Umumiy doc


Gazli manometrik termometrlarning



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Gazli manometrik termometrlarning
ishlash prinsipi germetik berkitilgan 
termotizimdagi inert gaz bosimining haroratga bog‘liqligiga asoslangan. Gazli 
termometrlardagi boshlang‘ich bosim haroratni o‘lchash chegaralariga bog‘liq bo‘lib, 
odatda 0,98...4,9 MN/m
2
(10...50 kgk/sm
2
) ni tashkil qiladi. Bu termometrlar — 
150°S dan +1000°S gacha haroratlarni o‘lchash imkonini beradi. Gazli 
termometrlarning ish moddasi sifatida azot ishlatiladi. 
Gazli, termometrlarning ishi ideal gaz bosimi va harorati orasida to‘g‘ri 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


46
chiziqli munosabat o‘rnatuvchi SHarl qonuniga asoslangan: 
[
]
)
(
1
0
0
t
t
P
P
t

+
=
β
(2.10) 
bu erda, R
0
 va R
t
 — gazning 0 va t haroratlardagi bosimi; 
β
 —gaz kengayishining termik koeffisienti; t
0
 va t — 
°S da berilgan boshlang‘ich va oxirgi haroratlar

Termometr shkalasi tekis, bu esa uning afzalligi hisoblanadi. 
Haroratlar farqi tufayli bosimning o‘zgarishi quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
)
(
0
0
0
t
t
P
P
P
P
t

=

=

β
(2.11) 
Gaz bilan to‘ldirilgan termometr tizimidagi boshlang‘ich bosim: 
)
(
0
0
t
t
P
P


=
β
(2.12) 
Termometr tizimidagi boshlang‘ich bosim katta bo‘lgani uchun atmosfera 
bosimining asbob ko‘rsatishiga bo‘lgan ta’siri juda kam, shuning uchun, uni amalda 
hisobga olmasa ham bo‘ladi. 
Atrof muhit haroratining +20°S dan chetga chiqishi o‘lchashda xatolik paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu xatolikni kuyidagi tenglamadan hisoblab chiqish 
mumkin: 
)
(
0
t
t
v
v
t
M
б
M
M

=

(2.13) 
bu erda, v
m
 — manomstrik prujinaning hajmi; v
b
 — termoballonning hajmi; t
m
 — manometr atrofidagi °S da 
berilgan harorat; t
0
 — asbob darajalangan vaqtdagi harorat (20°S) 
Kapillyar naycha isishidan kelib chikqan xatolik: 
)
(
0
t
t
v
v
t
к
б
к
к

=

(2.14) 
bu erda, v
k
 — kapillyar naychannng hajmi; t
k
 — kapillyar atrofidagi °S da berilgan harorat. 
 
Termoballon hajmi termometr germetik (yopiq) tizimi hajmining 90% ini 
tashkil etadi. Termoballon, kapillyar va prujinalarning nisbiy hajmlari to‘g‘ri 
tanlangan tarzda kapillyarlari 40 
m uzunlikdagi termometrlar 
haroratni 
kompensasiyasiz etarli darajada aniq o‘lchay oladi. Kapillyar juda ham uzun bo‘lsa, 
tsrmoballonning kerakli hajmi haddan tashqari kattalashadi, natijada asbobning 
issiqlik inersiyasi oshib ketadi. Hamma hollarda, ayniqsa, ishlatish vaqtida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


47
manometrik prujina va kapillyar naychani atrofidagi qizigan buyumlar ta’siridan 
ehtiyot qilish zarur. Ba’zan harorat o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatolikni 
kompensasiya qilish uchun manometrik prujinaning uzatuvchi mexanizmi ichiga 
o‘rnatilgan bimetall spiral ko‘rinishidagi kompensasion qurlmadan foydalanadi. 
Bimetall spiral monometrik prujina haroratini o‘lchashda asosiy prujinaga nisbatan 
teskari yo‘nalishda harakat qiladi. 
Atrof-muhit havo haroratini o‘zgarishi kapillyarda va manometrik prujinada 
ish-moddasining kengayishga ta’sir qiladi. Bu hol termotizim bosimini va 
termometrning ko‘rsatishini xam o‘zgartiradi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun prujina 
va kapillyar ichki hajmining termoballon hajmiga nisbatini kamaytirishga harakat 
qilinadi. Buning uchun termoballon uzunligi yoki uning diametri orttiriladi. Gazli 
manometrik termometr termoballonining uzunligi 500 mm dan ortmasligi lozim
termoballon diametri ushbu: 5, 8, 10, 12, 16, 20, 25 va 30 mm qatordan tanlanadi. 
Kapillyar uzunligi 0,6 dan to 60 m gacha bo‘lishi mumkin. 
Maxsus tayyorlangan gazli manometrik termometrlar 0°S dan past haroratlarni 
o‘lchash uchun ham qo‘llaniladi. 
Masalan, vodorod gazli termometr —250
0
S gacha, geliylisi esa —267°S gacha 
haroratlarda ishlatilishi mumkin. 
Gazli manometrik termometrlarning o‘ziga xos kamchiliklaridan biri, ularning 
issiqlik inersiyasining kattaligidir. Buning sababi termoballon devorlari bilan uni 
to‘ldirgan gaz o‘rtasidagi issiklik almashish koeffisientining kichikligi va gazning 
issiqlik o‘tkazish qobiliyatinint kamligidir. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə