Umumiy doc


-§. QARSHILIK TERMOMETRLAR



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 
2.5-§. QARSHILIK TERMOMETRLAR
Haroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash
harorat o‘zgarishi bilan 
o‘tkazgich hamda yarim o‘tkazgichlar elektr qarshiligining o‘zgarish xususiyatiga 
asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning elektr qarshiligi uning 
harorati funksiyasidan iborat, ya’ni R = f(t). Bu funksiyaning ko‘rinishi termometr 
qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza metallarning elektr 
qarshiligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari (yarim o‘tkazgichlar)ning 
qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga 
javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi: 
1) o‘lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va kimyoviy tarkibi 
o‘zgarmasligi kerak; 
2) metallning haroratga qarshilik koeffisienti etarli darajada katta va 
barqarorlashgan bo‘lishi lozim; 
3) qarshilik harorat o‘zgarishi bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziq bo‘yicha 
keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz o‘zgarishi kerak; 
4) solishtirma elektr qarshilik etarlicha katta bo‘lishi kerak. Ma’lum haroratlar 
oralig‘ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob 
beradi. 
Harorat o‘zgarishi bilan elektr qarshilygining o‘zgarishini xarakterlovchi 
parametr elektr qarshilikning harorat koeffisienti deyiladi. Harorat koeffisienti 
haroratga bog‘liq bo‘lgan metallar uchun u faqat haroratning har bir qiymati uchun 
aniqlanishi mumkin: 
)
)(
1
(
0
dt
dR
R
a
t
=
(2.48) 
bu erda, R
0
 va R
t
 — 0 va t°S haroratdagi qarshilik
.
Temperatura koeffisienti °S 
-1
yoki 
0
K
-1
larda ifodalanadi. Ko‘pgina sof 
metallar uchun harorat koeffisienti 0,0035 ... — 0,065 K
-1
chegaralarda yotadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


72
YArim o‘tkazgichli metallar uchun harorat koeffisienti manfiy va metallarnikidan bir 
tartibga ko‘p (0,01 . . . 0,015 K
-1
) bo‘ladi. 
Hozir qarshilik termometrlarini tayyorlash uchun mis, platina, nikel va 
temirdan foydalaniladi. 
Mis arzon material bo‘lib, uning qarshiligi amalda haroratga chiziqli bog‘liq, 
ya’ni 
R
t
=R
0
(1+
a
t) (2.49) 
bu erda, R
t
 va R
0
 - t va 0°S haroratda termometr qarshiligi; a — mis simning harorat koeffisienti: a = 4,28
·
10
-
3
 K
-1
 
Mis oksidlanishi tufayli u 200°S dan ortiq bo‘lmagan haroratlarni o‘lchashda 
qo‘llaniladn. Misning kamchiliklariga uning solishtirma qarshiligining kamligini 
kiritsa bo‘ladi; 
σ
=17
·
10
-7
Om
·
m. Solishtirma qarshilik termometrning o‘lchamiga 
ta’sir etadi: solishtirma qarshilik qancha kam bo‘lsa, sim shuncha ko‘p kerak bo‘ladi, 
shuning uchun, termometr o‘lchami shuncha katta bo‘ladi. 
Misdan tayyorlangan qarshilik termometrlari —200 dan + 200°S gacha 
haroratlarni uzoq vaqt davomida o‘lchashda qo‘llaniladi. Nominal qarshiliklar 0°S da 
10, 50 va 100 Om ni tashkil etadi. 
Amaliyotda yana R
0
=53 Om li termometr ishlaydi. Bu qarshilik termometrlari 
uchun quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1 Om, 5 Om, 10 Om (R
0
=53 Om 
ы
arshilik 
termometri Gr. 23 deb belgilangan). 
Platina — qimmatbaho material. Kimyoviy jihatdan inert va sof holda osonlik 
bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan qarshilik termometrlari—260 dan +1100°S 
gacha haroratlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Platina qarshiligining haroratga 
bog‘liqligi murakkab bog‘lanishdan iborat bo‘lib,—183 dan 0°S gacha harorat 
oralig‘ida quyidagicha yozilishi mumkin: 
R
t
=R
0
[1+At+Bt
2
+Ct
3
(t-100)] (2.50) 
0 dan + 630°S gacha oralikda esa, quyidagicha ifodalanadi: 
R
t
=R
0
(1+At+Bt
2
) (2.51) 
bu erda, R
t
 va R
0
 — mos ravishda t va 0°S haroratlarda platina karshiligi; A, V, S — o‘zgarmas koeffisientlar 
bo‘lib, ularning qiymati termometrni darajalashda kislorod, suv va oltingugurtning qaynash nuqtalari bo‘yicha 
aniqlanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


73
Standart qarshilik termometrlarida qo‘llaniladigan PL- 2 markali platina uchun 
(2.50) va (2.51) tenglamalardagi koeffisientlar quyidagi qiymatlarga ega: 
A = 3,96847
·
10 
-3
1/°S; V = — 5,847
·
10
-7
1/
0
S; S = — 4,22
·
10
-12
1/°S. 
Texnik termometrlarni tayyorlashda ishlatiladigan PL-2 markali platina uchun 
R
100
/R
0
= 1,391 
0°S da platinali qarshilkk termometrlari quyidagi qarshiliklarga ega bo‘lishi 
mumkin: 1, 5, 10, 50, 100 va 500 Om (amalda R
0
= 46 Om li termometr ishlatiladi). 
Bu qarshilik termometrlari uchun o‘zgarishning nominal statistik xarakteristikasiga 
quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1P, 5P, 10P, 50P, 100P va 500P (R
0
==46 Om 
qarshilikli termometr Gr. 21 deb belgilangan). 
Platinaning kamchiliklaridan biri uning tiklovchi muhitda metall bug‘lari, 
uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan ifloslanishidir. Bu ayniqsa yuqori 
haroratlarda namoyon bo‘ladi. 
Nikelli va temirli qarshilik termometrlari —60 dan + 180°S gacha haroratlar 
oralig‘ida ishlaydi. Nikel va temir qarshilik termometrlari katta harorat
koeffisientiga ega: 
a
N1
=(6,21-6,34)
·
10
-3
K
-1
a
Fe
=(6,25-6,57)
·
10
-3
K
-1 
va solishtirma qarshiligi katta: 
δ
N1
=1,18-1,38
·
10
-7
Om
·
m; 
δ
Fe
=0,55-0,61
·
10
-7
OM
·
m. 
Ammo bu metallar quyidagi kamchiliklarga ega: 
ularni sof xolda olish qiyin, bu esa bir-birini almashtira 
oladigan qarshilik termometrlari tayyorlashda qiyinchilik 
tug‘diradi; temir va, ayniqsa, nikel qarshiligining 
haroratga bog‘liqligi oddiy empirik tenglamalar bilan 
ifodalanadigan egri chiziqlardan iborat emas; nikel va, 
ayniqsa, temir nisbatan past haroratlarda ham osongina 
0
1
2
3
4
5
6
R
0
R
t
200
400
600
0
C
Pt
Cu
Nl
Fe
2.13 – 
расм


Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə