deb boshlanar edi bir g£azali.
Tuya yetaklovchini, karvonboshini «sorbon» deydilar.
Oshiq shoir
unga qarata iltijo etmoqda:
Ey sorbon, ohista yur, oromijon ketmoqdadur...
Ko£z oldingizga keltiring. Bepoyon sahro, karvon ohista yo£lga
tushmoqda. Ilojsiz oshiq uning atrofida parvonadek aylanadi, karvonni
qo£yib yuborgisi kelmaydi.
Chunki bu karvonda uning joni, jahoni
ketib bormoqda. Forschadagi «sorbon — ohista ron, oromi jon»
so‘zlaridagi ohangdoshlik — ichki qoflya shu bir satming o£zidayoq
nolakor musiqa yaratadi. Ayni paytda, qalqib-qalqib borayotgan tuyalar
qatori, ular o‘rkachi ustida bir maromda
tebranayotgan mahofalar
(odam o‘tirib ketishga qilingan, kabinani esga tushiruvchi moslama
uychalar). Bir satrda shuncha ma’no,
shuncha ohang, shuncha dard
bor edi. Shuning uchun ham uni Eronda qanchalar sevsalar, Turkis-
tonda ham shuncha sevardilar. Eron-u Turkistonni qo‘ying,
fransuz
Volter, nemis Gyote o‘z asarlarida uning she’rlariga murojaat qiladilar.
Ayniqsa, shoiming «Guliston» va «Bo‘ston» nomli ikki asari uning
nomini butun dunyoga tanitdi. Bu asarlar haqida gapirishdan oldin ikki
og‘iz uning hayoti haqida ma’lumot beraylik. Chunki bu ikki asar uning
o£z ko‘rgan-kechirgan, eshitgan-bilgan voqealari asosida maydonga
kelgan.
Darvesh to‘nni ham, to‘rni ham rad etadi.
Gap insonning salla-
to'nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda boclsa edi,
salla ilingan
qoziq yoki to‘qim urilgan eshak eng e’tiborli bo£lardi, deb qozi uyini
tark etadi. « 0 ‘sha darvesh men o‘zim edim» deb tugatadi Sa’diy
hikoyasini.
«Guliston» asarida esa biz shoir boshiga tushgan ajab savdolarga duch
kelamiz.
Dostları ilə paylaş: