Umumiy va ijtimoiy psixologiya



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə11/160
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#161140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   160
Umumiy va ijtimoiy psixologiya

Yordamchi metodlar
Suhbat metodi bilan inson psixikasini o’rganishda foydalanildi. Uning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Suhbatning ob'ekti va sub'ekti tanlanadi, mavzu o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma'lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risidagi ma'lumotlar olinadi. Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi. Suhbat metodidan to’g’ri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish suhbat o’tkazish uchun puxta tayyorlanishga bog’liqdir. Suhbat metodi quyidagi shartlarga rioya qilishni talab etadi. O’tkazilgan suhbatning mavzusi va mazmuni sinaluvchining taraqqiyot darajasi hamda yosh xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Suhbat paytida sinaluvchilarga berilgan savollar mazmunan yaxshilab o’ylab olinishi lozim. Suhbat paytida berilgan savollarga "ha", "yo’q" kabi qisqa tarzda emas, balki batafsil javob olishga erishish kerak. Sinaluvchilar zerikib yoki toliqib qolmasliklari uchun suhbat haddan tashqari cho’zilib ketmasligi lozim.
Suhbat metodining yuqorida ta'kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Takrorlangan so’zlar, "g’aliz" iboralar nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma'lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Faoliyat mahsulini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod yosh davri psixologiyasida keng qo’llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she`rlarni taxlil qalish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metod-dan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob`ekt bilan sub`ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diag­ramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va diplom ishlari, ilmiy ma`ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyixa va xokazolar kiradi. Bular turli1 yoshdagi va jinsdagi odamlar, har xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xa-rakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, xunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risida ma`lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi etmaydi. SHuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma`qul.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə