Umumiy doc


DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi: 
a – tuzilishi; b – ishlash prinsipi

Korpus 1 da elastik element 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u asos 8 va sferik tovon 5 li 
silindrik ustunchadan iborat. 1 Elastik elementning ishchi qismida tenzorezistorlar 3 
yopishtirilgan. Kuchni elastik elementga uzatish uchun sferik tovon 5 xizmat qiladi. 
Korpusning chuqurligida moslashtiruvchi rezistorlari bo‘lan montaj plita 6 
joylashtirilgan bo‘lib, ularning chiqarish o‘tkazgichlari (simlari) rozetka vilkasi bilan 
tutashtirilgan. Elastik element yuqori tomondan diafragma 4 bilan, past tomondan 
qopqoq 7 bilan yopilgan, ular o‘zgartkichning ichki hajmining germetikligini 
ta’minlaydi. 
O‘zgartkichning ishlash prinsipi tenzorezistorlarning deformasiyasi vaqtida 
ularning elektr qarshiligini o‘zgartirishga asoslangan. 
R
1
-R
4
tenzorezistorlar (4.16-racm, b ga qarang) kompensasiyalovchi R
9
va R
10
rezistorlar bilan birga ko‘prik hosil qilib, uning bir diagonaliga manba kuchlanishi 
(12 V o‘zgarmas tok) ulangan, ikkinchisidan esa chiqish signali olinadi (24 mV gacha 
chegarada). 
O‘lchanayotgan 
kuch 
ta’sirida 
R
1
— 
R
4
tenzorezistorlar 
deformasiyalanib, ko‘prikning balansini buzadi, uning o‘lchovchi ab diagonalida 
o‘lchanayotgan kuchga mutanosib kuchlanish paydo bo‘ladi. 
YUklangan o‘zgartkichning chiqish signali qiymatini moslash uchun R
5
, R
6
,
R
7
(R
7
— mis rezistor) rezistorlar, boshlang‘ich signalni moslashtirish uchun esa R
9

R
10
rezistorlar xizmat qiladi. R
8
rezistor o‘zgartkichning kirish qarshiligini moslash 
uchun muljallangan. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 0,5. 
DST turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklar uzluksiz ishlovchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


150 
torozilar va dozatorlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. DST datchiklari 
konstrukiiyasining asosi tenzorezistorlar yopishtirilgan elastik element hisoblanadi. 
Dumaloq korpusga joylashtirilgan diametri 120 mm va qalinligi 54 mm bo‘lgan 
elastik element uchta tusindan iborat rom kurinishida yasalgan, ular bitta tekislikda 
parallel joylashtirilgan. Har bir tusin markazida yuk qabul qiluvchi elementlar va 
chiqish signallarini sozlovchi (rostlovchi) rezistorlar yopishtirilgan bloklar 
o‘rnatilgan. Rezistorlar falgadan (zarqog‘ozdan) to‘r shaklida yasalgan; rostlash 
to‘rning ayrim elementlarining uzilishi hisobiga amalga oshiriladi. 
O‘lchanayotgan kuchlanish (kuch) konusga yoki yuk qabul qiluvchi 
elementning sharsimon sirtiga uzatilib, balkalarning bukilishiga va uni mutanosib 
elektr signalga o‘zgartiruvchi tenzorezistorlarning deformasiyalanishiga sabab 
bo‘ladi. Datchiklarning naminal yuklanishlari 10 dan 10 000 kgk atrofida bo‘ladi. 
Asosiy xatolik ±0,1% 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə