Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   215
13-6-PB

 
~ 97 ~ 
ISSN:
2181-1695 
OAK: 
01-08/1819/6
 
www.herald.kokanduni.uz
 
PEYZAJNING IJTIMOIY - 
PSIXOLOGIK MOTIVNI ANGLATISHDAGI O‘RNI
 
 
Jumanova Shahnoza Ikromjonovna 
Qo‘qon un
iversiteti 
katta o‘qituvchisi (
PhD) 
MAQOLA HAQIDA
 
ANNOTATSIYA
 
Qabul qilindi: 
24-mart 2023-yil
Tasdiqlandi: 
26-mart 2023-yil
 
Jurnal soni: 
1
 
Maqola raqami: 
22
 
DOI: 
https://doi.org/10.54613/ku.v6i6.259
 
Mazkur maqolada peyzajning badiiy adabiyotdagi vazifalari, jumladan ijtimoiy-psixologik 
mo
tivni anglatishdagi o‘rni, ijtimoiy voqelik ham tabiat tasviri vositasida aks etishi, shoirning 
ichki kechinmalari tabiat 
unsurlarining obrazga aylanishi orqali namoyon bo‘lish holatlari 
Rauf 
Parfi, SHavkat Rahmaon, Usmon Azim kabi shoirlar
ning ijod na’m
unalari misolida yoritib 
berilgan. 
KALIT SO‘ZLAR/
 
Ключевые слова/ 
keywords
 
Peyzaj lirikasi, detal, psixologik motiv, 
jarayon, janrlar, peyzaj unsurlari, an

ana, 
ramz, obraz, poetik tafsil, poetik ramz 
 
Kirish.
Peyzaj atamasi Ye
vropa adabiyotida “landshaft”
istilohi 
sifatida ham qo

llaniladi. Bu te
rmin asosan tasviriy san’atda ishlatilishi 
ba’zi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Lekin tasviriy san’atdagi 
peyzaj vizual tasvirga, adabiyotdagi peyzaj so‘zga asoslanishi bilan 
farqlanadi. 
Peyzaj she’riyatida shartli besh ko‘rinish tasnif etiladi. 
Unga ko‘ra, tabiat obrazlarini jonlantirish (insoniylashtirish) orqali 
amalga oshiriladigan psixologik tasvirda shoir-lirik qahramon insonga 
xos bo’lgan xususiyatlarni tabiat hodisalari, jonli hayvonlar, o‘simlik 
va shu kabilarga singdirib borish hamda ularni jonlantirish bilan 
kechinmani tasvirlaydi. Ikkinchi, tabiat bilan bog‘liq poetik tafsillar 
(detallar) vositasida amalga oshiriluvchi ko‘rinishida shoirning 
maqsad-
e’tibori o‘z qahramonining ichki ruhiy olami va
tashqi olamini 
ochib berishga qaratadi. “
Lirik qahramonning hislat-fazilatlari tabiat 
bilan bog

liq poetik detallar orqali yaxlit manzarani vujudga keltiradi. 
Ko‘ngil kechinmalarini konkret tabiiy holat va vaziyatda aks ettirish 
orqali esa ikki yo‘nalish
-
tabiat fasllari va tabiiy holat e’tiborga 
olinadi 
hamda lirik qahramoning ruhiy holati o’sha tabiiy vaziyatlarga 
hamohang tarzda real tasvirlanadi”.
102
Ruhiy parallelizm vositasida 
shoir ko‘ngil olamining haroratli kechinmalarini tabiat bilan yonma
-
yon qo‘yi
b tasvirlaydi. Aslida hamma vaqt ham peyzaj lirikasida inson 
va tabiat parallel tarzda tasvirlanadi. Sh
e’riy san’atlar vositasida lirik 
qahramonning kechinmalarini ta’sirchanlik bilan tasvirlanadi. Bu 
shoirga fikrining kuchli va hissiyot bilan tasvirlashiga imkon yaratadi. 
Bu ko‘rinishlarning barc
hasi umumlashib, tasvirda psixologik portret 
yaratishga imkon 
tug’diradi.

Lirik asarlarda janr qaydi nisbatan kam 
uchraydi. Janr qayd etilgan she’rlarga e’tibor qilinsa, ularda qaysidir 
ma’nodagi odatdan tashqarilik borligini ko‘
rish qiyin emas. Deylik, 
m
illiy she’riyatimiz uchun noodatiy janrda yozilgan she’rlar s
arlavhasi 
ostida elegiya, epitafiya, epigramma, rondo, rondel, xokku, tanka kabi 
qaydlarni ko
‘p uchratamiz. Ba’zan esa she’r janrini manzara (peyzaj), 
noktyurn, natyurmort, triptix, avtoportret k
abi rassomlik san’ati 
janrlari nomi bilan qayd etadilar”.
103

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə