Umumiy astronomiya



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə151/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Quyosh sistemasi – Quyosh va uning atrofida aylanuvchi barcha jismlar
Ko’rinma harakat – Yerning sutkalik aylanishi va o’z orbitasi bo’ylab harakati natijasida sodir bo’luvchi hodisa
Zodiak – yunoncha “zoo” (hayvon) so'zidan kelib chiqib, Quyosh va Oyning yillik ko'rinma harakatlari sodir bo'ladigan osmondagi sohasi.
Burj nuri - ekliptika bo'ylab cho'zilgan xira nur. Osmonning Quyosh botgan (yoki chiqqan) qismida astronomik kun botishdan so'ng (yoki oldin) ushbu nur aniq ko'rinadi. U Quyosh nurining sayyoralararo changdan o'tib sochilishi natijasida yuzaga keladi.
Ko'rinma yulduziy kattalik – (ayrim holda uni sodda qilib “yulduziy kattalik” deyishadi) kuzatuvchi bevosita kuzatgan holda, yoritkichdan undan kelayotgan yorug’lik oqimini aniqlab, qayd etuvchi kattaliqdir. Tabiiyki, yulduzning kuzatilayotgan ravshanligi uning real quvvatiga hamda ungacha bo'lgan masofaga bog’liq bo'ladi
Tutilish – uchta osmon jismi deyarli bitta to'g’ri chiziqda joylashgan hol. Bunda jismlarning birida kuzatuvchi joylashib, qolgan ikkita jism biri-biriga proektsiyalanishini, ya'ni, bittasi ikkinchisi tomonidan to'silishini yoki bittasining (Yerning ham) soyasi ikkinchisiga tushishini kuzatishi mumkin. Ulardan Quyosh va Oy tutilishlari ma'lumdir
Tropik yil – Quyosh gardishi markazini ba?orgi tengkunlik nu?tasidan ikki marotaba ketma – ket o'tishiga ketgan va?t orali?i. U 365,2422 o'rtacha ?uyosh sutkasiga sutkasiga teng
Gorizont – kuzatuvchi turgan tekislik hisoblanib, u “ko'rinma” (shu tekislikni osmon bilan kesishgan qismi) va “matematik” (osmon sferasida joylashgan, shimol – g’arb – janub – sharq nuqtalaridan o'tuvchi katta aylana) gorizont turlariga bo'linadi.
Zenit – kuzatuvchiga nisbatan tepada va vertikalning osmon meridian bilan kesishgan niqta
Zenit masofa – berilgan yoritgich va kuzatuvchi zenitiga bo'lgan yo'nalishlar orasidagi burchak.
Balandlik aylanasi – zenith va berilgan yoritgichdan o'tadigan osmon sferasidagi katta aylana

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə