236
azimutini
f
chastota bilan o‘rta vaziyatdan bir xildagi kattalikka o‘zgartiradi.
Analizator 7 qutblanish azimutining o‘rtacha vaziyatiga nisbatan 90° burchak hosil
qilib o‘rnatilgan (ayqash vaziyat) bo‘lib, foto qabul qilgich 8 ga qutblanish azimuti
o‘zgarishining qo‘shaloq chastotasi (2f) ga teng modulyasiyali amplituda bilan kiradi.
Foto qabul qilgich ta’minlash bloki 9 dan ishlaydi va nurlanishni elektr signaliga
o‘zgartiradi.
Agar modulyator bilan analizator o‘rtasiga optik jihatdan aktiv ob’ekt 6
joylashtirilsa, u holda qutblanish azimuti o‘rtacha vaziyatdan ma’lum burchak
a
ga
o‘zgaradi va foto qabul qilgichga f chastotali nurlanish kiradi. f chastotali elektr
signal elektron kuchaytirgich 10 da nomuvofiqlik signalini hosil qiladi, bu signal
analizator bilan bikr aloqaga ega bo‘lgan ijro mexanizmi 11 ga keladi.
Nomuvofiqlik signalining fazasiga qarab, ijro mexanizm analizatorning tizimini optik
o‘qi atrofida u yoki bu tomonga buradi. Bu hol to ayqash vaziyat yana qaror
topganiga qadar davom etadi va analizatordan keyin nurlanish chastotasi 2f ga teng
bo‘lmay qoladi.
Analizatorning burilish burchagi qutblanish azimutining optik jihatdan aktiv
ob’ekt bilan birga aylanish burchagiga teng bo‘ladi. O‘lchash natijalari analizator
bilan ijro mexanizmi orkali bog‘langan sanoq qurilmasi 12 da qayd etiladi.
Qutblanish-optik usullar amalda inersiyasiz bo‘lib, yuqori aniqlikka egadir.
Avtomatik titrlash
Titrlash
— eritmalarni miqdoriy tahlil qilishning keng tarqalgan universal
usullaridan bo‘lib, zavod laboratoriyalarida bajarilgan tahlillarning asosiy qismi
щ
u
usulga to‘g‘ri keladi. Avtomatik titrlash uchun asboblar (avtomatik titrometrlar)ning
qo‘llanilishi tahlillar o‘tkazish tezligini keskin oshiradi, ko‘pgina hollarda ularning
aniqligini orttiradi, ko‘p sonli laborantlar-analitiklarni kamaytiradi.
Eritmada boshqa komponentlar bilan turgan, tabiati ma’lum bo‘lgan modda A
ning konsentrasiyasini aniqlash
Dostları ilə paylaş: