Umumiy doc


yo‘l  qo‘yiladigan xatolik



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

yo‘l 
qo‘yiladigan xatolik
deyiladi. Xatolik miqdori o‘lchashlar olib borilayotgan tashqi 
muhitga (atrof muhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog‘liq 
bo‘lgani sababli asosiy va qo‘shimcha xatoliklar tushunchalari kiritiladi. 
O‘lchash asbobi uchun texnik sharoitlar imkon bergan, maxsus yaratilgan 
normal ish sharoitida yo‘l qo‘yilgan xato 
asosiy xatolik
deyiladi. Atrof-muhiting 
normal holati deb 20°S harorat va 101325 N/m
2
(760 mm sim. ust) atmosfera bosimi 
qabul qilingan. Tashqi sharoit o‘zgarishining asboblarga bo‘lgan ta’siridan kelib 
chiqqan xato 
qo‘shimcha xatolikdir
. O‘lchov asboblarining sifati ularning 
xatoliklaridan tashqari asboblar variasiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan 
xarakterlanadi. 
Bir kattalikni ko‘p marta takroriy o‘lchashlar natijasida asbob ko‘rsatishlari 
orasidagi eng katta farq 
o‘lchov asbobining variasiyasi
deyiladi. Variasiya 
o‘lchanayotgan kattalikni ma’lum bir miqdorgacha asta-sekin oshirib va kamaytirib 
aniqlanadi. Variasiya o‘lchov asbobining mexanizmi, oraliqlari, gisterezisi va boshqa 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


32
qismlardagi ishqalanishi sababli kelib chiqadi. Variasiya (V) o‘lchov asbobi shkalasi 
maksimal qiymatining foizi hisobida ifodalanib, asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatolik 
qiymatidan oshib ketmasligi lozim: 
%
100
min
max



=
N
N
N
V
(1.11) 
bu erda, 

N' — asbob ko‘rsatishidagi eng katta farq; N
max 
va N
min
 —asbob shkalasining yuqori va quyi 
qiymatlarn. 
Asbob ko‘rsatishining aniqligiga uning sezgirligi xam katta ta’sir qiladi. Asbob 
strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining u siljishni xosil qilgan fizik kattalik 
o‘zgarishiga nisbati asbobning sezgirligi deyiladi: 
Q
n
S


=
(1.12) 
bu erda, S — asbobning sezgirligi; 

n
 — strelka siljishining o‘zgarishi; 

Q — o‘lchanayotgan kattalikning 
o‘zgarishi. 
Sezgirligi yuqori bo‘lgan asboblar asosan aniq o‘lchashlar uchun ishlatiladi. 
O‘lchanayotgan kattalik qiymatining asbob ko‘rsatishiga ta’sir qila oladigan 
eng kichik o‘zgarishi 
sezgirlik chegarasi
deyiladi. 
SHkala va strelkaga ega bo‘lgan asboblar uchun asbobning sezgirligiga teskari 
bo‘lgan kattalik 
shkala bo‘linmasi qiymati
deyiladi: 
n
Q
C


=
(1.13) 
bu erda, S—shkala bo‘linmasining qiymati. 
Ikkita yonma-yon belgi (shtrix yoki nuktalar) orasidagi farq — 
shkala 
bo‘linmasi
deyiladi. SHkala bo‘linmasining qiymati strelkani bir bo‘linmaga siljitgan 
kattalik qiymatining o‘zgarishini xarakterlaydi. 
Ba’zan kattalikning xaqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko‘rsatishini 
tuzatish 
koeffisienti K
ga ko‘paytiriladi: 
к
x
X
k
X

=
(1.14) 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə