Umumiy doc


Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

. Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi

Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki guruhga bo‘linadi: 
spiralsimon va qanotli. 
Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parrallel, qanotli 
parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik 
hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 4.14- rasmda 
spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi 
asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida 
ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 
va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi. 
Bu hisoblagichlar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70...1700 
m
3
/soat va ±2...3% xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 mPa (10 kgk/sm
2

dan oshmasligi kerak. 
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali va 
ko‘p sharrali bo‘ladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


147 
4.15-rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi 
ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda 
yo‘naltiriladi. 
Parrakli 
hisoblagichlar 
agressiv 
bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30°S 
dan oshmasa, ularning parragi plast-massadan 
tayyorlanadi. Oqim harorati 90°S dan yuqori bo‘lsa, 
parraklar jezdan tayyorlanadi. 
 
4.8- §. SOCHILUVCHAN 
MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH 
Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan 
buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini 
va savdo-hisob operasiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday 
o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar 
kiradi. 
Tarozi
— qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash 
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga, 
muvozanatlovchi 
momentni 
vujudga 
keltirish 
uslubi, 
qo‘llanish 
sohasi, 
avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi. 
Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan 
tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra 
tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik 
tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani 
bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish 
darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi. 
Dozatorlar
— sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki 
hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va 
uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar 
asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda 
qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va 
а
б
4.15 – 
расм

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə