Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   215
13-6-PB

Adabiyotlar tahlili.
“Adabiy atamalar va tushunchalar 
ensiklopediyasi”da peyzajga quyidagicha ta’rif berilgan: “Peyzaj –
odamning o‘zini o‘rab turgan tabiiy muhiti va har qanday ochiq 
maydonning ta
sviridir”.
104
O‘zbek tilidagi adabiyot nazariyasiga oid 
darslik 
va qo‘llanmalarda esa jumladan, Izzat Sultonning “Adabiyot 
nazariyasi” kitobida “Badiiy asardagi tabiat tasviri 
peyzaj (manzara) 
deb ataladi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri 
bo‘lib, 
asarning g‘oyaviy
-
estetik quvvatini oshiradi”,
105
deya ta’rif berilgan 
bo

lsa, 
“Adabiyotshunoslik lug’ati”da yuqoridagi ta’riflarga monand 
fikrlar bilan birga peyzajning statik, dinamik ko

rinishlari, shuningdek, 
ayrim funksiyalari haqida so

z boradi.
106
Peyzaj lirikasining mazmun 
102
Литературная энциклопедия терминов и понятий. 2001 – Москва: НПК “Интелвак”,.
– С.732. 
103
Дилмурод Қуронов .
2018. Назарий қайдлар. – Тошкент: Akademnashr, – Б. 41. 
104
Литературная энциклопедия терминов и понятий. 2001 – Москва: НПК “Интелвак”,.
– С..732. 
105
Izzat Sulton . 2005.Аdabiyot nazariyasi. – Toshkent, O‘qituvchi, –B. 116. 
106
Dilmurod Quronov . Mamajonov M, Sheralieva M. 2010. Аdabiyotshunoslik lug’ati. – 
Toshkent: 
Akademnashr,.
–B. 220. 
mohiyati va maqsad-vazifalari haqida esa
: “Peyzaj lirikasida 
tasvirlangan tabiat manzarasida lirik sub’ekt qalbi suratlanadi. Lirik 
sub’ekt qalbidan o‘tkazib berilgan manzara oniy kayfiyatning obraziga 
aylanadi. Shu ma’noda pe
yzaj lirikasida tabiatni tasvirlash maqsad 
emas, balki b
ir vositadir… Ko‘p hollarda she’rda
tasvirlangan manzara 
ramziy obrazga aylanadi. Va mavjudlikning mangu muammolari 
ijtimoiy hayot, inson fe’l
-atvori, hayotning mazmuni va shakllar 
mohiyatini obrazli 
tarzda ochib berishga qaratiladi ”,
107
deb yozilgan.
Adabiyotshunos Sebinaga ko

ra peyzaj harakat joyi va vaqtini 
belgilaydi, syujet motivasiyasi vazifasini bajaradi, psixologizmni 
yaratish va m
uallifning sub’ektiv rejasining namoyon bo‘
lishiga xizmat 
qiladi.
108
M.Sultonova esa “Peyzaj san’ati” kitobida 
asosan peyzajning 
voqelar kechadigan makon va qahramon ruhiy olamini ko’rsatish kabi 
ikki vazifasini Oybekning “Navoiy”, O.Yoqubovning “Ulug’bek 
xazinasi” va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari misolida 
yoritadi.
109

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə