Umumiy doc


Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi 
SHesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga 
keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan 
cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. SHesternyaning bir 
marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng 
bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan 
suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (4.11-
rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng 
shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga 
qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib 
tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng 
shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish 
paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap 
shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng 
shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni 
hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham 
yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana etaklovchi bo‘lib qoladi. 
SHesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning 
hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m
3
/soat chegaradagi 
o‘lchashlarni ta’minlaydi. SHartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi 
±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm
2
). Hisoblagich ishlashida quvurdagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


144 
bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm
2
). 
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va 
barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 4.12 rasmda GKF turidagi diafragmali 
hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan. 
Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning 
ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga 
to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6
orqali klapanlar 3—4 bilan bog‘langan bo‘lib, 
yuqorigi
klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar 
bekilganda II kameraga o‘tadi. 
Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi 
diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori 
bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum 
oraliqqa kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga 
yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orkali sarfga 
chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqori klapanlarni 
yopadi, gaz I kamerada yig‘iladi. SHunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz 
porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi 
harakati hisoblagich 7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi. 
Rotasion hisoblagich (4.13-rasm). ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga 
mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida 
bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga 
gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar 
hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga 
aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini 
ko‘rsatuvchi 
hisoblash 
mexanizmi 
bilan 
bog‘langan. 
Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar 
orasidagi kamera orqali aniqlanadi. 
Rotasion hisoblagichlar 40...40 000 m
3
/soat sarfni 
1
4
5
6
3
2
I II
2
5
7
4.12 – 
расм
.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə