University of business and science bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni



Yüklə 474,43 Kb.
səhifə14/90
tarix27.12.2023
ölçüsü474,43 Kb.
#161685
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
MOSLASHUV MAJMUA TAYYORlanayotgan

Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxsdeganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishimumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga
ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning
shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini,
unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador
davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining
maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim
nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz
zarur.
Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib
boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik
omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga,
munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir
etadi.
Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu
ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani
faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon
davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi
ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga
qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli
o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi.

Yüklə 474,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə