Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Стандарт
 
термоэлектр
 
термометрларининг
 
характеристикалари

2.6 – 
расм
.
Терможуфт
 
тузилиши
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


58
Himoya g‘iloflari ko‘pincha +1000°S gacha haroratlar uchun po‘latning turli 
rusumlaridan tayyorlanadi. Bundan ham yuqoriroq haroratlarda qiyin eriydigan 
birikmalardan tayyorlangan maxsus g‘iloflar ishlatiladi. 
Oxirgi vaqtda kabell turdagi termoelektr termometrlar keng tarqalmoqda. Ular 
bosim 40 MPa bo‘lganda —50 dan +1100°S gacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida 
ko‘llanadi. Kabell turdagi termometrlarning 
muhim afzalligi ularning AESlarning energetik reaktorlarida
ishlashga imkon tug‘diradigan radiasion chidamliligi, shuningdek, issiqlik zarblariga, 
tebranishga va mexanik kuchlarga nisbatan chidamliligining yuqoriligi kiradi. 
Sirt haroratlarini o‘lchashga mo‘ljallangan termoelektr termometrlar maxsus 
tuzilishga ega. Bunday termojuftlardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi, ular turli 
uskuna, quvur, mashinalarning aylanuvchi qismi va hokazolarning sirt haroratini 
o‘lchashga xizmat qiladi. 
Maxsus termoelektr termometrlardan vertikal uskunalarda (ammiak sintezi 
kolonnalarida, metanol va h.) haroratni o‘lchash uchun ishlatiladigan ko‘p zonali 
termometrlarni ko‘rsatish mumkin. 
Termojuftlarning asosiy kamchiligi sifatida ularning inersionligining kattaligini 
ko‘rsatish mumkin (5 minutdan ham oshadi). 
Termoelektr 
termometr 
erkin 
uchlari 
haroratining 
o‘zgarishini 
kompensasiyalash usullari
termojuft sovuq ulanmalari harorati o‘zgarmas 
bo‘lgandagina to‘g‘ri o‘lchash mumkin. Ammo bu haroratlar o‘zgarmas bo‘lib qola 
olmaydi. SHuning uchun, termometrning sovuq ulanmasini o‘lchash ob’ektidan 
nariroqqa haroratning o‘zgarmas zonasiga olish lozim. SHu maksadda maxsus 
kompensasion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi. 
YUqorida aytilganidek, termojuft bilan haroratni o‘lchashda termojuftning 
erkin uchlaridagi haroratning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi. Sanoatda 
avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko‘prik sxemalar ko‘llaniladi(2.7-rasm). 
Ko‘prik termojuftga ketma-ket ulanadi. Uning R,
1
R
2
, R
3
qarshiliklari 
manganindan, R
4
esa misdan ishlanadi. Rg qo‘shimcha qarshilik ko‘prikka berilgan 
kuchlanishni etarli darajada ta’minlab berish uchun hizmat qiladi.. Energiya 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


59
o‘zgarmas tok manbaidan olinganda uning o‘zgarishiga karab, ko‘prikni turlicha 
darajalangan termojuftlar bilan ishlashga rostlash mumkin. 
2.7 – rasm.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə