asosan X.Karttunen va boshqalarning 2007 yili bosib chiqargan “Fundamental (umumiy) astronomiya” nomli o'quv darsligi bo'ldi. Shuni aytib o'tishimiz lozim-ki, bir qator xorijiy darsliklarda keltirilgan o'quv materialining berilishi nisbatan murakkab va mavzular ketma-ketligining o'qitish metodikasi nuqtai nazaridan bizdagi namunaviy o'quv dasturi bilan taqqoslaganimzda doim juda keskin farq borligini guvohi bo'lamiz. Natijada dastlab ikki xil dasturdan o'rta xolini ishlab chiqishga majbur bo'ldik va so'ngra u bo'yicha ushbu qo'llanma yozilishi jarayonini boshladik. Lekin shuni aytish mumkin-ki, bizda orttirilgan tajriba va dasturimiz Yevropa va AQShda nashr qilingan darslik hamda qo'llanmalarga nisbatan metodik tomondan doim past bo'lmagan deyishimiz kerak.



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə