Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Kengayish termometrlari.
Bu termometrlar harorat o‘zgarishi bilan 
suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining yoxud chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga 
asoslangan. 
2. 
Manometrik termometrlar.
Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas 
bo‘lganda harorat o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan; 
3. Harorat ta’sirida o‘zgargan termoelektr yurituvchi kuchning o‘zgarishiga 
asoslanan 
termoelektr termometrlar.
4. O‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarning harorati o‘zgarishi sababli elektr 
qarshilikning o‘zgarishiga asoslangan 
qarshilik termometrlari.
5. 
Nurlanish termometrlari.
Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari; a) optik 
pirometrlar — issiq jismning ravshanligini o‘lchash asbobi; b) rangli pirometrlar 
(spektral nisbat pirometrlari) - jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi 
energiyaning taqsimlanishini o‘lchashga asoslangan; v) radiasion pirometrlar — issiq 
jism nurlanishining quvvatini o‘zgarishiga asoslangan. Nurlanish termometrlari 
harorat kontaktsiz o‘lchash usuli hisoblanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


40
2.1 – jadval

 Sanoatda haroratni o‘lchash vositalaridan foydalanish chegaralari 
O‘lchash 
vositasi turi 
O‘lchash vositalarining turli tumanligi 
Davomli 
foydalanish 
chegarasi 




Kengayish 
termometrlari 
Suyuqlikka oid termometrlar 
Diometrik, bemetall termometrlar 
-200 
-150 
750 
700 
Manometrik 
termometrlar 
Gazli 
Suyuqlikli 
Bug‘ – suyuqlikli (Kondensasion) 
-150 
-150 
-50 
1000 
600 
300 
Teroelektrik 
termometrlar 
Termoelektrik termometrlar 
-200 
2500 
Qarshilik 
termometrlari 
Metall qarshilik termometrlari 
YArim o‘tkazgichli qarshilik termometrlari 
-260 
-272 
1100 
600 
Pirometrlar 
Kvazimonoxramatik pirometrlar 
Spektral nisbatli pirometrlar 
To‘liq nurlanish pirometrlari 
700 
300 
50 
6000 
2800 
3500 
Eng qulay, aniq va ishonchli o‘lchash usullari - haroratning birlamchi 
datchiklari sifatida qarshilik termoo‘zgartkichi va termoelektr o‘zgartkichlardan 
foydalanadigan kontaktli usullari hisoblanadi. 
2.1-jadvalda sanoatda haroratni eng ko‘p tarqalgan o‘lchash vositalarining 
qo‘llanish chegaralari ko‘rsatilgan. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə