Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
13-6-PB

Yangiligi.
Gipsli cho‘l sharoitida ilk bor “Buxoroisharif” zavod 
tipidagi yassi gul tipidagi qorako‘l qo‘ylarining suruvi yaratilgan. 
Patent talabnomasi topshirilgan sanaga ko‘ra, naslchil
ik materiali 
sotilmagan yoki naslchilik yoki foydalanish uchun boshqa shaxslarga 
berilmagan. Bu zavod tipidagi qorako‘l qo‘ylari faqat “Amir Temur” 
MChJ qorako‘lchilik xo‘jaligida urchitiladi. 
Farqlanishi.
Ushbu zavod tipidagi eng yaxshi hayvonlar normal 
(me’yorli) rivojlanishi, konstitutsiyasi mustahkam,
tana tuzilishi 
mutanosib, suyaklari yengil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Voyaga yetgan 
hayvonlar o‘rtacha yog‘li, elastik o‘ralgan, o‘rta uzunlikdagi jun 
tolalari, yaxshi o‘sgan juni bilan ajralib turadi
. Ilgari yaratilgan 
“Saribel” zavod tipidagi qorako‘l qo‘ylaridan farqli o‘laroq, bu 
hayvonlar gipsli cho‘l yaylovlari sharoitiga yaxshi moslashgan, uzoq 
yo‘l yurishga va ekstremal cho‘l sharoitlariga chidamli.
Qo‘zilari o‘lchami o‘rta va yirik bo‘lib, kon
stitutsiyasi 
mustahkam. Qo‘zilar terisida yassi tip
li qalamgullari va yolgullari 
yaxshi ifodalangan hamda aniq parallel-
to‘g‘ri va parallel
-konsentrik 
gul naqshiga ega. Jun tolalari kumush va oltin rangbarangligiga ega, 
rang tekisligi tekis, aniq ifodalangan kuchli ipaksimonlik va 
yaltiroqlikka ega. Jun to
lalari o‘rtacha zichlikdagi va o‘rtacha 
uzunlikda, ikki qatlamli rangga ega - 
asosi to‘q jigarrang yoki qora
uchlari oqish, po‘latisimon, oq
-kumushsimon yoki och oltin rangda 
2/10-3 /10 nisbatda. Gullari 
zich, o‘rtacha kenglikda, yag‘rinida va 
sag‘risida 
uzun yassi va yol gullar mavjud. Terisi yupqa va 
qalinlashgan. 
Turdoshligi.
Yassi qalamgul tipidagi kumushrang qorako‘l 
qo‘ylari tashqi ko‘rinishi, ekstereri, jun
-konstitutsional va reproduktiv 
xususiyatla
ri bo‘yicha bir xil. Hayvonlar 6 yildan ortiq vaqt 
davomida 
tishlarining yemirilmasligi va uzoq vaqt mahsulot berish xususiyatiga 
ega, bu esa qo‘shimcha go‘sht, qorako‘l teri va jun olish imkonini 
beradi. Ular yil davomida boqishga va ekstremal iqlim sharoitlariga 
yaxshi moslashgan. Yangi tug‘ilgan qo‘zila
r va yosh hayvonlar 
ekologik jihatdan barqaror, hayotchanligi va chidamliligi yuqori. Yangi 
tug‘ilgan qo‘zilar zotga xos gul tipiga ega. Yag‘rinida va sag‘risida uzun 
yassi va yol gullar mavjud, yelkasida 
o‘rtacha uzunlikdagi yassi 
qalamgullar va yolgullar 
mavjud. Jun tolalari o‘rtacha zichlikda, 
uzunligi - 7-10 mm. Jun-tola qoplami yaxshi ifodalangan kuchli 
ipaksimonlik va yaltiroqlikka ega.
Barqarorligi.
Jun qoplami tumshug‘i, quloqlari, old oyoqlari, 
so
nlari va dumning ichki yuzasidagi jun tolalari o‘zg
armaydi va asl 
rangini butunlay saqlab qoladi. Voyaga etgan qo‘ylarning juni ostki 
qismi kulrang rangga ega, tola uzunligining -2/10-3/10 qismidan 
uchiga o‘tishda keskin kontraslik mavjud bo‘lib, u hayvonl
arni 
parvarish qilishning barcha bosqichlarida saql
anadi. Qo‘chqorlarining 
tirik vazni 60-70 kg, soviliqlari 40-
55 kg, erkak qo‘zilari 4
-
5 kg, urg‘ochi 
qo‘zilari 4,5 kg.


~ 118 ~ 
Kumush va oltin rangdagi qorako‘l terilari o‘rta va ingichka teri 
to‘qimalari bilan aj
ralib turadi, nisbatan qisqa (7-10 mm) va terining 
butun maydoni bo‘ylab kuchli ipaksimonlik va yaltiroqlikka ega. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə