58
Himoya g‘iloflari ko‘pincha +1000°S gacha haroratlar uchun po‘latning
turli
rusumlaridan tayyorlanadi. Bundan ham yuqoriroq haroratlarda qiyin eriydigan
birikmalardan tayyorlangan maxsus g‘iloflar ishlatiladi.
Oxirgi vaqtda kabell turdagi termoelektr termometrlar keng tarqalmoqda. Ular
bosim 40 MPa bo‘lganda —50 dan +1100°S gacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida
ko‘llanadi. Kabell turdagi termometrlarning
muhim afzalligi ularning AESlarning energetik reaktorlarida
ishlashga imkon tug‘diradigan radiasion chidamliligi, shuningdek, issiqlik zarblariga,
tebranishga va mexanik kuchlarga nisbatan chidamliligining yuqoriligi kiradi.
Sirt haroratlarini o‘lchashga mo‘ljallangan termoelektr
termometrlar maxsus
tuzilishga ega. Bunday termojuftlardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi, ular turli
uskuna, quvur, mashinalarning aylanuvchi qismi va hokazolarning sirt haroratini
o‘lchashga xizmat qiladi.
Maxsus termoelektr termometrlardan vertikal uskunalarda (ammiak
sintezi
kolonnalarida, metanol va h.) haroratni o‘lchash uchun ishlatiladigan ko‘p zonali
termometrlarni ko‘rsatish mumkin.
Termojuftlarning asosiy kamchiligi sifatida ularning inersionligining kattaligini
ko‘rsatish mumkin (5 minutdan ham oshadi).
Termoelektr
termometr
erkin
uchlari
haroratining
o‘zgarishini
kompensasiyalash usullari
termojuft sovuq ulanmalari harorati o‘zgarmas
bo‘lgandagina to‘g‘ri o‘lchash mumkin. Ammo bu haroratlar o‘zgarmas bo‘lib qola
olmaydi. SHuning uchun, termometrning sovuq ulanmasini o‘lchash ob’ektidan
nariroqqa haroratning o‘zgarmas zonasiga olish lozim.
SHu maksadda maxsus
kompensasion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi.
YUqorida aytilganidek, termojuft bilan haroratni o‘lchashda termojuftning
erkin uchlaridagi haroratning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi.
Sanoatda
avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko‘prik sxemalar ko‘llaniladi(2.7-rasm).
Ko‘prik termojuftga ketma-ket ulanadi. Uning R,
1
R
2
, R
3
qarshiliklari
manganindan, R
4
esa misdan ishlanadi. Rg qo‘shimcha qarshilik ko‘prikka berilgan
kuchlanishni etarli darajada ta’minlab berish uchun hizmat qiladi..
Energiya
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
59
o‘zgarmas tok manbaidan olinganda uning o‘zgarishiga karab, ko‘prikni turlicha
darajalangan termojuftlar bilan ishlashga rostlash mumkin.
2.7 – rasm.
Dostları ilə paylaş: