54
Haroratni o‘lchashga oid alohida masalalarni
echish uchun termoelektr
termometrlarni o‘lchash asbobi bilan o‘lchashning turli usullari qo‘llaniladi.
Termoelektr termometri o‘zgartish koeffisientini orttirish uchun bir necha
termojuftlarni (termobatareyalarni) ketma-ket ulashdan foydalaniladi. Bunda
termojuftlar hosil kiladigan termo EYUK qo‘shiladi, ya’ni n ta termojuftdan tuzilgan
termobatareyalar termo EYUK alohida olingan termojuft termo EYUK idan katta.
Ikki nuqta orasidagi harorat farqini o‘lchash uchun differensial termoelektr
termometr ko‘llaniladi. U ikkita qarama-qarshi ulangan bir xil termometrdan tuzilgan.
Agar haroratlar farqi o‘lchanayotgan nuqtalarning haroratn bilan o‘zaro teng bo‘lsa,
unda o‘sha nuqtalarda termometr hosil qiladigan TEYUK lar ham teng bo‘ladi.
Bunday holda termometrlardagi zanjir toki nolga teng bo‘ladi, chunki qarama-qarshi
ulanganda bir termojuftning TEYUKi boshqa
termojuftning TEYUK i bilan
kompensasiya qilinadi va o‘lchov asbobi nolni ko‘rsatadi. Agar t
1
va t
2
haroratlar
turlicha bo‘lsa, u holda qaysi harorat yuqori bo‘lishiga qarab, haroratlar farqiga
mutanosib bo‘lgan zanjir toki biror yo‘nalishda oqadi, buni o‘lchov asbobi ko‘rsatadi.
Termoelektr materiallar va termoelektr o‘zgartkichlar
Turli o‘tkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o‘zgartkichni tashkil etishi
mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo‘llanishga yarayvermaydi.
Zamonaviy
o‘lchash texnikasi termoelektr o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-
ko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam, sonli materiallargina qondiradi.
Asosiy talablar quyidagilardan iborat: yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik, TEYUK
ning vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo‘lishi va
haroratga bir qiymatli bog‘liqligi, qarshilik harorat koeffisientining katta bo‘lmasligi
va katta elektr o‘tkazuvchanlik.
Barcha materiallar va qotishmalar uchun TEYUK ning haroratga funksional
bog‘liqligi murakkab bo‘lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin. Platinorodiy —
platina jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYUK bilan harorat orasidagi
bog‘lanish 300 dan 1300°S gacha bo‘lgan oralikda, sovuq ulanma harorati 0
0
S
bo‘lganda etarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi:
E
(
t
,
t
0)
=
a
+bt+ct
2
(2.28)
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
55
bu erda, a b va s — surma (630,5
0
S), kumush (950, 8°S) va oltin (1063
0
C) larning qotish harorati buyicha
aniqlanadigan doimiylar.
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar
qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.
Xromel — kopelli (56% Si — 44%Ni) termoelektr termometrlar standart
termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffisientiga ega (70...90 mk V/°S).
Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar uchun chegaraviy
qo‘llanishi 600°S
dan kam va, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo‘lgan
termoelektrodlar uchun faqat 400°S ni tashkil etadi. YUqorigi o‘lchash chegarasi
kopelli elektrod xarakteristikasining barqarorligiga bog‘liq
Nikel-xrom — nikel-alyuminiyli (94%Ni + 2%A1 + 2,5% Mn + 1 %Si+0,5%
ko‘shilma) termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o‘lchash uchun
ko‘llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikel-
alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga
nikel-xromga nisbatan
kamroq chidamli. Qo‘llanishning yuqorigi chegarasi termoelektrod diametriga
bog‘lik. Diametri 3...5 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llanishning yuqori
chegarasi nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000°S ni tashkil etadi.
0,2...0,3 mm diametr uchun 600°S dan ortiq emas.
Platina-rodiy (90% platina—10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt
davomida 0 dan 1300°S harorat oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1600°S
gacha
bo‘lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadigan va neytral
muhitlarda
darajalash
xarakteristikasining
barqarorligini
saqlaydi.
Ulardan
foydalanish maksadiga qarab, etalon namunali va ish termometrlariga bo‘linadi.
To‘g‘ri ishlatilganda darajalash uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydi. Kamchiliklariga
termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan TEYUK kamligidir.
Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm bo‘ladi.
Platinorodiy
(30%
rodiyli)—platinorodiyli
(6%
rodiyli)
termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600°S gacha
oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1800°S gacha qo‘llanadi. Musbat elektrod — 30%
rodiy va 70%
platina qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94% platina
qotishmasidan tashkil topgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
56
Mazkur
termometrlar
platinarodiy-platinali
termometrlarga
qaraganda
darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yukoriligi bilan ajralib turadi.
Volframreniy — volframreniyli (TVR—5/20 va TVR—10/20) termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200°S gacha va qisqa vakt davomida
2500
0
S gacha,
shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni
o‘lchashga mo‘ljallangan
2.3 – jadval.
Dostları ilə paylaş: