University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə18/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Ijtimoiy pedagogik faoliyat nima?

  2. Metodologiya tushunchasini haqida izoh?

  3. Mashhur pedagogika metodisti kim bo’lgan?

  4. Pedagogikaning metodologiyasi haqida izoh?

  5. Ijtimoiy pedagogika fani bundam nechchi ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan qaysi fanning tarkibida bo‘lgan?

  6. O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning qaysi yillariga to’g’ri keladi?

  7. Qaysi yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun nechta bolalar bog’chasi tashkil qilindi?

  8. Qaysi yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalar soni nechta bo’lgan va necha mingga yaqin bolalar bo’lgan.?

  9. Qaysi yilda bolalar bog’chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarilgan.?

  10. 1938-1939 yillarda respublikada nechta ta bolalar bog’chasi ochilgan va ularda qanch nafar bola bor edi.

Foydalanilan adabiyotlar:
1. O’zbek pedagogikasi antologiyasi/Tuzuvchi-mualliflar: K. Xoshimov, S. Ochil. T.: O’qituvchi, 1995
2. Xasanboeva. O va boshqalar. Pedagogika tarixi -T.: O’qituvchi, 2001
3. Yuldashev D. G Sistemq povqsheniya kvalifikatsii pedagogicheskix rabotnikov. - T.: SHark, 1996.
4. K. Xoshimov va boshqalar. Pedagogika tarixi. - T: O’qituvchi, 1996.
5. Xoshimov K. Kuni uzaytirilgan guruxdarda tahlim tarbiya nazariyasi va metodikasi. -T.: SHarq, 2007.

5-Mavzu:Tarbiya – ijtimoiy hodisa
Reja:
1. Tarbiya – ijtimoiylashtirish omili. 2. Ijtimoiylashtirish – tarbiyaning bosh maqsadi. 3. Bolalik – insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.
Tayanch tushunchalar: tarbiya, ta’lim, ijtimoiy, ijtimoiylashtirish, maqsad, bolalik, ijtimoiy hayot, davr, jarayon, moslashish.
Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida. So‘nggi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalarining o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining o‘zgarishi sababli bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishadi. Ba’zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb Hisoblashadi. Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo‘lishi, uni ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo‘ladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay, tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini sabab qilib ko‘rsatsak bo‘ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini alohida olgan holatda to‘liq ochib bera olmaydi. Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini aks etishga harakat qilingan tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya – insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan. Ijtimoiy omillarning insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya o‘z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar- muhit, OAV, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boshqa omillarning o‘rnini to‘liq to‘ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon – o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o‘z shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi. Tarbiya o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAV, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik turli bo‘lsa, bola undan shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi. Bola ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining salbiy xususiyatlari bilan qiyinlashtirilishi, bolaning ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi muhitning salbiy ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda ketib qolishi mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshadi. Biroq buning uchun har bir toifa bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishdir. Agar shaxsda ijtimoiy muhit solbiy sifatlarining shakllanmagan darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga xalaqit beradigan holat bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi sodir bo‘ladi. Bu holatda bola tomonidan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi, rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir bo‘ladi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmasa, uning aksi-dezadaptatsiya kuzatiladi. Bunday holatda bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyoj tug‘iladi. Ijtimoiylashuv tushunchasi. “Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo‘lib insonlarga nisbatan qo‘llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. U “Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda “ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir” degan fikrni bildiradi. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi fanlararo bog‘lanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli ravishda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: 1. sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) 2. sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq ikki yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi sub’ekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashidir. Bu ehtiyoj: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish; v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlarimuloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyati, sport bilan shug‘ullanishi kiradi. Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, formal va noformal sanksiyalarni man etish, ruxsat berish, majburlash choratadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri muloqot. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi::
1. go‘daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
2. go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
3. maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
4. ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
5. o‘smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
6. o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanish jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, akauka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan. Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: 1. I.P.Podlasыy tasnifi bo‘yicha: Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayriixtiyoriy mexanizm - unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu o‘z “Men”ini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi; Loyihalash mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi; Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas; Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega; Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Harakatlarni bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: Imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin. Eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo‘lish. Taqlid - biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to‘plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir. Refleksiya mexanizmi - ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi. Bundan tashqari ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi,
1.An’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib, taassurotlar yordamida sodir bo‘ladi.
2. Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to‘plashi mumkin. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O‘rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə