180
yo‘nalishda o‘tadi, nurlatgich 2 ga o‘xshash ultratovush tebranishlar qabul qilgichi 3
ga keladi, u erdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vaqt oralig‘ini hisoblaydigan
qurilma 5 va o‘lchash asbobi (potensiometr) 6 ga keladi.
Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi
τ
vaqt
bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni
C
H
2
=
τ
, (5.21)
bu erda, N — suyuqlik sathi; S — suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi
.
Vaqt o‘lchagichda olinadigan akslangan (qaytgan) signalning kechikish vaqtiga
mutanosib bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan
potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvars, magnitostriksion
elementlar ishlatiladi. Ko‘pincha ultratovushli tebranishlarni yuboradigan va qabul
qiladigan asbob sifatida bir qurilmadan foydalaniladi. Bu qurilma o‘lchash
jarayonining boshida nurlatgich vazifasini bajarib, impuls yuborilganidan so‘ng qabul
qilgich sifatida ishlaydi.
Ultratovushli sath o‘lchagichlar 45 mm dan bir necha o‘n metrgacha o‘lchash
diapazoniga ega. Ulchanayotgan muhit harorati —50°S dan +200°S gacha etishi
mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik ±2,5%.
Dostları ilə paylaş: