Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/160
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#161140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Umumiy va ijtimoiy psixologiya

Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari
Psixologiya bu psixika, psixik qonuniyatlar, psixikaning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi fan bo‘lib, u quyidagi qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- Psixik jarayonlar: bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xayol, diqqat, xotira, tafakkur, nutq); emotsional (hissiyotlarning paydo bo‘lishi, ularning ehtiyojlarga ta’siri) va irodaviy jarayonlar (ehtiyoj, motiv, iroda, qaror qabul qilish, maqsad va boshqalar);
- Psixik xususiyatlar (temperament, xarakter, qobiliyat, mayllar, yo‘nalganlik va boshqalar)
- Psixik holatlar (stress, affekt, g‘am-anduh, monotonlik, yordamga muhtojlik, tush ko‘rish, bedorlik, holatlarning o‘zgarishi va boshqalar)
Demak, psixologiya fanining predmetipsixika bo‘lsa, uning ob’yektiinson va hayvonlar (zoopsixologiya), kichik va katta guruhlar (sotsial psixologiya) bo‘lib hisoblanadi.
Psixologiya tarixi
1-bosqich. Psixologiya ruh haqidagi fan (er.av VI asr – eramizning XVI asr). Har bir olim ruh haqidagi o‘z ta’limotlarini ilgari surishga harakat qilgan. Birlamchi tushunchalar animistik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni har bir predmetning o‘z qalbi bor deb e’tirof etilgan. Ruhning har bir predmetda mavjudligini harakat va ko‘rinishda aks ettirilganini kuzatganlar. Arastu barcha organik jarayonlarda psixik jarayonlar aks etgan deb aytib o‘tgan. O‘simliklar dunyosi va hayvonot olamiga ruh ta’limotini kiritgan.
So‘ngra psixika haqida ikkita qarama-qarshi fikr paydo bo‘lgan: materialistik (Demokrit) va idealistik (Aflotun). Demokritning fikriga ko‘ra psixika o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy hisoblanadi, ruhning holati kichik atomlardan tashkil topgan, atomlar jismoniy tanada aks etganlar. Dunyoni bilish psixika va organizmning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalaridan tarkib topgandir.
Aflotunning fikriga ko‘ra ruh mukammal hisoblanadi. Dunyoni anglash esa mukammal ruhdagi g‘oyalar dunyosini anglashdan iboratdir, ruh inson tanasiga tushmasdan oldin ham rivojlanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə