Umumiy doc


Manometrik kondensasion (bug‘- suyuqlikli) termometrlar



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Manometrik kondensasion (bug‘- suyuqlikli) termometrlar
— 50 °S dan + 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


49
300°S gacha haroratlarni o‘lchaydi. Kondensat sifatida freon (SNG‘
2
S
l
—25°S . . . + 
80°S gacha); propilen (S
3
N
6
— 50
0
S . . . +60°S gacha); metil xlorid (SN
3
S
l
, 0 ... 
125°S gacha); aseton (S
3
N
6
O 100°S . . . 200°S gacha); etil benzol (S
8
N
10
— 160°S . . 
. 300°S gacha) va hakazolar ishlatiladi. 
Bu termometrlarning termoballonlari hajmining 2/3 qismi past haroratda 
qaynaydigan suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Termometrlarning berk tizimida doim 
bug‘lanish va kondensasnyalanishning dinamik muvozanati mavjud. Harorat 
ko‘tarilishi bilan birga bug‘lanish kuchayib, bug‘ning elastikligi o‘sadi, shuning 
uchun, kondensasiyalanish jarayoni kuchayadi. Buning natijasida to‘yingan bug‘ 
ma’lum haroratda mos muayyan bosimga erishadi. Bug‘ bosimi harorat o‘zgarishi 
bilan o‘zgarib, kapillyarni to‘ldirgan muxit orqali manometrik prujinaga o‘tadi. 
To‘yingan bug‘ bosimining o‘zgarishi harorat o‘zgarishiga mutanosib emas, 
shuning uchun, kondensasion termometrning shkalasi notekis bo‘ladi. 
Kapillyar va monometrik prujina haroratining o‘zgarishi kondensasion 
termometr tizimida bosim qiymatiga ta’sir etmaydi; bunday tur termometrlarda 
kapillyar uzunligi asosan kapillyardagi suyuqlik ishqalanishi bilan chegaralanadi. 
Kondensasion termometrlar boshqa turdagi termometrlarga qaraganda ancha 
sezgirdir. Bu to‘yingan gaz bosimi harorat ko‘tarilishi natijasida juda tez ortishi bilan 
tushuntiriladi. 
Tuzilishi bo‘yicha kondensasion termometrlar yuqorida ko‘rilganlarga 
o‘xshash, ammo termoballon o‘lchamlari kichik (diametri 10...12 mm, uzunligi 
80...125 mm). 
Termometr tizimidagi bosim o‘lchanayotgan haroratning yukorigi chegarasida 
3,5 MN/m
2
dan oshmaydi, pastki chegarasida esa bir necha yuz KN/m
2
ni tashkil 
etadi. SHuning uchun, ularning ko‘rsatishiga, ayniqsa uncha yuqori bo‘lmagan 
haroratlarda, barometrik bosimning o‘zgarishi ta’sir etadi. 
Manometrik termometrlar barcha turlarning ko‘rsatishlari ish moddasining 
fizik xolatlariga va ularning issiqlik-fizik xossalariga bog‘liq bo‘lib, katta 
kechikishlarga ega. Gazli termometrlar eng ko‘p, bug‘-suyuqlikli termometrlar esa 
eng kam kechikishga ega (gaz bilan to‘ldirilganlariga nisbatan 2,5 marta kam. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


50
Ikkilamchi asboblar bilan ishlash uchun ko‘rsatishni masofadan uzatadigan 
elektr va pnevmatik manometrik termometrlar tayyorlanadi. Bu asboblarda harorat 
unifikasiyalangan elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiriladi. 
Manometrik termometrlar tuzilishi soddaligi va avtomatik yozishi bilan ajralib 
turadi. Uning yana bir afzalliklaridan biri, undan yong‘in va portlash xavfi bor 
bo‘lgan muhitda foydalanish mumkinligidadir. Uning kamchiliklariga tizimning 
germetikligi buzilganda tuzatish qiyinligi va ko‘p hollarda termoballon 
.o‘lchamlarining kattaligi kiradi. 
Gazli va suyuklikli manometrik termometrlarning aniqlik sinfi 1; 1,5 va 2,5; 
kondensasion termometrlarniki 1,5; 2,5 va 4. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə