Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/184
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 



 
 
I-BOB. BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANING PREDMETI VA VAZIFALARI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining rivojlanish tarixi 
2.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti
 
3.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining asosiy
tamoyillari va tushunchalari
 
1.1.
 
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining
rivojlanish tarixi 
 
Bolalar psixologiyasi muhim fanlardan biri bo‘lib, u XIX asrning 
ikkinchi yarmida umumiy psixologiyadan mustaqil fan sifatida ajralib 
chiqqan. Bolalar psixologiyasi bolalarni o‘rganuvchi fandir. Biroq bolalarni 
faqat bolalar psixologiyasi emas, balki boshqa fanlar ham o‘rganadi. Bolalar 
psixologiyasi bolalarni maxsus tarzda psixologik j
ihatdan o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi - 
bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab to maktab 
yoshiga 
е
tgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etish qonuniyatlarini va 
shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganadigan fan
.
Bola 
odam sifatida tash
qi jihatdan katta yoshli odamlarga o‘xshasa ham o‘zining 
psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarining mazmuni jihatidan 
katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. Bolalarda hali turmush tajribasi 
deyarli yo‘qligi sababli ularning sezgi va id
roklari, tafakkur va xayollari, 
hissiyot va irodalari katta yoshli odamlardagidek bo‘lmaydi. Bolalar 
psixologiyasi har bir taraqqiyot bosqichidagi (ya’ni go‘daklik, ilk yosh va 
maktabgacha yoshdagi) psixik jarayonlarning rivojlanib borishini 
o‘rganadi.
1
Bolalar psixologiyasi 

psixologiya fanining alohida tarmog

i bo

lib, u 
turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonunyatlarini, 
shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o

tish qonunyatlarini 
o
‘rganadi.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’
tibori tug

ilgandan 
е
tuklik 
davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan.
D.B.Elkonin ta’kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida 
shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish 
qobiliyati go

daklikdan 
е
tuklik davrigacha murakkablashib va 
1
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent. 
“Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil. - 225 bet. 



takomillashib boradi. Ushbu jarayoning o

ziga xos xususiyatlari, uning 
qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
2

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə