Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Термоэлектр
 
термометрнинг
 
эркин
 
учлари
 
тепмературасига
 
тузатма
 
киритиш
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


54
Haroratni o‘lchashga oid alohida masalalarni echish uchun termoelektr 
termometrlarni o‘lchash asbobi bilan o‘lchashning turli usullari qo‘llaniladi. 
Termoelektr termometri o‘zgartish koeffisientini orttirish uchun bir necha 
termojuftlarni (termobatareyalarni) ketma-ket ulashdan foydalaniladi. Bunda 
termojuftlar hosil kiladigan termo EYUK qo‘shiladi, ya’ni n ta termojuftdan tuzilgan 
termobatareyalar termo EYUK alohida olingan termojuft termo EYUK idan katta. 
Ikki nuqta orasidagi harorat farqini o‘lchash uchun differensial termoelektr 
termometr ko‘llaniladi. U ikkita qarama-qarshi ulangan bir xil termometrdan tuzilgan. 
Agar haroratlar farqi o‘lchanayotgan nuqtalarning haroratn bilan o‘zaro teng bo‘lsa, 
unda o‘sha nuqtalarda termometr hosil qiladigan TEYUK lar ham teng bo‘ladi. 
Bunday holda termometrlardagi zanjir toki nolga teng bo‘ladi, chunki qarama-qarshi 
ulanganda bir termojuftning TEYUKi boshqa termojuftning TEYUK i bilan 
kompensasiya qilinadi va o‘lchov asbobi nolni ko‘rsatadi. Agar t
1
va t
2
haroratlar 
turlicha bo‘lsa, u holda qaysi harorat yuqori bo‘lishiga qarab, haroratlar farqiga 
mutanosib bo‘lgan zanjir toki biror yo‘nalishda oqadi, buni o‘lchov asbobi ko‘rsatadi. 
Termoelektr materiallar va termoelektr o‘zgartkichlar 
Turli o‘tkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o‘zgartkichni tashkil etishi 
mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo‘llanishga yarayvermaydi. Zamonaviy 
o‘lchash texnikasi termoelektr o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-
ko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam, sonli materiallargina qondiradi. 
Asosiy talablar quyidagilardan iborat: yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik, TEYUK 
ning vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo‘lishi va 
haroratga bir qiymatli bog‘liqligi, qarshilik harorat koeffisientining katta bo‘lmasligi 
va katta elektr o‘tkazuvchanlik. 
Barcha materiallar va qotishmalar uchun TEYUK ning haroratga funksional 
bog‘liqligi murakkab bo‘lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin. Platinorodiy — 
platina jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYUK bilan harorat orasidagi 
bog‘lanish 300 dan 1300°S gacha bo‘lgan oralikda, sovuq ulanma harorati 0
0

bo‘lganda etarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi: 
E
(
t
,
t
0)
=
a
+bt+ct
2
(2.28) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


55
bu erda, a b va s — surma (630,5
0
S), kumush (950, 8°S) va oltin (1063
0
C) larning qotish harorati buyicha 
aniqlanadigan doimiylar. 
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar 
qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan. 
Xromel — kopelli (56% Si — 44%Ni) termoelektr termometrlar standart 
termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffisientiga ega (70...90 mk V/°S). 
Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar uchun chegaraviy 
qo‘llanishi 600°S dan kam va, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo‘lgan 
termoelektrodlar uchun faqat 400°S ni tashkil etadi. YUqorigi o‘lchash chegarasi 
kopelli elektrod xarakteristikasining barqarorligiga bog‘liq 
Nikel-xrom — nikel-alyuminiyli (94%Ni + 2%A1 + 2,5% Mn + 1 %Si+0,5% 
ko‘shilma) termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o‘lchash uchun 
ko‘llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikel-
alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan 
kamroq chidamli. Qo‘llanishning yuqorigi chegarasi termoelektrod diametriga 
bog‘lik. Diametri 3...5 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llanishning yuqori 
chegarasi nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000°S ni tashkil etadi. 
0,2...0,3 mm diametr uchun 600°S dan ortiq emas. 
Platina-rodiy (90% platina—10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt 
davomida 0 dan 1300°S harorat oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1600°S gacha 
bo‘lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadigan va neytral 
muhitlarda 
darajalash 
xarakteristikasining 
barqarorligini 
saqlaydi. 
Ulardan 
foydalanish maksadiga qarab, etalon namunali va ish termometrlariga bo‘linadi. 
To‘g‘ri ishlatilganda darajalash uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydi. Kamchiliklariga 
termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan TEYUK kamligidir. 
Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm bo‘ladi. 
Platinorodiy 
(30% 
rodiyli)—platinorodiyli 
(6% 
rodiyli) 
termoelektr 
termometrlar uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600°S gacha 
oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1800°S gacha qo‘llanadi. Musbat elektrod — 30% 
rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94% platina 
qotishmasidan tashkil topgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


56
Mazkur 
termometrlar 
platinarodiy-platinali 
termometrlarga 
qaraganda 
darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yukoriligi bilan ajralib turadi. 
Volframreniy — volframreniyli (TVR—5/20 va TVR—10/20) termoelektr 
termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200°S gacha va qisqa vakt davomida 
2500
0
S gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni 
o‘lchashga mo‘ljallangan 
2.3 – jadval. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə