Umumiy astronomiya



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə152/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Og’ish aylanasi – olam qutbi va berilgan yoritgichdan o'tadigan osmon sferasidagi katta aylana
Kulminatsiya – Yerning sutkalik aylanishi sababli yoritkichning osmon meridianini kesib o'tish hodisasi
Nadir – kuzatuvchidan vertikal o'q bo'ylab pastda joylashgan, zenitga qarama-qarshi yo'nalishdagi osmon sferasining nuqtasi
Osmon meridiani (lot. meridianus) – kuzatuvchining zeniti va olam qutblarining janubiy va shimoliy nuqtalari orqali o'tuvchi osmon sferasining katta doirasi. U gorizont bilan shimol va janub nuqtalarda kesishadi. Uni maxsus ravishda osmon meridiani deb atashadi
Osmon ekvatori – olamning shimoliy va janubiy qutblaridan teng masofada yotuvchi, Yer ekvatori tekisligiga parallel o’tuvchi osmon sferasining katta doirasi
Olam o'qi – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan va osmon sferasining markazidan o'tuvchi to'g’ri chiziq. Olam o'qi atrofida osmon yoritkichlarining sutkalik aylanishi sodir bo'ladi
Olam qutblari (shimoliy va janubiy) – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan kuzatuvchi ko'zi orqali o'tuvchi olam o'qini osmon sferasi bilan kesishish nuqtalari
Soat doirasi – olamning shimoliy va janubiy qutblari orqali o'tuvchi osmon sferasining katta aylanasi
Yoritkichlarning chiqishi va botishi – yoritgichlarning matematik gorizontni kesib o'tish hodisasi
Gorizont – kuzatuvchi turgan tekislik hisoblanib, u “ko'rinma” (shu tekislikni osmon bilan kesishgan qismi) va “matematik” (osmon sferasida joylashgan, shimol – g'arb – janub – sharq nuqtalaridan o'tuvchi katta aylana) gorizont turlariga bo'linadi. Ko'rinma gorizont quriqlikda matematik gorizontdan goh baland goh past bo'la oladi.
Kul’minatsiya – yoritkichning osmon meridianini kesib o'tish hodisasi
Yuqori kul’minatsiya – yoritkichning osmon meridianini zenit nuqtasiga yaqin qismida kesib o'tish hodisasi
Quyi kul’minatsiya – yoritkichning osmon meridianini nadir nuqtasiga yaqin qismida kesib o'tish hodisasi
Olam o'qi – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan va osmon sferasining markazidan o'tuvchi to'g'ri chiziq. Olam o'qi atrofida yoritkichlarning sutkalik aylanishi sodir bo'ladi.

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə