University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə22/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

Mavzu yuzasidan savollar

1.Bola ijtimoiylashuvida mahallaning o’rni haqida.


2.Mahallalarning paydo bo’lish tarixi?
3.Bugungi kunda O’zbekistonda nechta mahalla mavjud?
4.O’zbekistonda “Mahalla” jamg’armasi raisi kim?


9-Mavzu: Ijtimoiy muxit bolani tarbiyalashning omili sifatida.
REJA:
1. Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida.
2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat.
3. Bolaning sotsiumda rivojlanishi.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy bilim, ijtimoiy ko`nikma, ijtimoiy- pedagogik kategoriyalar, tamoyillar va ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar.
Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida.
XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika, balki “ ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo’lishini ta’minladi.
Har bir Yevropa davlatlarida, ayniqsa, Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda, ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat soxasi sifatida rivojlandi. Biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlarning kasbiy faoliyatlarida ko’p umumiy jihatlar mavjud bo’lganligi sababli, bu tushunchalar bir kasbni anglatuvchi sinonim so’zlar sifatida foydalaniladi. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, xamkorlik tashkiliy, himoya, qullab – quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Bu toifa xodimlarning paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarga ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’lik;
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalam bor, ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analarini birlashtiradi. Bundan tashqari, “ mehribonlik” , “ xayriya” , “ yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogikada, ham ijtimoiy ishda qo’llanishi tasodif emas. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish, ularning maqsadlarini yaqinlashuviga va birbirlarini to’ldirishlariga olib keladi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, masalan, bolalar bog’chalari va maktablarda, xozirda ham ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ish olib borishlari mumkin.
Biroq ularning har biri o’z maqsadlari va vazifalariga ega. Ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglarlarning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Bilim sohasiga ko’ra: ijtimoiy pedagogika-pedagogikalar, ijtimoiy ish esa sotsiologiyadan. Amaliy faoliyatga ko’ra ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyansalar, ijtimoiy xodimlar, asosan, ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanadilar.
Bu ikki soha shuningdek faoliyat obyekti bo’yicha ham farqlanadi. Ijtimoiy ish obyekti insonning barqaror faoliyat yurishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega shaxsdir.
Muammolar, har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga kelib, ular psixologik tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi, yoki insonga bog’liq bo’lmagan tashki omillar (kasallik va boshqa)ga bog’lik bo’lishi ham mumkin. Bu holda ijtimoiy ish obyekti o’z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi. SHunday kilib. ijtimoiy ish obyekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan insondir.
Ijtimoiy pedagogika obyekti esa bolaning ijtimoiy subyektga aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir. Ijtimoiy xodim yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi.
Ijtimoiy pedagogikada, odatda, “ go’dak” , “ bola” so’zlari ishlatiladi. “ Ijtimoiy ish” — insonlarning bir-biriga insoniy munosabatining namoyon bo’lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayok insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo b o’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinmoqda. Ijtimoiy faoliyat insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini osonlashtirishga qaratilgan tizimli chora tadbirlardir. U mexribonlik shunga o’xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni. balki extiyojlarni qondirishga vosita bo’ladigan muammolarni hal kilishga xam yordam berishi bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) tomonidan kursatiladigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam kursatish jamiyatning yukori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun«aholining hamdardligiga sabab buladi. SHuning uchun bu kasb egalari ancha obro’-ehtiborga egadirlar. Biroq ijtimoiy xodimlarning maoshi butun dunyo miqyosida yuqori emas. Extimol, ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar sonining ham ko’p emasligi sababi ham shundadir.
Ijtimoiy xodim ishini ham ahloqiy burch, ham kasb desak buladi. Shuurinda: “ Ijtimoiy xodim o’zi nima bilan shug’ullanadi?” degan savol tug’ilishi tabiiy.
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmondning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda “ Yaxshi ijtimoiy xodim odamlarni kambarallikdan halos etish bilan shug’ullanmaydi.
U kambagallikni umuman bartaraf etish uchun nima kilish haqida uylaydi", — deb yozilgan. Ijtimoiy ishda M. Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash paradigmasi asosiy bo’ldi. Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida I. Karpf (1931 yil) ijtimoiy ish o’z rivojlanishida tayanishi lozim bo’lgan fanlarni alohida ko’rsatib o’tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya,
sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya.
Shundan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi. Amaliy ijtimoiy xodim atamasi 1970 yildan buyon qo’llanilmoqda Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan:
metodologiya nuqtai nazaridan mijoz, guruh bilan ishlash, yo’naltirilganlik nuqtai nazaridan bolalarni ijtimoiy tahminlash. oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axlok tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlar, kambagallar, nogironlar, aqli ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash.
Bunaka tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga nisbatan keng qarashlar shakllandi. Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash keladilar. Bu muammolarga aroqxo’rlik mulkchilik huquqlarining buzililish, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish kabilarni kiritish mumkin.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki yaxlit yondashuv yetakchi yondashuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy xodimlardan bir sohaga ixtisoslashuv, moslashuv, universallik turli usullarni uyg’unlashtira olish talab bilina boshlandi. Pedagogik va
sotsiologik nazariyalarning ahamiyati oshdi. Ijtimoiy ish soxasidagi tor ixtisosliklarning ko’payishi bilan, ularning birlashishga bo’lgan zarurat orta boshladi: metodik madaniyat,
ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug’ildi.
Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy xodimlar bir vaqtning o’zida bir qancha inson muammolarini hal qilishni amalga oshirish malakasiga ega bo’ldi. Butun dunyoda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga jiddiy yondashilmoqda. Unda milliy ta’lim tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda, ya’ni Frantsiya.
Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va Yagyuniyada o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga tayanadi. Ijtimoiy ishga oid barcha bilimlar shu soxaga oid ishlangan va boshqa sohadagi o’zlashtirilgan bilimlarning
yigindisidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, Xuquqshunoslik sotsiologiya, psixologiya fanlariga oid bilimlarga asoslanadi. Ijtimoiy xodimlar shaxs, ijtimoiy guruhlarning xulq-atvori, oila muammolari, hokimiyat, qushnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish,
submadaniyat, ijtimoiy tabaqalanish. murakkab tuzilmalar, turli madaniy tizimlarning turlarini psixologiya va sotsiologiyadan olganlar. Mijozlar va guruhlar bilan amaliy
ish olib borish metodikasi esa pedagogika, psixologiya va tibbiyot fanlari ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligi talab qilinmoqda, shuning uchun ham bu kasb bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqoglarning! nufuzi borgan sari
ortib bormokda. Maxsus konferentsiyalar tashkil qilinib, ularda nazariyani amaliyotda yana samarali kullash masalalari muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlarning almashinuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə